|
Perpendikulyarlikdan og`ish, mm.. 0,15 0,25 0,35 0,5 0,6
|
bet | 7/14 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 301,16 Kb. | | #257659 |
Bog'liq TEXNOLOGIK QUVURLARPerpendikulyarlikdan og`ish, mm.. 0,15 0,25 0,35 0,5 0,6
Flanetsli birikmalarning asosiy turlari 2- rasmda ko`rsatilgan.
Quvurlarni flanetsli birikmalar yordamida birlashtirishda flanetslar orasiga loyiha hujjatlarida ko`rsatilgan yumshoq zichlash qistirmasi ishlatiladi. Ko`p tarqalgan zichlash qistirmalari: paronitli, asbest va ftoroplastli to`ldiruvchilar. Zichlash qistirmalarini o`rnatishdan oldin flanets yuzasi tozalanadi, paronitning ikki tomoniga esa quruq grafit surtiladi. Paronitli zichlash qistirmalari 00С dan past haroratda saqlangan bo`lsa, ularni ishlatishdan oldin 24 soat mobaynida xona haroratida saqlash kerak bo`ladi. Zichlash qistirmalari ichki diametri flanets ichki diametri Di< 125 mm bo`lganda undan 2-3 mm ortiq, Di >125 mm bo`lganda – 3-4 mm ortiq bo`lishi kerak. Qistirmaning tashqi diametri flanets bo`rtig`ining diametri Db < 125 mm va Db >125 bo`lganda undan mos ravishda 2-3 va 3-4 mm ortiq bo`lishi lozim.
1.2- rasm. Flanetsli birikmalar turlari
a - payvandchok yordamida; b - rezba yordamida; c - otbortovka yordamida;
1- truba; 2- bolt; 3- zichlagich; 4- flanets; 5- payvandchok; 6- rezbali birikma; 7- otbortovka.
Trubalarni payvandchok yordamida biriktirishda trubalarning bir-biriga nisbatan o`qdosh joylashishi, truba devorlari mos kelishi kerak. Payvandchok bilan trubalarni birlashtirishda truba devorlarining va chetlarining to`g`ri kelmasligi 1.1-jadvalga ko`rsatilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Payvandlash bilan biriktiriladiyotgan elementlar tashqi qismlarining bir-biriga to`g`ri kelmaslikning ruxsat etilgan qiymatlari
1.1- jadval.
|
| |