zona; kam ishlatiladigan (1 soatda 2 martadan kam) vositalar joylashgan -uchinchi
zonalardan iborat.
Ish joyining asosiy qismlaridan biri operatorning kreslosi (o`rindig`i)
hisoblanadi. U operatorga fiziologik jihatidan mehnat xarakteri va sharoitiga
binoan ratsional ishchi holat (poza)ni ta`minlash va funksional shinamlikni
ta`minlash mezoni bo`lishi lozim. Kreslo o`z ichiga o`tirgich, suyanchiq va tirsak
qo`ygichlar hamda qo`shimcha elementlar - bosh qo`ygich va oyoq qo`ygichlardan
iborat bo`ladi. Kresloning hamma qismlari vertikal va gorizontal tekislikda, hamda
ma`lum burchakka sozlanadigan bo`lishi kerak. Yana u polga nisbatan
fiksatsiyalanadigan moslama, hamda zarur bo`lgan hollarda vertikal o`q bo`yicha
180-360° buraladigan moslamaga ega bo`lishi lozim.
Harakatlanadigan texnikada
kreslo xavfsizlik tasmasi bilan jihozlanishi lozim.
Ish joyida odamning kompleks harakatlarini loyihalashda
quyidagi qoida va nizomlarni bilish foydali:
-
harakat trayektoriyasi va sonini minimumgacha ;
-
harakatning oddiy va ritmik bo`lishi;
- har bir harakat keyingi harakatni boshlash uchun qulay holda tugashi;
-o`tgan va bo`lajak harakatlar bir-biri bilan tekis bog`langan bo`lishi;
-harakatni boshlash va tugatish uchun zarur bo`lgan vaqt taxminan doimiy
va yo`l uzunligiga bog`liq bo`lmasligi;
-qo`lning egri chiziqli uzluksiz harakati to`satdan yo`nalishini o`zgartirgan
yakka harakatdan tez bo`lishi;
- aylanma harakat ilgarilama harakatdan tez bo`lishi:
-qo`lning gorizontal harakati vertikalga nisbatan aniq va tez bo`lishi;
-agar harakatda ikkala qo`l qatnashsa, ular vaqt bo`yicha
simmetrik va
sinxron (tekis) bo`lishi (bir vaqtda boshlanishi va tugashi kerak).
- aniq harakatlarni hardoim o`tirib amalga oshirish lozim.
Tizimlarning muvaffaqiyatli ishlab turishini ta`minlash uchun ergonomika
sohasidagi mutaxassisllar uni 5 xil jihati (moslik)ka ajratadilar: ma`lumot, biofizik,
energetik, fazoviy - antropometrik va texnikaviy estetik jihatlar.
Ma`lumot jihatining maqsadi - mashinaning barcha tavsiflarini aks ettirish
va operatorning bu ma‟lumotlarni xatosiz qabul qilish va ishlov berish,
uni va
xotirasini zo`riqtirmaslik demakdir. Natijada operator mehnatining xavfsizligi,
aniqligi, sifati va unumi ta`minlanadi. Biofizik jihatiida - shunday atrof-muhitni
tashkil qilish tushuniladiki, bunda operator uchun normal fiziologik holat va zarur
ish qobiliyati ta`minlab beriladi. Misol: mashinalarni yaratayotganda muhitning
shovqin, titrash, yorug`lik va havo muhitining ko`rsatkichlarini
maxsus izlanish
zaruriyati paydo bo`ladi.
Energetik jihatidan mohiyati- mashinaning boshqarish qismlari bilan
operator optimal imkoniyatlarining kelishuvi ko`riladi. Bunda operator tomonidan
qo`yilgan kuch, sarflangan quvvat hamda mashina harakatining tezligi va aniqligi
nazarda tutiladi.
Fazoviy-antropometrik jihatida - ish jarayonida odam tanasining
o`lchamlarini, tashqi fazoning ko`rinish imkoniyati va operatorning holatini
hisobga olish nazarda tutiladi. Bu masalani yechish
uchun ish joyining hajmi,
operatorning yeta olish qobiliyati va uning pultgacha bo`lgan masofasi
va.boshqalar aniqlanadi.
Ergonomikaning texnikaviy-estetik jihatilari - mehnat jarayonida insonning
mashina bilan muloqotda bo`lishi natijasida qay darajada qanoatlanganligining
ta`minlanishini ko`rsatadi.