Mundarija
I bob Kirish......................................................................................__
1.Texnik obyektlarni boshqarishda mikrokontrollerlarni
roli........................................................................................___
2. AT Model AVR mikrokontrollerlari strukturasi va asosiy qurilmalar..............................................................................___
II Bob
3. ISIS Proteus dasturida AVR mikrokontrollerlarining simulyatsiyasion modelini tuzish ..........................................___
4. Eleltkron indikatsiya qurilmalarining tuzilishi va turkumlanishi .........................................................................___
5. Yuguruvchi satr Dasturiy taminotini ishlab chiqish..........____
Xulosa....................................................................................____
Foydalanilgan adabiyotlar....................................................____
Ilova......................................................................................____
Kirish. “XXI asr axborot texnologiyalari asri” - degani kabi butun jahon taraqqiyoti tobora axborot - texnologiyalari bilan tez sur’atda rivojalanib bormoqda. Xususan biz kabi yoshlarni zamon talabiga javob beruvchi mutaxassislar qilib tayyorlashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida “Informatika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi kadrlariga katta talab mavjud. Ma’lumki, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishiga eng birinchi turtki juda murakkab hisoblashlarni tezda bajarishga tug’ilgan katta ehtiyojdir. II jahon urushi oxirlaridan boshlab hisoblash texnikalari rivojlantirilib borildi. Hozirgi paytda esa juda tez hisoblovchi shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi hisoblash sohasida sezilarli yangiliklarni ta’minlamoqda. Jumladan, katta qiziqish bilan o’rganilayotgan kompyuter qurilmalari va texnikasi yildan - yilga rivojlanib bormoqda. Bularga misol qilib, mikroprosessor, tizimli blok,operativ xotira va hokazolarni keltirish mumkin. Ushbu dastur sanoatda qo’llaniladigan avtomatik elementlari qurilmalari tarkibiga kiruvchi: turli datchiklar o’zgartirgichlar, etuvchi mexanizmlar, jumladan zamonaviy harorat, namlik, bosim, sarf va boshqa mexanizmlar, transformatorlar, sinxron va asinxron dvigatellarni tuzilishi va ishlash printsiplarini, hamda zamonaviy mikroprotsessorli qurilmalarni: mikroprotsessor, mikrokontrollerlar, ularning arxitekturalari, sinflari, yaratilish texnologiyalari, dasturlash tillari kabi materiallarni bulardan tashqari virtual laboratoriya o’z ichiga olgan. Bundan tashqari instrumental vositalardan foydalanib boshqarish tizimlarini yaratilishi, ularni sintez va analiz qilish usullari ko’rib chiqilgan hamda fan tarihi va rivojining tendentsiyasi, istiqbolli va respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalari va xududiy muammolarning fanning rivojlanish istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi. Axborot boshqarish tizimlarining instrumental vositalari ixtisoslik fani hisoblanib 4,5 va 6 – semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va tabiiy-ilmiy (oliy matematika, fizika, texnik tizimlarda axborot texnologiyalari) va umumkasbiy (axborotlarga ishlov berishni algoritmlash, muhandislik dasturlari, elektronika va sxemotexnika, kompyuter tizimlari va telekkommunikatsiyalar) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi.
|