I bob Kirish




Download 1,83 Mb.
bet2/29
Sana31.01.2024
Hajmi1,83 Mb.
#149695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
habibullo

Mikroprotsessorlar kursining maqsadi mikroprotsessor tizimlarining tuzilish prinsipi va turli funksional murakkab, ya’ni mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlar asosida boshqariladigan qurilmalarning ishlatilishini o‘rganishdir.

Mikroprotsessorlar kursi dasturga mos ravishda nazariy materiallar, nazorat ishlari, laboratoriya ishlari va kurs ishlarini o‘z ichiga oladi. Nazariy materiallarning o‘zlashtirilishini osonlashtirish uchun ushbu ishda uslubiy ko‘rsatmalar, adabiyotlarga murojaat, ayrim hollarda esa savolning kengroq yoritilishi ,hamda talabaga berish uchun mavjud bo‘lgan adabiyotlardan birini tanlab olish imkonini beruvchi bir nechta adabiyotlar ko‘rsatib o‘tilgan. Mikroprotsessorlar kursi ikki kismga bulingan.

Birinchi qisimda mikroprotsessorlar, ularning arxitekturalari, turlari, ishlash prinsiplari va ular uchun assembler tilida dasturlar yaratish tamoyillariga qaratiladi. Birinchi qisimdan olingan bilimlarni umumlash uchun talablarga uch savoldan iborat bo’lgan nazorat ishi beriladi.

Ikkinchi qisimda mikrokontrollerlar, ularning ish prinsiplari, mikrokontrollerlar asosida ishlaydigan qurilmalar uchun dasturiy ta’minot yaratish. qurish prinsiplari va ularni ishlatilish qoidalari ko‘rib chiqiladi. Mazkur kurs ishi maxsus dasturiy tillarda va FlowCode dasturidan muhitlardan foydalangan holda yaratilib, real qurilmalarga sozlash etaplari buyicha amaliy malaka oshirishga mo‘ljallangan.



Texnik Ob’yektlarni Boshqarishda Mikrokontrollerlarni roli.

Mikrokontroller(ingl. Micro Controller Unit, MCU)-elektron qurilmalarni boshqarishga mo’ljallangan mikrosxema. Odatdagi mikrokontroller o’z ichiga protsessor va periferiya uskunalari, OX(operativ xotira) va DX(doimiy xotira) olishi mumkin. Oddiy masalalarni bajara oladigan bir kristalli kompyuter deb atash ham mumkin. Zamonaviy elektronikani mikrokontrollerlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Koinotdagi sun’iy yo’ldoshlardan tortib kundalik hayotda har kuni foydalanadigan jixozlar ham mikrokontroller asosida ishlaydi.


Download 1,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 1,83 Mb.