|
I bob. Shifoxona qabul bo‘limi ishini avtomatlashtirishdagi tizimlar tahlili
|
bet | 3/9 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 2,45 Mb. | | #254930 |
Bog'liq Dilshod (6)1.1-rasm. Admin panel qismi.
1.2-rasm. Shifoxonani boshqarish tizimi
Avtomatlashtirilgan tibbiy tizimlarni ishlab chiqishda foydalanadigan usul va vositalar
Avtomat - yunoncha "Automatos" dan - o‘z-o‘zini boshqarish demakdir. Avtomatlashtirish - bu avtomatik ravishda ishlaydigan qurilmalar va tizimlarni o‘rganish, tadqiq qilish, ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadi. Avtomatlashtirish odatda texnologik operatsiyani insonning bevosita ishtirokisiz amalga oshirish deb tushuniladi. Bu holda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning roli qurilmani dastlabki ishga tushirishga, avtomatik jarayonni kuzatishga va barcha avtomatlashtirish vositalarini ishchi holatda saqlashga tushadi. Biroq, "avtomatlashtirish" tushunchasi juda keng bo‘lib, u har qanday darajadagi avtomatlashtirilgan jarayonni ifodalash uchun ishlatiladi: butun ishlab chiqarish korxonasi ishini avtomatlashtirishdan tortib, ayrim yagona jarayonni kichiklashtirishgacha.
Tibbiyotga axborot inqilobi 40-yillarda bo‘ldi. Ilk radiotelefonlarning, signalizatsiya vositalarining qo‘llanishi, tibbiy natijalarni statistik tahlil qilishda hisoblash texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Bugungi kunda tibbiy informatika sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismiga aylangan. U 4 asosga tayanadi:
1 Biologik informatika.
2. Tasviriy informatika.
3. Klinik informatika.
4.Sog‘liqni saqlash informatikasi.
Insoniyat uzining rivojlanishi tarixi mobaynida modda quvvat va axborotlarni o‘zlashtirib kelgan. Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bosqichning ilgor texnologiyasi nomi bilan atalgan(IT) ishlanmalari aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishning yangi usullarini ishlab chiqishga ijobiy ta'sir ko‘rsatib kelmoqda. Ko‘pgina mamlakatlar uzoq vaqtdan beri sog'liqni saqlash sohasida yangi texnologiyalardan faol foydalanmoqda. Bemorlar va xodimlar uchun telekonsultatsiyalar o‘tkazish, turli muassasalar o‘rtasida bemorlar haqida ma’lumot almashish, fiziologik ko‘rsatkichlarni masofadan turib qayd etish, operatsiyalarni real vaqt rejimida kuzatish bularning barchasi tibbiyotga axborot texnologiyalarini joriy etish orqali taqdim etilmoqda. Bu sog'liqni saqlashni axborotlashtirishni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqadi, uning faoliyatining barcha jabhalariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Sog‘liqni saqlash sohasiga AT ning joriy etilishi xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xodimlar ishini sezilarli darajada tezlashtirish va bemorlarga xizmat ko‘rsatish harajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Tibbiyot va sog'liqni saqlash sohasidagi axborot texnologiyalari quyidagi vazifalarni hal qilishga yordam beradi:
klinikadagi bemorlarning hisobini yuritish;
ularning holatini masofadan kuzatib borish;
diagnostika tekshiruvlari natijalarini saqlash va uzatish;
belgilangan davolashning to‘g'riligini nazorat qilish;
masofaviy ta'limni o‘tkazish;
tajribasiz xodimlarga maslahat berish monitoring qilish imkonini beradi.
Elektron tibbiy hujjatlarni yuritish klinika xodimlarining turli blankalarni tayyorlashga sarflaydigan vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Bemor haqidagi barcha ma'lumotlar muassasaning tibbiyot xodimlari uchun mavjud bo‘lgan bitta tizimda shakllantirish imkonini beradi. Tekshiruvlar va protseduralar natijalari to‘g'risidagi barcha ma'lumotlar to‘g'ridan-to‘g'ri elektron tibbiy kartaga kiritiladi. Bu boshqa mutaxassislarga belgilangan davolash sifatini baholash, tashxis qo‘yishdagi noaniqliklarni aniqlash imkonini beradi. Tibbiyotda IT dan foydalanish shifokorlarga har qanday qulay vaqtda onlayn konsultatsiyalar va konsiliumlar o‘tkazish imkonini beradi. Tabiiyki bu tibbiy xizmatlarning samaradorliginini sezilarli darajada oshiradi.Bemorlar masofadan turib tajribali shifokorlardan malakali yordam olishlari mumkin. Bu, ayniqsa, olis hududlarda yashovchi bemorlarda; Nogironligi bo`lgan, imkoniyati cheklangan bemorlarda; Qariyalarda; Yosh farzandli onalarga; Shunday qilib, bemorlar yoki shifokorlar maslahat olish uchun uzoq masofalarga borishlari shart emas. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shifokor bemorning ahvolini baholay oladi, uni tekshiradi va uning barcha tekshiruv natijalari bilan tanishadi.
Bunday maslahatlashuvlar nafaqat jismoniy muammolari bo‘lgan bemorlarga kerak, balki suhbatlar, yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlarga ham ruxsat beradi. Masofaviy tarzda shifokor bemor bilan aloqa o‘rnatishi va unga zarur bo`lgan tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Bugungi kunda tibbiy axborot tizimlari faol rivojlanmoqda, bu muassasalarning yanada samarali va tezroq ishlashiga imkon beradi. Bugungi kunda Sog'liqni saqlash sohasini axborotlashtirishga hukumatimiz keng e`tibor qaratmoqda. Yangi tibbiy IT-ni rivojlantirishga moliyaviy investitsiyalar ularning rivojlanishi va takomillashuviga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.Bundan tashqari, bugungi kunda sog'liqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni kiritish zarurati ortib bormoqdaSog'liqni saqlashni axborotlashtirish bu juda keng tushuncha bo‘lib, u AT yordamida mutaxassislarni tibbiyot sohasidagi dunyodagi ilmiy yutuqlar haqida xabardor qilishga qaratilgan faoliyatni ham o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, bu shifoxona va poliklinika xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishning samarali usuli hisoblanadi. Bunday texnologiyalar yordamida shifokorlar samaraliroq ishlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Samarali ishlashga yordam beradigan yangi ishlanmalar va kashfiyotlar haqida tezkor ma’lumot olishlari mumkin. Bu muammo, ayniqsa, chekka aholi punktlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari uchun dolzarbdir. Klinika xodimlari ushbu yangi texnologiyalarning ishlashini tezda o`zlashtira oladilar Bugungi kunda sog`liqni saqlashni axborotlashtirish doirasida milliy teletibbiyot tizimini yaratish rejalashtirilgan.
Avtomatlashtirilgan tibbiy tizimlar, tibbiyotda innovatsiyani kengaytirish va shifokorlarga, tibbiy ta'limni oshirishga yordam berishni maqsad qilgan yangi texnologiyalardan biri hisoblanadi.
Bu usullar va vositalar avtomatlashtirilgan tibbiy tizimlarni ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. Har bir usul va vosita o‘zining afzalliklari va cheklovlari mavjud, shuning uchun ularni foydalanishdan oldin dastlabiy tadqiqot va analiz qilish juda muhim.
|
| |