Ish haqi to`lash shakllari: vaqtbay va ishbay




Download 51,46 Kb.
bet6/7
Sana20.12.2023
Hajmi51,46 Kb.
#124585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JUMAQULOV ELMUROD KURS ISHI

 
2.2. Ish haqi to`lash shakllari: vaqtbay va ishbay. 
Tarif tizimi elementlari. 
Paxta tozalash korxonalarida ish haqi fondini hisoblash.
Mehnat va ish haqi rejasida yakunlov bo`limining asosiy mehnat
ko`rsatkichlarining hisoboti chiqariladi. Shu ko`rsatkichlarning asosiylari
quyidagilar:
▪Mehnat unumdorligi;
▪Ishchi kuchining nisbiy sarfi;
▪O`rtacha soatlik ish haqi;
▪O`rtacha kunlik ish haqi;
▪O`rtacha oylik ish haqi.
Mehnat va ish haqi rejasi korxona xodimlarining sonini, ularning ish haqlari fondini va bo`lim bo`yicha asosiy texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblashni o`z ichiga oladi.
Korxona ishchilarini bajaradigan vazifalarining xarakteriga bog`liq holda
ularni 3 ta guruhga: asosiy, yordamchi va yondash guruh ishchilariga bo`lish
mumkin.
Asosiy guruh ishchilari deb, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita
ishtirok etadigan ishchilarga aytiladi. Bu guruh ishchilariga qayta o`rovchilar,
tikuvchilar, bichuvchilar, bo`yoqchi-pardozlovchilar kabi ishchilar kiradi.
Yordamchi guruh ishchilari deb, asosiy guruh ishchilari ishining
uzluksizligini ta`minlovchi ishchilarga aytiladi. Bu guruh ishchilariga usta yordamchilari, brigadirlar, yuk tashuvchilar, mashinalarni moylovchilar, tozalovchilar, slesarlar, elektriklar kabi ishchilar guruhi kiradi. 
Yondosh guruh ishchilariga esa laborantlar, kontrolyorlar, farroshlar,
omborxona xodimlari kabi ishchilar kiradi.
Asosiy guruh ishchilarining soni yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi,
o`rnatilgan dastgohlar soni hamda dastgohlarga xizmat ko`rsatish me`yoriga
bog`liq holda aniqlanadi. Yordamchi va yondosh guruh ishchilarining soni xizmat ko`rsatish me`yoriga bog`liq holda rejalashtiriladi.
Korxona xodimlariga ishbay, ishbay-mukofatbay, vaqtbay-mukofatbay maosh sistemalarida haq to`lanishi mumkin.
Ishbay ish haqi deb, ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmiga qarab
to`lanadigan haqga aytiladi. Ishbay ish haqi quyidagicha aniqlanadi:
 
Ishbay ish haqi = V natur. 

 Rastsenka 
 
bu yerda:
Rastsenka
– mahsulot birligini ishlab chiqarilganligi uchun to`lanadi-
gan haq bo`lib, quyidagicha aniqlanadi:
bu o`rinda:
TS
– tarif stavkasi
Nv
– mahsulot ishlab chiqarish normasi.
Ishbay-mukofotbay ish xaqi esa ishbay ish haqiga mukofotni qo`shish orqali
aniqlanadi. Ishbay-mukofotbay sistemada asosan asosiy guruh ishchilariga xaq
to`lanadi.
Vaqtbay ish xaqi deb, korxona ishchilariga ularning ishlagan ishchi-
soatlariga tarif razryadlarini hisobga olgan holda to`lanadigan haqga aytiladi.
Vaqtbay ish haqi quyidagicha aniqlanadi:
Vaqtbay ish haqi = ishlagan ishchi soatlar 

 TS, 
bu yerda:
TS 
– tarif stavkasi, ya`ni ishlagan ish vaqti birligiga va tarif
razryadlariga qarab to`lanadigan haq.
Vaqtbay sistemada asosan yordamchi guruh ishchilariga haq to`lanadi.
Injener – texnik xodimlar hamda yondosh guruh ishchilariga asosan maosh
sistemasida haq to`lanadi.
Ish haqi yillik fondi hisobi. Ish haqi fondi deb, korxonaning ishchi-xizmatchi
xodimlariga ma`lum vaqt mobaynida haq to`lash uchun ajratilgan mablag` yoki
fondga aytiladi.
Ish haqi fondi 3 guruhga bo`linadi:

Ish haqining soatlik fondi

Ish haqining kunlik fondi

Ish haqining yillik fondi
Ish haqining soatlik fondi deb, vaqtbay sistemada ishlayotgan ishchilarga
ularning sof ishlagan ishchi soatlari uchun, ishbay sistemada ishlayotgan
ishchilarga esa ularning sof ishlab chiqargan mahsulotlarining hajmi uchun
to`lanadigan haqga aytiladi. Ish haqining soatlik fondi mehnat shtatlari jadvali
hisobiga asoslanib aniqlanadi.
Ish haqining kunlik fondi deb, ish haqining soatlik fondidan tashqari
ishlanmagan, lekin mehnat qonuniga ko`ra ish haqi fondidan haq to`lanishi lozim bo`lgan vaqt uchun ham to`lanadigan qo`shimcha haqni hisobga olgan holdagi ish haqi fondiga aytiladi.
Bu ko`rsatkich ish haqining soatlik fondiga o`smir bolalarning imtiyozli soatlari uchun va tungi smenadagi ish uchun, hamda yosh bolalik onalarning imtiyozli soatlari uchun to`lanadigan qo`shimcha haqni qo`shish
orqali aniqlanadi.
Ish haqining yillik fondi ish haqining kunlik fondiga mehnat otpuskasi
kunlari uchun ham to`lanadigan qo`shimcha haqni qo`shish orqali aniqlanadi.

XULOSA
Xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, ishlab chiqarishni tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish to'g'risidagi qaror butun korxona faoliyatiga ta'sir qiladi va bunda bilan yuzaga kelish mumkin bo'lgan xavflarni hisobga olish kerak.
Faqat istiqbolli texnologiyalarni, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini puxta rejalashtirish va har tomonlama o'rganish bilangina istalgan samarani olish mumkin.
Shuningdek, raqamlashtirish sharoitida korxona boshqaruvining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Raqamli axborot texnologiyalaridan foydalangan holda moslashuvchan tashkiliy tuzilmalarni yaratish mumkin. Raqamlashtirish davrida sanoat korxonasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish tashkilot rahbariga ham menejment, ham ishlab chiqarish texnologiyalari, ham IT texnologiyalari sohasida kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga bo'lgan talablarni qo'yadi.

Download 51,46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 51,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ish haqi to`lash shakllari: vaqtbay va ishbay

Download 51,46 Kb.