I bob yuzasidan test topshiriqlari




Download 79 Kb.
bet1/5
Sana01.07.2023
Hajmi79 Kb.
#76026
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyo fanidan 7- sinf test savollari I chorak


Kimyo fanidan 7- sinf test savollari
I chorak .
Kimyo fani nimani o‘rganadi?
A) Moddalarning tuzilishini;
B)Moddalarning bir-biriga aylanishini;
C) Fizik qonuniyatlarni;
D) Kimyoviy qonuniyatlarni;
E) Moddalarning xossalarini, tuzilishlarini va bir-biriga aylanishlarini.
2. Atom-molekulyar ta’limotning asosiy holatlari:
A) Moddalar ularning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlovchi eng kichik zarralar bo‘lgan molekulalardan tashkil topgan;
B) Molekulalar atomlardan tashkil topgan;
C) Molekula va atomlar doim harakatda bo‘ladi;
D) Molekulalar fizik hodisalarda o‘zgarmay qolsa-da, kimyoviy hodisalarda parchalanib ketadi;
E) Yuqoridagilarning barchasi.
3. Molekula nima?
A) Molekula — moddaning kimyoviy xossalarini namoyon qiluvchi eng kichik bo‘lagi;
B) Molekula — moddaning fizik xossalarini namoyon qiluvchi eng kichik bo‘lagi;
C) Molekula — moddani tashkil qiluvchi atomlar guruhi;
D) Molekula — moddani tashkil qiluvchi elektronlar uyushmasi;
E) Molekula — moddaning tuzilishini ko‘rsatuvchi kattalik.
4. Kimyoviy element nima?
A) Atomlarning muayan turi;
B) Molekulani tashkil etuvchi bo‘lak;
C) Atomni tashkil etuvchi qism;
D) Moddani hosil qiluvchi bo‘lak;
E) Jismlarni tashkil qiluvchi tarkibiy qism.
5. Nisbiy atom massa nima?
A) Nisbiy atom massa — element atomi massasining uglerod atomi massasidan qancha og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalikdir;
B) Nisbiy atom massa — element atomi massasining uglerod atomi massasining 1/12 qismidan qancha og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalikdir;
C) Nisbiy atom massa — element atomi massasining uglerod atomi massasining 1/24 qismidan qancha og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalikdir;
D) Nisbiy atom massa — element atomi massasining uglerod atomi massasining 1/3 qismidan qancha og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalikdir;
E) Nisbiy atom massa — element atomi massasining uglerod atomi massasining 1/4 qismidan qancha og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalikdir.
6. Allotropiya nima?
A) Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi;
B) Bir molekuladan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi;
C) Bir murakkab moddadan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi;
D) Ikki element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi;
E) Ko‘p element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi.
7. Kimyoviy formula nima?
A) Kimyoviy formula — modda tarkibini kimyoviy belgilar va (zarurat bo‘lsa) indekslar yordamida ifodalanishi;
B) Kimyoviy formula — modda tarkibini kimyoviy belgilar yordamida ifodalanishi;
C) Kimyoviy formula — modda tarkibini indekslar yordamida ifodalanishi;
D) Kimyoviy formula — modda tarkibini atomlar yordamida ifodalanishi;
E) Kimyoviy formula — modda tarkibini molekulalar yordamida ifodalanishi.
8. Kimyoviy reaksiyalarda quyidagi parametrlardan qaysi biri doimo o‘zgarmay qoladi?
A) Bosim;
B) Xajm;
C) Harorat;
D) Massa;
E) Agregat holat.
9. Kimyoviy reaksiya natijasida:
A) Reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar massasi yig‘indisi o‘zgarmay qoladi;
B) Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi molekulalar saqlanib qoladi;
C) Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar saqlanib qoladi;
D) Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar soni yig‘indisi hosil bo‘lgan mahsulotlar tarkibidagi atomlar soni yig‘indisiga teng bo‘ladi;
E) A, C, D javoblar to‘g‘ri.
10. Avogadro doimiysining qiymati nechaga teng?
A) 6,02∙1023;
B) 101,325;
C) 1,66∙10-27 ;
D) 12,04∙1023;
E) 8,314.
11. Laboratoriya sharoitida kislorod quyidagi moddalarning qaysilaridan olinadi?
1.HgO; 2. KMnO4; 3. KClO3; 4. H2O2
A) 1; B) 2,4; C) 2,3; D) 1,4; E) 1,2,3,4.
12. Temir kislorodda yonganda qanday birikma hosil bo‘ladi?
A) FeO; B) Fe2O3; C) Fe3O4; D) Fe(OH)3;
E) temir kislorodda yonmaydi.
13. Quyidagi moddalarning qaysilari kislorod bilan reaksiyaga kirishib, faqat qattiq modda hosil qiladi?
1.C; 2. CS2; 3. S; 4. P; 5. CH4; 6. Cu
A) 1,3, 4, 6; B)2, 5; C) 6; D) 4, 6; E) 4;
14. 1 moldan olingan quyidagi moddalardan qaysi birining yonishi uchun ko‘p kislorod kerak bo‘ladi?
A) S; B) P; C) C; D) H2; E) CH4.
15. Oltingugurtni yondirish uchun 16 g kislorod sarflandi. Bu miqdordagi kislorodda nechta kislorod atomi bo‘ladi?
A) 3,01·023; B) 6,02·1023; C)9,03·1023; D) 12,04·1023; E) 2.
16. 18 g uglerodni to‘liq yondirish uchun necha litr kislorod kerak?
A) 33,6; B) 22,4; C) 11,2; D) 5,6; E) 48.
17. Quyidagi moddalardan qaysi birida kislorodning massa ulushi ko‘proq?
A) Al2O3; B) Fe2O3; C) Cr2O3; D) B va C da; E) A,B va C larda.
18. «A» modda qizdirildi va kislorodli bankaga tushirildi. Natijada banka ichi oq rangli tutun bilan to‘ldi. «A» modda:

19. 0,25 mol kislorodning massasini va bu miqdordagi molekulalar sonini hisoblang.


20. Quyidagi yonilg‘ilardan qaysi biri yonganda suv hosil bo‘ladi?


1. Ko‘mir; 2. Tabiiy gaz; 3. Qattiq o‘tin.

21.Avagadro soni nechaga teng ?


22. Kimyoviy reaksiya turlari .


23. Moddalarning xossalari


24. Kimyoviy element nima ?


25. Atom molekulyar ta’limotning asoschisi



Download 79 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 79 Kb.