II-BOB. KORXONA FAOLIYATIDA PROGNOZLASH




Download 51,46 Kb.
bet5/7
Sana20.12.2023
Hajmi51,46 Kb.
#124585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JUMAQULOV ELMUROD KURS ISHI

II-BOB. KORXONA FAOLIYATIDA PROGNOZLASH
2.1.Tashkiliy rejaning mazmuni, maqsadi va vazifalari,korxonaning kadrlarsiyosati va personalni boshqarish.
Mehnat va ish haqi rejasi korxona yillik rejasining asosiy bo`limlaridan biri bo`lib, bunda asosiy maqsad – korxonani to`g`ri va to`liq ishchi kuchi bilan ta`minlash, hamda bu ishchilarga yil mobaynida ish haqi to`lash fondlarini belgilashga qaratilgan.
Mehnat va ish haqi rejasi yengil sanoat sexi dasturi bilan uzluksiz
bog`langan. Bu reja bir necha qismdan iborat:
Engil sanoat korxonasida ishlayotgan ishchilar sonini rejalashtirish va
aniqlash (asosiy, yordamchi ishchilar, xizmatchilar va rahbariyat); Kategoriyalar bo`yicha ish haqi fondlarini hisoblash; Ish kuchi balansini tuzish, mehnat samaradorligini aniqlash va asosiy
mehnatga tegishli texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarni aniqlash.
Hozirgi kunda shu mehnat rejasini tuzishda korxonalar juda katta huquq va mustaqillikka ega. Korxonaning o`zi ishchi xizmatchilar va muxandislarga bo`lgan talabni o`zining ichki tuzilishi va ehtiyojiga qarab aniqlashi mumkin.
Korxonada ishlayotgan ishchilarni 2 ta asosiy guruxga ajratish mumkin: Ishlab chiqarishda band bo`lganlar (ishchilar, xizmatchilar, shogirdlar, muxandislar, rahbariyat);
Ishlab chiqarishda band bo`lmaganlar (oshpazlar, bog`cha tarbiyachilari, o`t o`chiruvchilar).
Bu rejani tuzishda eng muhim vazifa – ishlayotgan ishchilar sonini
belgilash.
Bu vazifa 2 yo`l bilan aniqlanadi:
1-usul. Ishchilar soni xizmat ko`rsatish me`yori yoki mahsulot ishlab
chiqarish me`yoriga asosan aniqlanadi.
2-usul. Ishchilar soni ma`lum bir belgilangan ko`rsatkichga asoslanib
topiladi (bitta slesar` 120 ta kengligi 100 sm bo`lgan dastgohlarga xizmat qilishi
mumkin, bitta farrosh 150 m2 ga xizmat qilishi kerak).
Ishchilar sonini aniqlaganda yengil sanoat korxonalarida ishchilarni soni
ro`yxat bo`yicha va ish joyiga kelishi bilan belgilanadi.
Xizmat ko`rsatish me`yoriga asosan ishchilar soni quyidagi formula bilan
aniqlanadi:
Ch = M/No 
bu yerda:
M– o`rnatilgan dastgohlar soni;
No– ishchining xizmat ko`rsatish normasi.
Mahsulot ishlab chiqarish me`yoriga asosan ishchilar soni quyidagi formula
bilan aniqlanadi:
Ch = V/T  N  K 
bu yerda:
– rejalashtirilgan mahsulot hajmi;
T– belgilangan ish vaqti;
N– belgilangan mahsulot ishlab chiqarish me`yori (1 ishchiga);
K– me`yorni oshirib bajarish koeffitsienti.
Korxonalarda ro`yxat bo`yicha ishchilar sonini aniqlash uchun ishchilarning turli sabablar bo`yicha ishga kelmasligini aniqlash kerak. Ishga kelmaslikning asosiy sabablari quyidagilar:
▪ Mehnat ta`tili;
▪Sirtqi o`qiydigan ishchi talabalarning o`quv ta`tili;
▪Kasallik tufayli;
▪Sababsiz ishga chiqmaslik.
Korxonalarda ro`yxatdagi ishchilar soni quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
Chr = Ch/(1-(%N/100)) 
Ch– ishga kelgan ishchilar soni;
%N– ishga kelmagan ishchilar foizi.

Download 51,46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 51,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB. KORXONA FAOLIYATIDA PROGNOZLASH

Download 51,46 Kb.