I bob. Quyosh elementlari va ularning ishlash prinsipi




Download 1.05 Mb.
bet1/6
Sana29.02.2024
Hajmi1.05 Mb.
#164694
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diplom ishi
Ogahiy hayoti va ijodi, ТЕСТ1, SMART TELVIZOR, 10-mavzu seminar, 8amaliy (3), 1, Gazlar, Moslamalarda aniqlik

MUNDARIJA

KIRISH............................................................................................................


I BOB. QUYOSH ELEMENTLARI VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI
1.1. Quyosh elementlari va ularning turlari ………………………
1.2. Quyosh elementlarining ishlash prinsipi
1.3. Quyosh elementlarining elektro fizik va optik xususiyatlari
II BOB. ZAMONAVIY QUYOSH MODELARI VA ULARNG TURLARI
2.1. Quyosh modelaring turlari...........................................................
2.2. Quyosh modelaring ulanish semalari .........................................
2.3. Quyosh modelaring foydali ish kofisienti....................................
III BOB. QUYOSH PANELARING GIBRID USULDA ULASH VA UNING AVZALIKLARI
3.1. Quyosh modelarini gibrid usulda ulash........................................
3.2 Gibrid usulda ulash stendining ishlash prinsipi..........................
3.3. Tajriba natijalari...........................................................................
3.2. Gibrid usulda ulash avzaliklari………………………………..
XULOSA.........................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI..................................
ILOVALAR.....................................................................................................

KIRISH
Ma‘lumki, cho‘g‘lanma lampalarning ixtirochisi, fizik olim Tomas Edison albatta haqdir. Hozirgi vaqtda dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 75% dan ortig‘i mineral va organik yoqilg‘ilarni yoqish hisobiga amalga oshirilmoqda. Ammo, bugungi kunda jahon energetikasida qazib olinadigan energetika resurslarining cheklanganligi sabab a’nanaviy xom-ashyo bazasining tugashi bilan bog‘liq muammolar bilan to‘qnash kelmoqda. Energetika rivojining yuqori templarini faqat an‘anaviy qazib olinadigan manbalar hisobiga qoplash qiyinlashib bormoqda.
Qazib olinadigan energiya manbalarini qayta ishlash, yoqish hisobiga atrof muhitni ifloslash (ya‘ni ko‘mir va yadro yoqilg‘isi hisobiga) Yer sayyorasida ekologik holatni izdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Shunga o‘xshash holatlar sabab butun dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga katta qiziqish uyg‘onmoqda. Shu energiya turlaridan biri, ya‘ni sof ekologik tozaligi va qulayligi bilan ma‘lum bu quyosh energiyasidir.
So‘nggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2013 yil 1 martdagi Farmoni va «2015 — 2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida»gi 2015 yil 5 maydagi Qarori ijrosini ta‘minlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Namangan viloyatining Pop tumanida Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi ko‘magida 2014 yilning dekabr oyida quvvati 130 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektrik stansiyasi qurildi va ishga tushirildi, ushbu stansiya yagona elektr energetikasi tarmog‘iga ulangan va yiliga 234,3 ming kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Surxondaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida yirik quyosh fotoelektrik stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalar tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017 yil 26 mayda qabul qilingan №3012 sonli “2017 — 2021 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qarorlari ijrosida gidroenergetikaning quvvatini 601,9 MVt, Quyosh energetikasi quvvatini 300 MVt, shamol energetikasining quvvatini 102,0 MVt, umumiy holatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish quvvatini 1003,9 MVt ga oshirish ko‘zda tutilgan va amalga oshirilmoqda.
Hamma qayta tiklanuvchi energiya turlarining ichida quyosh energiyasidan foydalanish O‘zbekiston mintaqasida juda qulay bo‘lib uning yalpi salohiyati 98,6% ni tashkil etadi. Bu energiyadan unumli foydalanish azaldan ajdodlarimizdan bizgacha etib kelib qon-qonimizga singib ketgan, chunki uzoq tumanlarimizda hanuzgacha quyosh energiyasidan meva-sabzavotlarni quritishda, qishga chorva mollari uchun em-xashaklarni quritishda, suvni oftobda qizitish va boshqa maqsadlarda foydalanib kelinadi.
Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining texnik salohiyati 180 million tonna neft ekvivalentini tashkil etib yillik energiya resurslariga bo‘lgan talabdan uch marta ortib ketadi.
Mamlakat iqtisodiyoti sohasida quyosh energiyasidan keng va samarali qulay bo‘lgan foydalanish sohasi bu yarimo‘tkazgichli o‘zgartirgichlar orqali quyosh nurlanishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasiga o‘zgartirish va aholi kommunal- turmush ob‘ektlaridagi issiq suv ta‘minoti tizimlarida quyosh kollektorlari yordamida past potensialli issiqlikdan suv qizitish maqsadlarida foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi..


Download 1.05 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 1.05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Quyosh elementlari va ularning ishlash prinsipi

Download 1.05 Mb.