|
Quvur o`rnatishning ikkinchi bosq
|
bet | 6/14 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 301,16 Kb. | | #257659 |
Bog'liq TEXNOLOGIK QUVURLARQuvur o`rnatishning ikkinchi bosqichida truba kesmalaridan yaxlit quvur yig`ish ishlari boshlanadi. Quvurlarni o`rnatish montaj loyihasi (ishchi chizmalari), detalirovka chizmalari, ish bajarish loyihasi bo`yicha va СНиП (Qurilish ishlari normalari va qoidalari)ning 3.05.05.84 "Texnologik jihozlar va texnologik quvurlar" qismining shartlariga rioya qilgan holda bajariladi.
Truba kesmalari bir-biriga ajraladigan birikma (mufta-rezbali yoki flanetsli birikma) va ajralmaydigan birikma (payvandchoklar) yordamida bog`lanadi.
Muftali birikma quyidagi tartibda yig`iladi: truba uchlariga ishlov beriladi, uning uchi tekis va truba o`qiga perpendikulyar bo`lishi ta`minlanadi. Perpendikulyarlik truba uchiga ugolnik qo`yib tekshiriladi, egovlanib tekislanadi. Truba uchidan 30-40 mm uzunlikdagi qismi ichki va tashqi tomoni tozalanadi va soda eritmasi bilan yuvilib artiladi. Truba uchiga dastlab kontrgayka o`tkaziladi, so`ngra mufta kiydirilib, rezbali birikma asbest shnuri va surikli moy bilan zichlanadi.
Flanetsli birikmalar katta diapazonli shartli bosim (tashiladigan mahsulotning harorati t=00С bo`lganda) va har xil tashiladigan mahsulotlar uchun mo`ljallangan. Bu birikmalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
biriktiriladigan trubalar o`qlari o`qdosh bo`lishi kerak;
flanetslar zichlaydigan ishchi sirtlar truba o`qiga nisbatan perpendikulyar va bir- biriga nisbatan parallel bo`lishi kerak;
bu sirtlar yaxshi mexanik ishlov berilgan bo`lishi kerak;
flanetslarni biriktirilayotganda mahkamlovchi boltlar bir me`yorda "kesishish-kesishish" uslubida, ya`ni boltlar bir-biriga diametral qarama-qarshi juftlikda tortilishi kerak.
Flanetslar zichlaydigan ishchi sirtning truba o`qiga nisbatan perpendikulyarlikdan og`ishi quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:
Flanetslar zichlaydigan ishchi sirtining tashqi diametri, mm….. 25 - 60 60- 160 160- 400 400- 700 700-1000
|
| |