|
Korxona biznes rejasining tizimi. Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari va
|
bet | 4/7 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 51,46 Kb. | | #124585 |
Bog'liq JUMAQULOV ELMUROD KURS ISHI1.3. Korxona biznes rejasining tizimi. Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari va
uni tuzishning texnologiyasi.
Yangi mahsulotlar va texnologiyalarni qo`llash loyihalari, shuningdek,
investitsiyalar va qurilish bilan bog`liq bo`lgan chora-tadbirlarning bir qismi
alohida rejalarga kiritiladi. Ular chora-tadbirlarni amalga oshirishning butun
davriga tuziladi.
Tadbirkorlik – korxonalar xo`jalik yuritish faoliyatining uzluksiz qismi
bo`lib, foyda (daromad) olish va uni ko`paytirishga qaratilgan bo`ladi.
Korxonalar hayotida u, boqi beg`amlikka berilish, turg`unlik va isrofgarchilikni inkor qilishni
anglatadi.
Korxona rahbari yoki mutaxassis tadbirkorlik va tashabbuskorlik «ruhiga» ega bo`lmasa, demak, u bo`sh yoki yomon xodim, xizmatda belgilangan soatlarni o`tkazib o`tiruvchi shaxs hisoblanadi.
Aksincha, tadbirkorlik va tashabbuskorlik «ruhiga» ega bo`lgan mutaxassis yoki mansabdor shaxslar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va rivojlantirish, mehnat sifatini ko`tarish va
korxonaning oladigan daromadlarini ko`paytirish yo`llarini izlab topadilar.
Tadbirkorlikni ko`pincha muayyan shaxsga «bog`lab qo`yadilar» hamda bu shaxsni tadbirkor yoki biznesmen deb ataydilar. Bundan tashqari bir guruh
shaxslardan tashkil topuvchi jamoa tadbirkorligi ham mavjud.
Bu holatni jamoa biznesi yoki jamoa tadbirkorligi deb atash mumkin.
Agar yakka shaxs individual tarzda yoki kichik bir jamoa vositachilik, oldi sotdi, maslahat va boshqa xizmatlar bilan shug`ullansa, u holda biznes-reja talab qilinmaydi.
Boshqa hollarda biznes-reja yangi korxona tashkil qilish yoki biron-bir tijorat loyihasini amalga oshirish uchun mo`ljallanayotgan asoslangan xatti- harakatlarni o`z ichiga oluvchi hujjat hisoblanadi.
Uning asosiy vazifasi, korxonaga o`z imkoniyatlarini baholash, bozordagi istiqbolni, zaruriy xarajatlarni aniqlash, korxona faoliyatining birinchi yillarida «suv ostidagi toshlar»ni aniqlash hamda mazkur faoliyat turining foydali yoki zararli ekanligini baholash ko`rsatkichlari yordamida hisoblashga yordam berishda deb belgilanadi.
Biznes-rejani tayyorlash natijasida «Ishni nimadan boshlash kerak?»;
«Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?» «Birinchi foyda yoki
daromad qachon olinadi?», «Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob
qilish mumkin?», «Yuzaga kelishi mumkin bo`lgan xavf-xatarni qanday
kamaytirish mumkin?», «Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan
foydalanish mumkin?» kabi savollarga javob olinadi.
Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e`tibor qaratish zarur:
✓biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun
tushunarli va oson bo`lishi lozim;
✓biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o`ziga kerakli
ma`lumotlarni qidirib topishi uchun bo`limlarga (boblarga) bo`linishi lozim;
✓biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi
shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari
qatnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-rejaning ishonchliligiga shubha uyg`onishi mumkin;
✓biznes-rejaning obyektiv baholanishiga erishish kerak, ya`ni unda xatolar va noto`g`ri hisob-kitoblar bo`lmasligi lozim;
✓biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda
biznes to`g`risidagi maxfiy ma`lumotlar joy olgan bo`ladi.
Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo`lim va ko`rsatkichlardan
iborat bo`ladi. O`ntagacha bo`limni o`z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va
tuzilishiga ko`ra, o`ng maqbul hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi
bo`limlarni o`z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:
1. Tanlangan biznes kontseptsiyasi.
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).
3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari
tavsifnomasi.
4. Boshqaruv (menedjment).
5. Bozor tadqiqoti va tahlili.
6. Marketing harakatlari rejasi.
7. Ishlab chiqarish rejasi.
8. Tavakkalchilikni baholash.
9. Moliyaviy reja.
10. Biznes-loyihaning samaradorligi.
Tanlangan biznes yo`nalishining konsepsiyasini tuzishda uning raqobatbar-
doshligi (sifat, narx, iste`molchiga yetkazib berish shakli, tayyorlash texnologiyasi
va hokazo); mablag`larga bo`lgan ehtiyojlar; o`ziga jalb qilishning asoslanganligi
(taklif qilinayotgan mahsulotning boshqa mahsulotlardan afzalliklari, mahsulot
ishlab chiqarishning qaysi bosqichda ekanligi va hokazo)ga katta e`tibor qaratish
lozim.
Kontseptsiyada tanlangan tovar bozoridagi ahvol; korxonaning tanlangan
biznes sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlari; boshqa bozorga chiqish imkoniyat-
lari; bozorga ta`sir o`tkazuvchi qonunchilik, siyosat, demografik holat kabi omillar aks ettiriladi. Bundan tashqari kontseptsiya bahoning o`zgarishi, inflyatsiyaning o`sishi, kapital olib chiqish yoki mahsulot olib kirishni cheklovchi qonun hujjatlarini qabul qilinishi kabi sharoitlarda, mahsulotni sotishni ko`paytirish uchun zarur bo`lgan chora-tadbirlarni ham o`z ichiga oladi. Ushbu bo`lim tanlangan
biznes yo`nalishi maqsadlari va niyatlarining shakllanishi bilan yakunlanadi.
Korxona, uning mahsulot va xizmatlari tavsifnomasi bo`limida korxonaning joylashgan manzili, bozorga chiqish shakli, bozordagi ulushi, asosiy raqobatchilari va ularning kuchli tomonlari, texnologiya darajasi va xarajatlar tahlili aks ettiriladi.
Mulkchilik shakli, xodimlarning malakasi, tashqi muhit bilan munosabatlar
«Boshqaruv» bo`limida ko`rsatiladi.
«Bozor tadqiqoti va tahlili» bo`limida tanlangan bozor asoslab beriladi,
xaridorlarni korxona mahsulotlariga jalb etuvchi raqobatchilik usullari hamda
bozorda bahoni shakllantirish va hokazolar ko`rib chiqiladi.
Marketing rejasining asosiy vazifasi korxonaning bozordagi imkoniyatlariga baho berishdadir.
Marketing rejasining asosiy elementlari sifatida tovarlarni
tarqatish tizimi, bahoni shakllantirish, reklama, savdoni rag`batlantirish usullari,
sotilgandan keyingi xizmat ko`rsatishni tashkil qilish, korxona (firma) va uning
mahsulotlari haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish kabilarni ko`rsatib o`tish
mumkin.
«Ishlab chiqarish rejasi» potentsial xaridorlarga kerakli mahsulotlar hajmini o`z vaqtida ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligini ko`rsatadi.
Mazkur bo`limda quyidagilar o`z aksini topadi: yangi tashkil qilingan yoki faoliyat
yuritayotgan korxonada tovar ishlab chiqarish joyi; buning uchun zarur bo`lgan
ishlab chiqarish quvvatlari va ularning o`sish istiqbollari; xom ashyo va material
etkazib beruvchilar; ishlab chiqarish kooperatsiyasi; ishlab chiqarish oqimlari
tizimini tuzish; sifatni nazorat qilish jarayoni; foydalaniladigan standartlar;
vujudga kelishi mumkin bo`lgan ishlab chiqarish xarajatlari.
«Tavakalchilik va sug`urtalashni baholash» bo`limi ikki qismga bo`linadi.
Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong`in, zilzila, soliqni
boshqarishdagi o`zgarishlar va valyuta kursining tebranishi) oldindan hisoblab
chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya`ni
tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko`rsatiladi, shuningdek,
tavakkalchilik xavfidan sug`urtalash dasturi amalga oshiriladi.
Moliyaviy reja biznes-rejaning yakunlovchi bo`limi bo`lib, korxona
faoliyatining natijalarini tavsiflaydi. U quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
▪savdo hajmining bashorati;
▪pul daromadlari va xarajatlari balansi;
▪foyda va zarar bo`yicha reja.
Mazkur rejaning ko`rsatkichlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
▪tovarlarni sotishdan tushgan daromad;
▪ishlab chiqarish xarajatlari;
▪savdodan tushgan umumiy foyda;
▪sof foyda;
▪korxona aktiv va passivining solishtirma balansi;
▪zararsizlikka erishish grafigi.
Shuningdek, mazkur bo`limda ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki
kengaytirish uchun mablag` jalb qilish rejalari ham ifodalanadi. Bo`limda
korxonaning moliviy barqarorligi yoki nochorligini aniqlash imkonini beruvchi
maxsus ko`rsatkichlar hisob-kitobi ham keltiriladi.
|
| |