• Tayanch iboralar
  • I bob. O‘quv materiallari




    Download 32.8 Kb.
    bet1/5
    Sana29.01.2024
    Hajmi32.8 Kb.
    #148053
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Маруза№1
    2-kurs 2-variant

    I BOB. O‘QUV MATERIALLARI
    1.1. NAZARIY MAShG‘ULOTLAR MATERIALLARI
    1-MAVZU. Avtomobil yo’li qurilish mashinalari va jihozlari muhandisligi”
    faniga kirish. AYQM va jihozlarning uzatmalari, ishchi jihozlari va boshqarish tizimlari
    REJA:
    1. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari, uni boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
    2. Yo‘l qurilish mashinalariga qo‘yilgan talablar
    3. Mashina detallari. Mashina detallari haqida umumiy ma’lumotlar.
    4. Joiz o‘lcham va o‘tkazishlar. Birikmalar. Uzatmalar va uni turlari.


    Tayanch iboralar: yo‘l qurilish mashinalari, mashina detallari, joiz o‘lcham, o‘tkazishlar, birikmalar, uzatmalar.

    “Avtomobil yo‘li qurilish mashinalari va jixozlari muxandisligi” fani bakalavrlarni tayyorlashda asosiy umumnazariy fan bo‘lib, kelajakda o‘qiladigan malakaviy fanlar uchun asos xisoblanadi. Bu fan orqali talabalar yer qazish va yo‘l qurilish mashinalaridan foydalnish, ish jarayonlari va mashinalardan foydalnish ko‘rstkichlarini aniqlash nazariy asoslarini o‘rganadi.


    «Avtomobil yo‘li qurilish mashinalari va jixozlari muxandisligi» fanning asosiy maqsadi talablarni AYQM va J laridan foydlanish, ish jarayonlari, texnik tasniflari, tuzilishlari, turlari va nazariyalar, mashinalardan foydalanishdagi ko‘rsatkichlarini aniqlash kabi mavzularni o‘rganadilar.
    Fanni o‘zlashtirish jarayonida talabalar oldida quyidagi vazifalar qo‘yiladi: AYQM va J larni vazifalari bo‘yicha qo‘llanilish nazariyalarini o‘rganish; AYQM va J larini guruhlanishi va turlarini o‘rganish; mashinalarni tuzilishi va asosiy ishchi jihozlarini o‘rganish; mashinalar ish unumdorligini aniqlash usullarini o‘rganish; mashinalar ish jarayoni texnologiyalarini o‘rganish; AYQM va J larini avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlarini bajarishdagi logik bog‘lanishlarni va qo‘llanishishlarini tushuntira bilishlari kerak.
    «Avtomobil yo‘li qurilish mashinalari va jixozlari muxandisligi» fanining asosiy vazifasi, mashinalarning tuzilishi, ishlash jarayonlari, nazariyasi, ularni rivojlantirishning yo‘nalishlari va istiqbollari, mashinalarning normal hujjatlarini hisobga olgan holda va hisoblash texnikasini qo‘llash bilan, shuningdeq xavfsizlik texnikasi, mehnatni muhofaza qilish va atrof muhitni muhofaza qilish hakidagi qonunlarga rioya qilishi bilan ularni foydalanishning muayyan sharoitlarida oqilona qullanishi hakidagi bilimlar bilan ta’minlashdan iboratdir. Dastur talabalarni berilgan fanni egallab olishga avvalgi ixtisosning umumilmiy, umumtexnik va mahsus fanlarni o‘rganishi va ular orqali bazali qorxonalardi malakaviy o‘quv amaliyotlarini o‘tkazilishi, ularni agregatlarga, shuningdeq qurilish yo‘l mashinalarning qo‘shimcha ish jihoziga yig‘ilishini hisobga olgan holda tuzilgan.
    Avtomobil yo‘li qurilish mashinalari va jixozlari muhandisligi fani buldozerlar, skreperlar; avtogreyderlar; ekskavatorlar, ko‘tarish mashinalari, avtomobil yo‘llarini qurish, foydalanish va ularni ta’mirlash mashinalari va komplersi. Yer qazish va yo‘l qurilish mashinalarining asosiy parametrlarini tanlash va hisoblash. Yer qazish va yo‘l qurilish mashinalarining ish jarayonida paydo bo‘ladigan kuchlar, ishchi jihozlarning ishlov berilayotgan muhit bilan o‘zaro ta’siri, yer qazish va yo‘l qurilish mashinalarining rivojlanish tamoillari, bilimga va malakaga qo‘yiladigan asosiy talablar:
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalari asosiy agregatlari va turli qismlari tuzilishi va vazifalari rivojlanish istiqboli;
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalari rivojlanishi tamoillari;
    yer qazish va yo‘l qurilish mashinalarining xalq xo‘jaligidagi o‘rni;
    yer qazish va yo‘l qurilish mashinalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi yondoshishlar;
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalarini ishlatish bo‘yicha talablar va qoidalar;
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalari ishonchliligini oshirishning konsgruktorlik va texnologik yo‘nalishlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalari hisobi nazariyalarini;
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalari kinematik, dinamik kuch va boshqa parametrlarini aniqlash uslublarini;
    - ish rejimlari va sharoitlarini hisobga olgan holda yer qazish, yo‘l qurilish mashinalarini tanlash asoslarini;
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalari samaradorligini texnik - iqtisodiy kriteriyalari va ekspluatasion ko‘rsatkichlarini;
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalarining texnik darajasini aniqlash usullarini bilishi va ulardan moxirona foydalanish;
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalarini tanlash va hisoblash;
    - yer qazish va yo‘l qurilish ishlari shart - sharoitlarini hisobga olgan holda mashinalarni tanlash;
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalari ishchi qismlarini ishlash samaradorligini oshirish usullarini tanlash;
    - yer qazish va yo‘l qurilish mashinalari, texnik iktisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash asoslarini hisoblash kunikmalariga mukammal ega bo‘lishi kerak.
    Yer qazish va yo‘l qurilish mashinalar tuzilishi va nazariyasi predmeti va unda ko‘riladigan masalalar predmetni bakalavr yo‘nalishdagi o‘rni. Yer qazish va yo‘l qurilish mashinalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularga bo‘lgan talablar. Fanning maqsad va vazifalari. Yer usti transport tizimlari (kasbga ukitish) bo‘yicha bakalavrlar tayorlashdagi ahamiyati.



    Download 32.8 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 32.8 Kb.