• 1.1 jadval. Qoraqalpog’iston Respublikasining doimiy aholi soni ko’rsatkichlari (2022). 1
  • I-bob. O`Zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirilishi va iqtisodiy rayonlar xo`jaligi asoslari




    Download 0,95 Mb.
    bet10/14
    Sana08.01.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #132226
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    O\'ZBEKISTONDA IQTISODIY RAYONLARIGA TA’RIF

    Xo‘jaligi. Iqtisodiy rayon xo‘jaligining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning 6 foizi shu rayon hissasiga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning deyarli 90 foizi yaylovlardan iborat. Sho‘rxok yerlar, qumlar, ko‘llar, botqoqliklar ham katta maydonlarni tashkil etadi.
    Qoraqalpog`iston respublikasi shimoliy kenglikda Markaziy Osiyoning
    janubiy-g`arbiy bo`limini egallab yotibdi. Uning shimoliy, janubiy bo`limidagi
    kordinatalari 400 55/ va 450 35/ shimoliy kenglikni xamda g`arbiy va sharqdagi
    chekka nuqtalari 560 02/ va 620 24/ sharqiy uzunliklarni egallab yotibdi.






    Jami aholi

    Shu jumladan:

    Shahar aholisi

    Qishloq aholisi

    Qoraqalpog’iston Respublikasi

    1948,5

    954,3

    994,2

    Nukus sh.

    329,1

    329,1

    -

    Tumanlar:










    Amudaryo

    204,7

    53,1

    151,6

    Beruniy

    197,4

    69,8

    127,6

    Bo’zatov

    21,8

    5,4

    16,4

    Qonliko’l

    52,4

    13,1

    39,3

    Qorao’zak

    53,6

    16,3

    37,3

    Kegeyli

    73,6

    29,7

    43,9

    Qo’ng’irot

    132,8

    83,9

    48,9

    Mo’ynoq

    33,0

    14,6

    18,4

    Nukus

    51,9

    10,6

    41,3

    Taxiatosh

    75,5

    54,1

    21,3

    Taxtako’pir

    40,6

    17,1

    23,5

    To’rtko’l

    211,0

    83,9

    137,1

    Xo’jayli

    125,5

    80,1

    45,4

    Chimboy

    114,0

    58,3

    55,7

    shumanay

    57,0

    15,0

    42,0

    Ellikqal’a

    164,6

    20,2

    144,4



    1.1 jadval. Qoraqalpog’iston Respublikasining doimiy aholi soni ko’rsatkichlari (2022).1
    Quyidagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, qoraqalpog’iston Respublikasining jami aholi soni 1948.5 ming kishini tashkil etgan.(2022) Bulardan 954,3 ming kishi shaharlarda yashovchi aholi hisoblansa, 994,2 ming kishi esa qishloq aholisi hisoblangan.
    Qoraqum cho`listonligidan esuvchi issiq va changli xavo massasining ta`sirida qurg`oqchilik ustunlik etadi. Qish oylarida yo`lda to`suvchi baland tog`lar bo`lmagani uchun Shimoliy muz okeanidan esuvchi sovuq xavo massasi To`rg`ay darvozasi orqali Qoraqalpog`istonning keskin sovushiga ta`sir qiladi. Atlantikaa va Tinch okeanlar Qoraqalpog`istonga uzoq joylashgani uchun ularning o`lkamizning tabiiy kompleksiga ta`siri unchalik sezilarli darajada emas. Qoraqalpog`istonning ko`pchilik bo`limida, ayniqsa sharqida chegara rolini
    bajaradigan tabiiy belgilar kam. Janubiy-sharqida va janubida uzunlik yo`nalishda
    joylashgan Qizilqum xamda Qoraqum cho`listonliklari, g`arbida Ustyurt balandligi,
    shimoliy tomonida Orol dengizi tabiiy chegara rolini bajaradi. Shunday qilib, tabiiy
    geografik tomondan Qoraqalpog`istonni Turon pasttekisligining davomi xisoblanib,
    Amudaryoning oldingi va xozirgi del`tasini egallab, shimoliy kenglikda joylashgan
    o`lka xisoblanadi. Uning shimoldagi chegarasi Rossiya Federatsiyasining Astraxan`,
    Rostov shaxarlari orqali o`tsa, janubidagi chegarasi Darbent, Tbilisi shaxarlari
    joylashgan kenglikka to`g`ri keladi. Lekin Qoraqalpog`iston materikning ichkarisida
    joylashgan va dunyo yuzi okean xamda dengizlardan olisda joylashgan bo`lganligi
    uchun yuqoridagi ko`rsatilgan territoriyalarga solishtirganda tabiiy sharoiti
    o`zgaruvchang keladi. Shunga bog`liq Qoraqalpog`iston respublikasining xalq
    xo`jaligining rivojlanish sur`ati va uning dunyo yuzi bozor munosabatlaridagi tutkan
    o`rni xali unchalik yuqori emas. Shu kabi o`zgachaliklar respublikada foydoladilmayotgan barcha rezervlarni tezda ishga tushirishni va o`lkamizning
    geografik joylashgan o`rniga xos shakllangan ishlab chiqarish soxalarini zonal
    ixtisoslashtirish muammolarini rivojlantirishni talab etadi.
    Qoraqalpog`iston respublikasi siyosiy-mamuriy jihatdan shimoliy-sharqiy va
    shimoliy-g`arbida Qozog`iston respublikasi bilan, janubiy-g`arbida Turkmaniston
    respublikasi, janubiy va janubiy sharqida O`zbekistonning Xorazm, Buxoro va
    Navoiy viloyatlari bilan chegaradosh. Respublika territoriyasi g`arbdan sharqqa
    tomon 660 kilometrga, shimoldan janubga tomon 400-420 kilometrga cho`zilgan.
    Qoraqalpog`iston respublikasi XX asrning 20-yillarida podsho Rossiyasining
    eng ichkarisida joylashgan, oddiy dexqonchilik va ko`chmanchi chorvachilik bilan
    shug`ullanadigan agrar o`lka edi. 1918-yilda Turkistonda Sovet Federativ
    respublikasining tuzilishi bilan Amudaryoning o`ng tomonida yashovchi qoraqalpoq
    xalqi Amudaryo bo`limi bo`lib biriksa, oldingi Xiva xonligi hududidagi xalqlar
    1920-yili Xorazm Xalq respublikasi bo`lib tuzildi. Shunday qilib, Amudaryoning
    chap tomonida yashovchi qoraqalpoqlar Xorazm Xalq respublikasining tarkibiga
    kiradi. Keyin 1924-yildagi O`rta Osiyoda joylashgan xalqlarning mamlakatlik
    chegarolarini ajratish yillarida Qoraqalpog`istonning mamlakatlik strukturasi 2-marta shakllandi va shu yili Qozog`iston tarkibida Qoraqalpog`iston oblasti bo`lib
    tuzildi. 1930-yili Qoraqalpog`iston Rossiya tarkibiga kirishi bilan ko`p vaqt
    o`tmasdan, 1932-yili RSFSRning tarkibida Qoraqalpog`iston Sovet respublikasi
    bo`lib kayta tuzildi. 1930-yili Rossiyaning tarkibidan O`zbekistonga o`tdi. 1991-yili
    1-sentyabr`da O`zbekiston mustaqil respublika deb e`lon qilinishiga bog`liq
    Qoraqalpog`iston O`zbekistonning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi suveren
    respublika deb e`lon qilindi.
    O`tmishdagi Qoraqalpog`iston iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi
    bo`yicha dunyodagi eng qoloq o`lkalardan xisoblanar edi. Sababi, respublika uzoq
    yillar davomida Markaziy Osiyo davlatlariga, shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga
    chiqish uchun transbo`rt aloqalariga ega bo`lmadi. Rossiya va boshqa qo`shni
    davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar yoz oylarida Charjougacha 650 kilometrgacha
    oraliqda Amudaryo orqali kayiqlar bilan amalga oshirildi. Faqat ikkinchi jahon
    urushidan oldin O`rta Osiyo mamlakatlik suv yo`li transbo`rti tashkillashtirilgandan
    keyingina kema bilan tashiladigan yuklar bukserli flot bilan almashtirildi. Natijada,
    1936-yillarda Amudaryo orqali Qoraqalpog`istonga yiliga 180 ming tonna yuk
    tashilsa, olib ketiladigan yuklarning hajmi 150 ming tonna bo`ldi. Lekin
    respublikaning transbo`rt-iqtisodiy aloqalaridagi dastlabki yutuqlar 1952-yildan
    boshlab Charjou-Xo`jayli, keyin Qo`ng`irot-Beyneu-Aleksandrov-Gay
    yo`nalishidagi temir yo`l qurilishining ishga tushishiga bog`liq bo`ldi. Keyingi
    yillarda gigant Buxoro-Ural va O`rta Osiyo-Markaz gaz quvurlari foydalanishga
    berildi. Natijada, samolyot, avtomashina, paroxod va teplovozlar ishlaydigan bo`ldi,
    bu Qoraqalpog`iston respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga imkoniyat
    yaratdi. Shunday qilib, Qoraqalpog`istonni orqali Markaziy Osiyodan Rossiya
    Federatsiyasi va evropa davlatlariga to`g`ri temir yo`lning ochilishi
    Qoraqalpog`iston respublikasining transbo`rt-iqtisodiy aloqalarining shakllanishiga
    va rivojlanishiga yo`l ochdi va mamlakatning iqtisodiy-geografik joylashgan
    o`rnining katta o`zgarishga uchrashiga, ya`ni qulay tranzitlik iqtisodiy aloqalarning
    rivojlanishiga asos soldi.
    Qoraqalpog`iston respublikasi mamuriy jihatdan 15 tuman va 1194 elatli
    punktdan iborat. Shuning 12-si shaxar, 5 ta tuman markazi, 12-si boshqa shaxar
    tipidagi posyolkalardan, qolgan 1165-si axoli punktlaridan xisoblanadi. Bular 64
    ovul kengashlari bilan birlikda yuqoridagi 15 tumanning tarkibini paydo qiladi.
    Qoraqalpog`iston O`zbekistonning shimoliy-g`arbida tekislik xududida
    joylashgan. er yuzasi tekislikdan iborat, lekin shunga qaramasdan, tabiiy
    kompleksining xarakteri bo`yicha bir-biridan farq qiluvchi uch rayondan turadi: a)
    Amudaryo del`tasi, b) Qoraqalpog`iston Ustyurti, v) Qoraqalpog`iston Qizilqumi.
    a) Amudaryo del`tasi - O`rta Osiyodagi eng katta saxrolar Qoraqum va
    Qizilqumning uchrashgan joyida joylashgan. U taxminan shimoliy kenglikning 410
    va 440 xamda sharqiy uzunlikning 570 va 620 oralig`ida joylashgan. Amudaryo
    del`tasi Tuyamo`yindan boshlanib, shimolga borgan sari biroz kengayib, Orol
    dengizigacha etadi. er yuzasi tekislikka xos bo`lib, uning Orol dengiziga tomon
    pasayib borishi o`rtacha kilometrga 14 santimetrni tashkil qiladi. Del`ta rayonining
    egallab yotgan yer maydoni va uning relefining tuzilishi kichkina qoldiq tog`lar bilan
    almashib boradi. Bularning misoli sifatida, Beltov, Qusxanatov, Qiziljar, Qirantov,
    Bo`rlitov, Ketpenshi, Geuirqal`a va boshqa qoldiq balandliklarni atab o`tsak bo`ladi.
    Bularning ichidan hajmi bo`yicha kattarog`i Qusxanatov xisoblanib, uzunligi 20kilometrga, eni esa 7 kilometrga cho`zilib yotibdi. Uning eng baland erining nisbiy balandligi 123 metrga teng. Del`tada Amudaryoning ko`p yillar davomida oqizib kelgan loyli cho`kindilardan tashkil topgan balandliklar xam uchrab turadi. Bular ko`pincha Amudaryo del`tasining markaziy bo`limida ko`proq uchrashadi.
    Amudaryoning del`ta bo`limida shamolning ta`sirida shakllangan rel`f formalari xam uchrashadi. Ularning qatoriga Turkmanqirilgan va Arzimbetqum kabi
    qumli massivlarni atashga bo`ladi. Del`tada, ayniqsa uning shimol bo`limida, suv
    toshqini va ko`llarning ta`sirida paydo bo`lgan rel`f formalari uchraydi. Bunga
    misol sifatida, Sudoch`e, Qoraumbet, Qorateran va boshqa xududlarni keltirsak
    bo`ladi.
    b) Ustyurt - Amudaryo del`tasining g`arbida joylashgan. Amudaryoning
    tekislikdan Ustyurtga o`tadigan er tik jarli formaga ega bo`lib, uni mahalliy xalqlar
    chink deb ataydi. Ustyurtning shimoliy-sharqida joylashgan Orol dengizi va janubiy
    tomonidagi Sariqamish ko`lidan chink liniyasi orqali bo`linib turadi. Ustyurtning
    Qoraqalpog`istonga tegishli bo`limi 70 ming km2 maydonni egallab, er yuzasining
    tuzilishi bo`yicha balandlik va pasttekisliklar bilan xarakterlanadi. Ustyurtda katta
    pasttekisliklar uchraydi Aspantay, Assakaovdan va Sariqamish botig`i joylashgan.
    Shoxpaxta botig`i uzunligi 6 kilometrga, eni 3 kilometrga cho`zilib, nisbiy balandligi 18-20 metrdan oshmaydi. Shoxpaxta botig`ining tubida shamolning kuchi bilan paydo bo`lgan Assakaovdan oralig`ida Shorja botig`i joylashib, uzunligi
    9 kilometrga, eni 5 kilometrga cho`zilgan.
    A.Z.Geneusov, V.V.Gorbunov, N.A.Kimberglarning o`rganishlariga qaraganda. Ustyurtning asosiy cho`kindi tog` jinslarida sur-qo`ng`ir tuproqlar, qadimgi ko`l yotqiziqlarida taqirli sho`rxok tuproqlar ko`pchilikni tashkil qiladi. Izvestnyakli yotqiziqlar bilan qoplangan xududlarda sur-qo`ng`ir tuproqlar ko`proq tarqalgan. Shunday qilib, Qoraqalpog`iston Ustyurtining er yuzasining tuzilishi va tuproq katlamlaridagi o`zgachaliklar uning o`simlik va hayvonot dunyosining tarkibida o`ziga xos katta o`zgarishlarni paydo etadi.
    v) Qizilqum saxrosi - Amudaryo del`tasining janubiy sharqida joylashgan, 20
    mln. gektar maydonni egallab yotibdi. Shundan Qoraqalpog`istonga tegishli
    yaylovlar 3.2 mln. gektarni egallab, o`tloqlarning yillik zaxirasi 6-7 mln. tsentnerni
    tashkil qiladi. Qizilqumning Qoraqalpog`iston bo`limi, g`arbida Amudaryo
    del`tasidagi alyuvial` tekislik bilan, sharqida va janubida Markaziy Qizilqum bilan,
    shimoliy-g`arbida Orol dengizi bilan chegarolashadi.
    Qoraqalpog`iston Qizilqumning shimoliy bo`limi qurg`oq soy-jilg`alar bilan
    tilkimlanib, er yuzasi to`lqinlangan tekislik kumlardan iborat. Bu qumlar Amudaryo
    va Sirdaryoning qadimgi o`zanlarining yotqiziqlaridan paydo bo`lgan.
    Qoraqalpog`iston Qizilqumining janubiy bo`limini Sulton-Uvays tog`i egallab
    yotibdi. Qoraqalpog`iston Qizilqumining shimol bo`limi qum Orolash soz allyuvial`
    tekis yotqiziqlaridan tuzilib, ular ko`pchilik sharoitlarda yuvilib ketgan uchinchi
    davrning asosiy jinslarining ustida uchraydi. Buni Beltov va boshqa uchlamchi davr
    qoldiq tog`larning rel`efi tasdiqlaydi.
    Qoraqalpog`iston Qizilqumining tuproq turlari Amudaryo del`tasiga
    solishtirganda butunlay o`zgacha, buning asosiy tuprog`ining turlariga qumli
    tuproqlar bilan sur-qo`ng`ir tuproqlar yotadi. Sur qo`ng`ir tuproqlar Sulton-Uvays
    atrofida va boshqa qoldiq tog`larda uchraydi. Yarim bekingan ko`chmanchi esuvchi
    kumlarda ko`pincha qumli tuproqlar uchrashadi.Qoraqalpog`istonning geografik o`rganilish tarixi
    1. Qoraqalpog`iston o`lkasining tabiati xaqida qadimiy geografik tasavvurlar
    (Yunon, Rim, Xorazm olimlarining Orol bo`yi tabiatini o`rganish to`g`risida yozma
    bayonnomalar)
    2. Xorazm tekisligi va Qoraqalpog`iston o`lkasi haqidagi XII-asrda AlXorazmiy, Al-Beruniy mexnatlari va Rossiya olimlarining mexnatlari. (Cherkasskiy
    A.V., A. Berg-1825, A.I. Butakov-1848)
    3. Qoraqalpog`iston o`lkasining XIX-XX-asrdagi geografik o`rganilish tarixi.
    O`lkamizning geografik o`rganilish tarixi ikki yarim ming yildan ortiq vaqtni o`z ichiga oladi. Buyuk grek olimlari Gerodot, Arrian, Strabon va Ptolomey o`z asarlarida Orolbo`yi tabiati, rel`efi, daryolari, ko`llari va axolisi tug`risida dastlabki ma`lumotlarni yozib koldirgan. Qoraqalpog`iston hududining tabiati haqidagi geografik bilimlarning rivojlanib borishida o`rta asrlarda yashagan arab sayyohlari Ibn-Xurdodbek, Ibn Rustad, Al-Ma`sudiy, Istarxiy, Yoqut ibn Batuta va boshqalar yozib koldirgan ma`lumotlar diqqatga sazovor. Arab geografi va sayyohi Ibn Xurdodbek o`zining «Masofalar va mamlakatlar kitobi» asarida Amudaryo bo`ylaridagi karvon yo`llari haqida yozib qoldirgan. Quyi Amudaryo voxasida, uning del`tasida zax va botqoqlik erlari, ko`llari Amudaryoning Orolga quyilishi va Ustyurt chinklari to`g`risida geografik ma`lumotlarni arab sayyoxi Ibn Rustad asarlarida uchratish mumkin. Qoraqalpog`iston tabiati to`g`risida dastlabki ma`lumotlarni Abu Xasan Al Ma`sudiy yozib qoldirgan. U Amudaryoning baland tog`lardan boshlanib, Orol ko`liga yana bir daryo Sirdaryoning quyilishini to`g`ri ko`rsatgan. Arab sayyoxi va geografi Istaxriy «Iqlimlar kitobi» asarini Orolbo`yining karta sxemasini tuzgan. Bunda Amudaryo va Sirdaryoning Orol ko`liga quyilishi aniq tasvirlangan. Arab sayyoxi Yokut ibn Abdulla Turkistonga bir necha marta sayyoxat tashkil qilib, o`lkamizda bo`lgan. U o`zining «Mamlakatlarning alfavit ro`yxati» nomli asarida Orolbo`yi shahrlari, karvon yo`llari, kanallari va tabiati haqida ko`p ma`lumotlar berdi. Mashxur arab sayyoxi va geografi Ibn Batuta Ustyurt, Qizilqum va Quyi Amudaryo tabiati shu o`lka axolisi va shaharlari to`g`risida ma`lumotlar to`plab, o`lkamizni geografik tadqiq etishning eng yuqori cho`qqisini egalladi. Xozirgi Qoraqalpog`iston hududidagi o`zi yashagan davr bo`yicha ko`pgina ma`lumotlarni O`rta asrlardagi mashxur Xorazm olimlari Xorazmiy va Beruniylarning asarlarida uchratish mumkin.
    Qoraqalpog`istonning tabiiy-geografik o`rganilishining rivojlanishida buyuk komusiy olim, xamyurtimiz Abu Rayxon al-Beruniyning xizmatlari katta. U astronomiya, fizika, matematika, geografiya, geologiya, mineralogiya, kartografiya, etnografiya, botanika, tarix, adabiyot va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta xissa
    qo`shgan va shu soxalarga bog`liq 150 dan ortiq asarlar yozgan. Shulardan «Hindiston», «Mineralogiya», «Kartografiya» asarlari bizgacha etib kelgan. Xamyurtimiz dunyoda birinchilardan bo`lib quyosh er atrofida emas, balki aksincha er quyosh atrofida aylanadi deb Kopernikdan 500 yil oldin geliotsentrik nazariyaga asos solish bilan birga o`z o`qi atrofida g`arbdan sharqqa qarab aylanishini isbotlab beradi.
    Beruniyning tabiiy geografiya soxasidagi yaratgan buyuk kashfiyotlaridan biri dunyoda birinchi bo`lib Martin Bexaymdan 500 yil avval 995 yili ilmiy globus
    yasaganligidir. Uning globusida meridian va pOrollellar bo`lib ular yordamida geografik joylarning koordinatalarini aniq topish mumkin. U o`zining «Geodeziya» asarida Orol dengizining kelib chiqish tarixi, Amudaryoning o`tmishi, Qizilqum paleogeografiyasi va geologiyasi haqida fikrlar bildiradi.
    Amudaryoning hozirgi vaqtdagi harakat etuvchi deyarli barcha tarmoqlari
    Qiziljar tepaliginingdan boshlanadi. Shuning uchun ham Amudaryoning hozirgi vaqtdagi «harakatdagi» del`tasi sifatida del`ta paydo bo`lish protsessi hozirgi vaqtda ham davom etayotgan territoriyasi deb Qiziljar del`tasini qabul etish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu erda daryoning uchraydigan qayirlari keyingi tarixiy yillar ichidayoq paydo bo`lgan birinchi quruqlik xisoblanadi. Shuning uchun ham ularning tuproq va o`simlik qatlamlarining normal rivojlanishida imkoniyat kam. Baland qayirlarni suv bosib ketish faqat Amudaryojuda suvli bo`lib kelgan yillarigina kuzatiladi. Masalan, bunday suv olishlar keyingi30 yil ichida 1953, 1957 va 1969 yillari kuzatilgan. Bu vaqtlari ko`p vaqtdan buyonoqmay yotgan Tilovboyo`zak, Rao`shanning eski o`zani va erkindaryoda ham suv oqgan. Amudaryoning «harakatdagi» del`tasida juda ko`p sonli mayda ko`llar, botqoqliqlar keng tarqalgan. Ularning paydo bo`lishi va suvining rejimi asosan Amudaryo va uning hozirgi vaqtdagi «harakat» etuvchi tarmoqlari bilan bog`liq. Qoraqalpog`iston territoriyasining geologik tuzilishi, uning rivojlanish tarixi va rel`efining shakllanishiga bog`liq qazilma boyliklar ma`lum tartibda joylashgan.
    Ayrim geologik davrlardagi bo`lgan, faqat o`ziga xos geoximiyaviy protsessler har
    xil qazilma boyliklarning shakllanishiga imkoniyat bergan. Shuningdek Qoraqalpog`iston Ustyurtida (Shoxpaxta, Alanbek, Quvonish, Borsakelmas) va Orol dengizining janubiy-g`arbiy bo`limidagi yaqida quruqlikka aylangan uchastkasida tabiiy gaz topildi. Temir Xo`jako`l atrofida, Sulton Uvays tog`idagi Tebinbuloqta bor. Mineral tuzlar: Borsakelmas, Qoraumbat, Oqko`l, Qamishli, Meshekli va boshqa joylarda topilgan. Ularning ko`pchiligi osh tuzi.
    Fosforit ko`pincha bo`r davrining yotqiziqlarida uchrab, ularning konlari
    Shag`alto`qayda, Sulton Uvays tog`ining Xo`jako`l atrofida va Xo`jayli shahrining
    atrofida bor. Sulton Uvays tog`ida tal`k, granit, kvarts, dekorativ toshlar (yashma va
    biryuza) topilgan. Qoraqalpog`iston territoriyasi qurilish materiallariga boy. Ular Sulton Uvays tog`idagi Oqtov, Qo`yanchiq, Jumirtov, Tuyamo`yin atrofida Amudaryoning o`ng va chap qirg`oqlarida ohaktosh konlari, Kegayli tumanidagi Bo`rlitov, Taxtako`pirdagi Beltov, Taxiatosh, Nukus va Kegayli shaharlarining atroflaridagi ohaktosh konlari va b. Qoraqalpog`iston Ustyurtida Qo`ng`irot va Sho`manay rayonlari atrofidagi ohaktosh konlarining zaxiralari ko`p. Tsement ishlab chiqarishda ahamiyatli xom ashyo hisoblanuvchi mergel` bo`r va paleogen davrlari yotqiziqlari bilan bog`liq bo`lib, ularning ko`proq uchraydigan joylar: Nukus atrofi, Bo`rlitov, Qusxanatov, Ayazqala, Qoracho`qqi qoldiq tog`lari, Xo`jako`lning janubiy-sharqidagi Sulton Uvays tog`ining etaklari va Qoraqalpog`iston Ustyurti. Gips Jumirtov, Qusxanatov, Xo`jako`lning atrofi va Beltovda bor. Soz loy va soz loyli tog` jinslari Nukus, Xo`jayli, Beruniy, Qo`ng`irot, Chimboy va Taxtako`pirdagi ishlab turgan g`isht Zavodlarining asosiy xom ashyolari xisoblanadi.
    Aholi paxtadan tashqari pillachilik, qorako‘lchilik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sholi yetishtirish bilan ham shug‘ullanadi. Iqtisodiy rayon mamlakatda yetishtirilayotgan sholining yarmidan ko‘pini beradi.
    Amudaryo etaklarida dehqonchilik negizida chorvachilik ham rivojlangan.

    Download 0,95 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. O`Zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirilishi va iqtisodiy rayonlar xo`jaligi asoslari

    Download 0,95 Mb.