I-BOB. KORXONA FAOLIYATIDA BIZNES-REJALASHTIRISH




Download 51,46 Kb.
bet2/7
Sana20.12.2023
Hajmi51,46 Kb.
#124585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JUMAQULOV ELMUROD KURS ISHI

I-BOB. KORXONA FAOLIYATIDA BIZNES-REJALASHTIRISH.

    1. Rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Korxona faoliyatini rejalashtirishning asosiy vazifalari.

Iqtisodiyot bo`yicha zamonaviy adabiyotlarda va qo`llanmalarda rejalashtirishga mo`ljallangan ish yoki ma`lum bir harakatlarni bajarish muddati, tartibi va ketma-ketligini ko`zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi sifatida izoh berilgan. 
Har bir inson o`z ish kuni, dam olish kuni, bayramlar, yozgi ta`til, to`y va boshqa tadbirlarni qanday o`tkazishni rejalashtiradi.
Aynan rejalashtirish va bashorat qilish yo`li bilan korxonalar nimani, kim uchun, qachon va qancha mahsulot ishlab chiqarish, qaysi hamkorlar yoki sheriklar bilan shartnoma tuzish yoki kooperatsiyani rivojlantirish, zarur bo`lgan 
moddiy-tovar boyliklari zahirasini yaratish kabi bir qator masalalarni hal qiladi.
O`zbekiston Respublikasining «Korxonalar to`g`risida»gi qonunida,
korxonalarning iste`molchilar talabi, foyda yoki daromad olish nuqtai nazaridan
o`z faoliyatini mustaqil ravishda tanlashi va ishlab chiqarishni rivojlantirish
istiqbollarini belgilab olishi ko`rsatilgan.
Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab
berishni ifodalaydi.
Oxirgi holatda gap korxona faoliyatini bashorat qilish haqida borishi mumkin. 
Bashorat qilishni rejalashtirishning boshlanishi va uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan davomi sifatida ko`rib chiqish mumkin. Rejalashtirish va prognozlashtirish o`zaro aloqada bo`lgan ikkita jarayon bo`lib, xo`jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, o`ng kam tavakkalchilik va o`ng yuqori
natijalarga o`rishish asosida yuritishni ko`zda tutadi.
Reja va rejalashtirish orasidagi farqni anglash muhim ahamiyat kasb etadi.
Rejalashtirish indikativ reja yoki prognoz kabi rejalarni ishlab chiqish jarayoni
bo`lsa, reja korxonaning ma`lum bir vaqt mobaynida amalga oshiruvchi texnik-
iqtisodiy ko`rsatkichlarini o`zida aks ettiruvchi hujjatni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, reja – bu, korxonaning maqsadli funksiyalari va ularni amalga oshirish yo`llarini belgilab beruvchi rejalashtirishning moddiylashgan shaklidir. 
Rejalashtirish odamlar, birinchi o`rinda mutaxassislar tomonidan amalga
oshirilishi sababli istalgan reja yoki prognozning hayotga tatbiq o`tilishi ko`p
jihatdan iqtisodchilarning malakasiga, ular rejalashtirishning uslubiy asoslarini
yaxshi bilishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rejalarining bozor talablarini hamda korxonaning mo`ljallan-gan daromadga urishishini hisobga olishiga ham bog`liq.
Rejani ishlab chiqish qanchalik asoslab berilgan bo`lsa, uning haqiqiyligi va
iqtisodiyotdagi ahvol bilan bog`liqligi shunchalik yuqori bo`ladi.
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat
qilish ham katta rol o`ynaydi. Bashorat qilish xo`jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko`ra bilishini ifodalaydi.
U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni baholash va tahlil qilish asosida yaratiladi hamda muqobil qarorlarni tanlashga imkon
yaratadi. 
Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o`z aksini topadi: ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish – o`rta va uzoq muddatli bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish – qisqa muddatli bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. 
Bu yo`nalishlarning ikkalasi ham o`zaro uzviy aloqada bo`lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning real voqeligi bilan bog`laydi.
Bashoratning maqsadi – bozorga ta`sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga,
xo`jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika
taraqqiyotining iste`molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta`sir ko`rsatishi, an`anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni prognozlashtirish muhim ahamiyatga ega bo`lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorining o`zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, prognoz
rejalashtirishning ilmiy asosidir.
Korxonada rejalashtirishning uslubiy asoslari, tamoyillari va vazifalari.
Rejalashtirish uslubiyoti, bu – iqtisodiyotni boshqarishning turli bo`g`inlarida,
jumladan, korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab chiqish usullari majmuasidir.
Avvalgi rejali iqtisodiyot sharoitlarida u avvalo reja organlarining, ham sobiq
ittifoq miqyosida, ham alohida respublikalar miqyosida amal qilgan iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqish bo`yicha uslubiy
ko`rsatmalarga tayanar edi. Iqtisodiyotning muhim soha va tarmoqlarini joriy va
istiqbolli rejalashtirish ushbu ko`rsatmalar asosida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar o`z faoliyatini rejalashtirishni
mustaqil ravishda amalga oshiradi. Biroq bu rejalashtirishning tekshirib ko`rilgan
va foydali usullaridan voz kechishni anglatmaydi. Bugungi sharoitlarda ham
korxonalar faoliyatini rejalashtirish-texnik iqtisodiy hisob-kitoblar, progressiv
norma va normativlar, iqtisodiy tahlil, muqobil variantlarni tanlashga asoslanadi.
Rejalashtirishning eng ko`p tarqalgan usullari qatoriga quyidagilarni: balans,
normativ, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo`yicha, ko`p variantli hisob-
kitob usuli kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik darajasini
oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi, shuningdek,
tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo`lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul eng samarali usul hisoblanadi.
Hozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda. 
Ushbu usulning mohiyati, o`zaro aloqada bo`lgan ko`rsatkichlarni solishtirish bilan ifodalanadi.
Balans usuli asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab
chiqarish quvvatiga bo`lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan
kelib chiqqan holda moddiy balans, ishlab chiqarish quvvatlari balansi, ishchi
kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib ko`rsatish mumkin. Ba-
lanslar, qoidaga ko`ra, ehtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning mavjudligi yoki manbalarini o`z ichiga oluvchi, o`zaro moslashuvchi jadval shaklida tuziladi.
Balans usuli normativ usuli bilan birgalikda qo`llanadi. Normativ usulida
resurslarni sarflashning yo`l qo`yish mumkin bo`lgan eng yuqori va eng quyi
chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda
norma va normativ kabi tushunchalardan foydalaniladi.
Norma (me`yor) – bu, belgilangan sifatdagi mahsulot birligi (ish, xizmat)
tayyorlash uchun sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg`i, energiya va boshqa
resurslardan foydalanishning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan maksimal yoki
minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish normalarini kamaytirish
mahsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining buzi-
lishiga olib keladigan bo`lsa, u holda bu normalarni kamaytirish mumkin emas.
Normativ – bu, nisbiy kattalik bo`lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlar
yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish
darajasini, ularning har bir maydon birligi, og`irlik birligi, hajm birligiga
sarflanishini tavsiflab beradi. Norma va normativlar progressiv tavsifga ega
bo`lishi, ya`ni ularni ishlab chiqishda zamonaviy fan, texnika va texnologiya
rivojlanishining darajasi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab
chiqarish quvvatlaridan to`liq foydalanish hamda ilg`or korxonalarning tajribalarini hisobga olish zarur. Shuningdek, ular doimiy ravishda qayta ko`rib chiqilishi, eskirgan norma va normativlar yangi, xo`jalik hayoti va davr talablariga javob beruvchi norma va normativlar bilan almashtirilishi lozim.
Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar:
✓maqsadni belgilash;
✓korxona faoliyatining turli xil yo`nalishlari, ayniqsa, xalq xo`jaligi va
aholi uchun zarur bo`lgan mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiqligini asoslab berish;
✓zaruriy moddiy-texnika asossini shakllantirish;
✓moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
✓yakuniy natijalarning ijobiy bo`lishiga erishish.
Amaliyotda bu vazifalarni korxona direktori yoki iqtisodiy-rejalash
xizmatining o`zi bajarmaydi yoki bajarishi lozim emas. Bunda butun jamoa,
ayniqsa, agar bu korxona aktsiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko`rsatayotgan
bo`lsa, ishtirok etishi zarur. Afsuski, korxona xodimlari ko`pincha «rahbarga
ko`proq narsa ko`rinadi» tamoyili asosida ishlaydilar va yaxshiroq natijalarga
erishish uchun tashabbuskorlik ko`rsatmaydilar. Tajribalar esa korxona
muammolarini hal qilish barcha xodimlar, jumladan, ishchilarga ham bo`lgan
holdagina bu korxonalar gullab yashnashi mumkinligini ko`rsatadi. 
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini
rejalashtirish va ratsional boshqarish tizimi hamda maksimal ravishda qulay
sharoitlarni yaratmoqda. Bunday sharoitlarda rejalashtirish bozor iqtisodiyoti va
bozor munosabatlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishga xizmat qilishi
lozim. Korxona faoliyatini umuman emas, balki har bir muayyan holdagi
vazifalarni hal qilishga yo`naltirgan holda rejalashtirish zarur. Buning uchun
rejalashtirishning ilmiylik, komplekslilik, uzluksizlik, optimallik, moslashuvchan-
lik kabi tamoyillariga tayanish zarur. 
Yetakchi bo`g`inni ajratib ko`rsatish korxonaning barcha bo`linmalarini
birgalikda kompleks ravishda rivojlantirishni ko`zda tutadi. Chunki busiz
rejalashtirish bir tomonlama bo`lib qolishi hamda ishlab chiqarishni tashkil etishda «tor joylar» va disproportsiyaning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
Shu sababli korxona faoliyatining iqtisodiy-ishlab chiqarish rejasi ko`rsatkichlari va
bo`limlarining o`zaro aloqada bo`lishini hamda kompleks rejalashtirishni ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu o`rinda ham rejalashtirishning balans usuli katta ahamiyatga ega. 
Rejalashtirishning yana bir muhim tamoyili ilmiylik bo`lib, u avvalo tayyorlanayotgan rejalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlariga, shuningdek, fan-
texnika taraqqiyoti talablari, raqobatchilik va bozor talablarini hisobga olishga
asoslanadi.
Rejalashtirishning ilmiyligi, jonli mehnat va mahsulotga aylangan mehnat xarajatlarining eng kam miqdorida iloji boricha yuqori natijalarga erishishga, shuningdek, korxona xodimlari manfaatdorligini oshirishga ko`maklashadi.
Komplekslilik tamoyili ishlab chiqarishni, birinchidan, zamon va makonda, ikkinchidan, ishlab chiqarishni boshqarishning gorizontal va vertikalida, uchinchidan, ishlab chiqarishning resurs asoslarini ta`minlashda, to`rtinchidan, ishlab chiqarishdagi «tor joylarni» hisobga olish va ularni yo`qotish chora-
tadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o`z mehnatlari natijasidan moddiy va ma`naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning mo`ljallanayotgan daromad oki foyda olishini amalga oshirishni ko`zda tutadi.
Proportsionallik nafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda, balki ishlab
chiqarishni boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb o`tadi. Zarur proportsiyalarga amal qilish ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining sexlar va ish joylari bo`yicha hamda ishlab chiqarish bosqichlarida to`g`ri taqsimlanishiga va ulardan to`g`ri foydalanishga ko`maklashadi.
Proportsiyalarga amal qilmaslik esa, aksincha, ishlab chiqarishning ba`zi uchastkalarda kuchayib,boshqalarida pasayishiga, ya`ni disproportsiyalarning vujudga kelishiga hamda korxonalarning 
noritmik tarzda faoliyat yuritishiga sabab bo`ladi. Zaruriy proportsionallikni ta`minlashda ishlab
chiqarishni tashkil etishni texnik-iqtisodiy normalashtirish katta rol o`ynaydi. 
Rejalashtirishning uzluksizligi ishlab chiqarishni va umuman, korxona
faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyil amalda joriy rejalarning istiqboldagi rejalar bilan, istiqboldagi rejalarning esa bashoratlar (prognoz) bilan bog`liq bo`lishida o`z aksini topadi.
Boshqacha qilib aytganda, rejalashtirish qisqa muddatli tavsifga ega bo`lgan indikativ reja 
tabiatiga mos kelmovchi, yanvardan martgacha yoki martdan dekabrgacha, ya`ni «...dan» «...gacha» tamoyili asosida amalga oshirilmasligi lozim.
Rejalashtirishning «...dan» «...gacha» tamoyilini inkor qilganda biz avvalo vaqt bo`yicha rejalashtirish uzilishining oldini olishni ko`zda tutamiz. Masalan, o`sha indikativ reja o`z
davomiga ega bo`lishi, ya`ni korxona o`z faolitini yanvar-mart oylariga rejalash-
tirganda keyingi davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan vazifalarni ham, albatta, bozor konyunkturasi, iste`molchilar manfaati va ishlab chiqarish holatlarining o`zgarishini ko`zda tutishi lozim. Bu vazifa asosan yil davomida amalga oshiriluvchi rejalarni aniqlashtirish va muayyanlashtirish yo`li bilan bajariladi.
Optimallik ham rejalashtirish tamoyillari qatoriga kiradi. Rejalar barcha
ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo`ldosh mahsulotlardan keng
foydalanishni inobatga olgan holda iloji boricha ratsional va unumli foydalanishni ta`minlashi hamda yuqori natijalarga erishish uchun o`ng samarali yo`llarni
tanlashi kerak.
Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik usullar va elektron
hisoblash mashinalarini qo`llash, rejalarning bir nechta variantlarini ishlab chiqish yordamida erishiladi. Ko`p variantlilik eng tejamkor reja varianti yoki korxona
faoliyati dasturini tanlashga imkon yaratadi.
Moslashuvchanlik rejalashtirishning bozor sharoitlaridagi muhim tamoyili
hisoblanadi. U ishlab chiqarish rejalariga o`z vaqtida o`zgartirishlar kiritish,
iste`molchilar va xaridorlar talablarini hisobga olish, ishlab chiqarishning yuzaga
kelishi mumkin bo`lgan pasayishi va inqirozlarning oldini olishga yordam beradi.
«Korxonalar to`g`risida»gi qonun ishlab chiqarishni rejalashtirishda ushbu
tamoyilni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan sharoitlarni yaratadi.
Biroq hech qanday tamoyil, jumladan, yuqorida sanab o`tilgan tamoyillar
ham, o`zidan-o`zi, ya`ni shu tamoyillar uchungina kerak emas. Agar amaliyotda
qo`llanmasa bu tamoyillar faqat qog`ozda qolib ketishi yoki oddiy chaqiriq bo`lib qolishi mumkin. Shu sababli korxona rahbarining rejalashtirish jarayonini, aniqrog`i, rejaning bajarilishi hamda rejalashtirishning belgilangan va boshqa tamoyillari qanday aks ettirilganligini nazorat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Nazorat kerakli natijalarga erishish, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan disproportsiyalarni aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek, zahiralarni aniqlash va ulardan foydalanish yo`llarini belgilashga 
imkon berdi.
Iqtisodiyot bo`yicha zamonaviy adabiyotlarda va qo`llanmalarda rejalashtirishga mo`ljallangan ish yoki ma`lum bir harakatlarni bajarish muddati, tartibi va ketma-ketligini ko`zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi sifatida izoh berilgan. 
Har bir inson o`z ish kuni, dam olish kuni, bayramlar, yozgi ta`til, to`y va boshqa tadbirlarni qanday o`tkazishni rejalashtiradi.
Aynan rejalashtirish va bashorat qilish yo`li bilan korxonalar nimani, kim uchun, qachon va qancha mahsulot ishlab chiqarish, qaysi hamkorlar yoki sheriklar bilan shartnoma tuzish
yoki kooperatsiyani rivojlantirish, zarur bo`lgan moddiy tovar boyliklari zahirasini yaratish kabi bir 
qator masalalarni hal qiladi.
O`zbekiston Respublikasining «Korxonalar to`g`risida»gi qonunida,
korxonalarning iste`molchilar talabi, foyda yoki daromad olish nuqtai nazaridan
o`z faoliyatini mustaqil ravishda tanlashi va ishlab chiqarishni rivojlantirish
istiqbollarini belgilab olishi ko`rsatilgan. 
Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab berishni ifodalaydi. Oxirgi holatda gap korxona faoliyatini bashorat qilish haqida borishi mumkin. 
Bashorat qilishni rejalashtirishning boshlanishi va uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan davomi sifatida ko`rib chiqish mumkin. 
Rejalashtirish va prognozlashtirish o`zaro aloqada bo`lgan ikkita jarayon bo`lib, xo`jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori
natijalarga erishish asosida yuritishni ko`zda tutadi.
Reja va rejalashtirish orasidagi farqni anglash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Rejalashtirish indikativ reja yoki prognoz kabi rejalarni ishlab chiqish jarayoni
bo`lsa, reja korxonaning ma`lum bir vaqt mobaynida amalga oshiruvchi texnik-
iqtisodiy ko`rsatkichlarini o`zida aks o`ttiruvchi hujjatni ifodalaydi. Boshqacha
qilib aytganda, reja – bu, korxonaning maqsadli funksiyalari va ularni amalga
oshirish yo`llarini belgilab beruvchi rejalashtirishning moddiylashgan shaklidir.
Rejalashtirish odamlar, birinchi o`rinda mutaxassislar tomonidan amalga
oshirilishi sababli istalgan reja yoki prognozning hayotga tatbiq etilishi ko`p
jihatdan iqtisodchilarning malakasiga, ular rejalashtirishning uslubiy asoslarini
yaxshi bilishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rejalarining bozor talablarini hamda korxonaning mo`ljallangan daromadga erishishini hisobga olishiga ham bog`liq.
Rejani ishlab chiqish qanchalik asoslab berilgan bo`lsa, uning haqiqiyligi va
iqtisodiyotdagi ahvol bilan bog`liqligi shunchalik yuqori bo`ladi.
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat
qilish ham katta rol o`ynaydi. Bashorat qilish xo`jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda
avvaldan ko`ra bilishini ifodalaydi.
U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni baholash va tahlil qilish asosida yaratiladi hamda muqobil qarorlarni tanlashga imkon
yaratadi.
Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o`z aksini topadi: ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish - o`rta va uzoq muddatli bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish - qisqa muddatli bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. 
Bu yo`nalishlarning ikkalasi ham o`zaro uzviy aloqada bo`lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning real voqeligi bilan bog`laydi.
Bashoratning maqsadi – bozorga ta`sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga,
xo`jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika
taraqqiyotining iste`molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta`sir ko`rsatishi, an`anaviy
mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib
keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi
mumkin bo`lgan holatlarini belgilashdadir.
Korxonalar uchun talabni prognoz- lashtirish muhim ahamiyatga ega bo`lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorining o`zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, prognoz
rejalashtirishning ilmiy asosidir.


Download 51,46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 51,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB. KORXONA FAOLIYATIDA BIZNES-REJALASHTIRISH

Download 51,46 Kb.