|
Lineykalar, yo`naltiruvchi chiziqlar va koordinatalar to`ri
|
bet | 10/18 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #265862 |
Bog'liq Corel DrawLineykalar, yo`naltiruvchi chiziqlar va koordinatalar to`ri
Lineykalar hujjat oynasining yuqorigi va chap tomonlarida aks etadi.
Lineykalardan foydalanish jarayonida turli-tuman o`lchov birliklaridan foydalanish mumkin.
Dyuym - Corel DRAW dasturiga qabul qilingan o`lchov birliklaridan hisoblanadi. Chunki dyuym dastur mahsulotning barcha elementlarida qo`llaniladi.
Dyuym - 2,54 smga teng.
Millimetr - metrik sistemadagi eng kichik o`lchov birligi bo`lib u 0,1 santimetrga teng.
Pik va punktlar - bu badiiy bezash va tipografiyada qo`llaniladigan o`lchov birligi hisoblanadi. Bitta dyuymda 72 punkt mavjud. Pik 12 punktga teng. Tarkibiy kattaliklarni pik va punktda yozishda ular o`nlikka bo`lib vergul qo`yiladi. Masalan, 1,3 yozuvi 1 pik va 3 punktni bildiradi, bu esa 15 punktga teng.
Punktlardan shriftni o`lcham ini va satr oralig`i intervalini o`lchashda foydalaniladi.
Piksel (pixel) inglizcha so`z bo`lib, "picture element" (tasvir elementi) mazmunini beradi. Boshqacha qilib aytganda piksel bu kompyuter ekranidagi rasmning rangli nuqtachasi hisoblanadi. Piksel rastrli tasvirlarni o`lcham ini o`lchashdagi bazaviy o`lchov birligi hisoblanadi.
Internet uchun Web grafika yaratishda piksellardan o`lchov birligi sifatida foydalanish juda qulay.
Tsiitsero va dido. Didoning birligi 1,07 punktga teng, dyuym esa 67,567 didodan tashkil topgan. TSitsero esa bu - 12 dido. Bu o`lchov birligi frantsiyada qullaniladi va pik, punktga o`xshaydi.
Dido - xuddi punktga o`xshab shriftning satr oralig`i intervalini o`lchashda foydalaniladi.
Didoning birligi 1,07 punktga teng.
Fut - o`lchov sistemasidagi eng yirik o`lchov birligi bo`lib, AKSHda foydalaniladi. Bir fut 12 dyuymga teng.
YArd -uchta futga teng.
Mil - 5280 futga teng.
Santimetr - 10 mmga yoki taxminan 0,394 dyumga teng.
Metr - 100 santimetrga teng.
Kilometr - 1000 metrga teng.
Lineykalar Corel Draw dasturini ishga tushirganda paydo bo`ladi. Agar ular ko`rinmasa View/Rulers (kurinish /lineyka) komanda menyusini tanlaymiz.
Lineyka shkalasining boshlang`ich nuqtasi nashr varag`ining chapida va past tomonida joylashgan.
|
| |