|
I-bob. Corel draw dasturi haqida umumiy tushuncha 1 Corel draw grafik muharriridagi asosiy dasturlar
|
bet | 12/18 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #265862 |
Bog'liq Corel DrawGuruhlash va guruhlarga ajratish
Guruhlash- bu bir nechta ob'ektlarni bitta ob'ekt holatiga keltirib, bir-biriga bog`lashdir. Biron -bir kompozitsiya ustida ishlash tugallanganidan so`ng bu komandadan foydalanib, yaxlit ob'ekt yaratiladi, chunki bu kompozitsiyada bir qancha ob'ektlar mavjud bo`lib, ularni bir-biriga bog`lash zaruriyati paydo bo`ladi. Guruhlangan ob'ektni bemalol surish va boshqa effektlarni qo`llash mumkin.Aks holda harbir ob'ekt uchun ma'lum vaqt ajratilib, ko`p vaqtni olardi.
Ob'ektlarni guruhlash uchun barcha ob'ektlar bitta qilib belgilanadi va atributlar panelidagi Group (guruhlash) tugmasi bosiladi. Ob'ektni guruhlarga ajratganda esa Ungroup (guruhlarga ajratish) komandasi yoki CTRL+U klavishidan foydalaniladi.
Ob'ektga egish effektini qo`llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Ob'ekt yoki ob'ektlar guruhini belgilab oling va Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumentlar tugmasini bosing. Ob'ekt atrofida avtomatik ravishda egish effektini beruvchi gabarit to`g`riburchaklik paydo bo`ladi.
Atributlar panelidagi egish tartibini tanlash tugmasini bosamiz.
Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumentini gabarit to`g`riburchaklik bog`lamlar ini ajratish va almashtirish uchun foydalanamiz.
Deformatsiya effekti
Interactive Distortion (interaktiv deformatsiya) instrumenti tugmasi grafika panelidagi interaktiv effektlar panelining qo`shimcha instrumentlar panelida joylashgan. Tugmadagi belgi g`ijimlangan qog`ozga o`hshaydi. Deformatsiyaning uchta turi mavjud:
Push and Pull (tort-itar)
Zipper (zigzag)
Twister (aylantirish)
13 -rasmda haruchta deformatsiyaning aylana ob'ektga ta'siri tasvirlangan. Deformatsiya tipining soni va turli tumanligi cheksiz bo`lib, uning natijasi deformatsiya instrumentining tipi, boshqaruvchi markerga, kursorni tortish yo`nalishiga, shuningdek atributlar panelining parametrlarining tuzilishiga bog`liq.
|
| |