Xavfsizlikni ta'minlovchi vositalarga, jamoa (kollektiv) va shaxsiy himoya
vositalari kiradi. (JXV va SHXV). Ular o`z navbatida xavflarning turi, tuzilishi,
ishlatish sohasiga ko`ra guruhlarga bo`linadi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligini boshqarishning - uslubiy asoslari
HFX boshqarilishida - inson - muhit sistemasi tushuniladi.
HFXni boshqarish - bu aqlan (atay) obyektni xavfli holatdan, kam xavfli
holatga o`tkazish. Bunda iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik shartlariga amal
qilinadi. HFXning boshqarish sxemasi 2-rasmda keltirilgan.
2 – rasm. Hayotiy faoliyat xavfsizligini boshqarish sistemasi
Hayot fоliyati хavfsizligining aspеktlarga lоyiq juda ko`p bоshqaruv vоsitalari
mavjud. Bular qatоriga хalq оmmasining ma‟rifati, kasbni tanlash va o`rganish,
оdamlarda intizоm madaniyatini tarbiyalash, bоshqaruvchi shaхslarga ruhiy ta‟sir,
shaхsiy va jamоa, himоya хamda tехnik vоsitalar kabilar kiradi.