HFXni boshqarishning vazifalari
Bоshqarish sistemasi (ma‟muriyat)
Hisobot
Bоshqarish оb‟еkti
Inson
Muhit
Salbiy оqibat (shikastlanish,
kasallanish, yong`in, faоliyat)
Kirish
Chiqish
Ichki birlamchi ma’lumоt
оrqali chiqish
signali
Boshqarish vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Obyekt holatining tahlili va bahosi.
2. Boshqarishning tadbirlari.
3. Boshqariluvchi va boshqaruvchi sistemalarni tashkil qilish.
4. Boshqarishning tashkiliy ishlarini nazorat qilish va tekshirish sistemalarini
yaratish.
5. Tadbirlarning ta'sir qilishini, foydasini aniqlash.
6. Rag`batlantirish.
HFX ning boshqarish vositalari
HFXni boshqarish quyidagilardan iborat:
Dunyoqarashlik, fiziologik, ruhiy, ijtimoiy, tarbiyaviy, ekologik, tibbiy,
texnik. huquqiy va iqtisodiy.
HFXning aspektlariga loyiq juda ko`p boshqaruv vositalari mavjud. Bular
qatoriga xalq ommasining ma'rifati, kasbni tanlash va o`rgatish; odamlarda intizom
madaniyatini tarbiyalash; boshqariluvchi shaxslarga (subyektlarga) ruhiy ta'sir:
shaxsiy va jamoa himoya va texnik vositalari (SHHV va JHV) va h.k
Faoliyat xavfsizligining ergonomik asoslari
Ergonomika ilmiy fan bo`lib, u texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiyena
fanlarining birikishidan paydo bolgan. Unda anatomiya, biomexanika,
toksikologiya, antropometriya va biofizika ifanlarifling ma`lumotlari qo` llaniladi.
Ergonomika mehnat jarayonlarida qulay (optimal) sharoitlarni yaratish
maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o`rganadi. Bunda
mehnat yuqori unumli va ishonchli bo` lad hamda intellektual va flzik
rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi. Boshqacha qilib aytganda, inson tavsiflari
bilan muhit tavsiflari o`rtasida ma`lum kelishuvchanlik haqida so`z boradi.
Albatta bunda o`ziga yarasha hayot faoliyati xavfsizligining ayrim
masalalari yechiladi. Lekin bu soha bilimlarini bir-biriga tenglashtirmoq to`g`ri
kelmaydi. Qisman ergonomika texnikani insonlarga moslashtirishga intiladi, ammo
bu masala har doim ham yechilavermaydi.
HFX esa insonni texnikaga moslashtirish muammolarini ko`radi.
Ergonomika - bu mehnat qonuniyatlari va ishchi jarayonlar haqidagi fandir.
Ergonomika tushunchasi grekcha- ish va qonun degan so`zlardan kelib chiqqandir.
Ergonomika so`zini birinchi bo`lib, 1875- yili o`zining “Ergonomika
jihatilari, ya`ni mehnat haqidagi fan” degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy
taklif qilgan.
Yangi ilmiy fanni yaratish g`oyasi boshida 1921 yilda sobiq ittifoq olimlari
V.M. Bexterev va V. N. Myasnitsevlar uni “egologiya” keyin “ergonologiya” deb
atashni taklif qilishgan.
1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil
sohalaridan bir guruh mutaxassislar birikkanlarida ergonomika tushunchasi qabul
qilindi. Bu tushuncha asta-sekin keng tarqala boshladi, nainki u bilan birgalikda
boshqa ta`riflar ham ishlatilib kelindi; misol: inson injeneriyasi, injenerlik
psixologiyasi, inson-mashina tizimida izlash, inson omillari kabi tushunchalar.
Ergonomika texnika rivojlanishining ma`lum etapi (bosqichi)da paydo
bo`lgan bo` lib, ishlab chiqarishda muhim muammolarni yechishda zarur shart-
sharoitdir. Yangi jihoz va unga to`g`ri kelgan ishlab chiqarish muhitini
loyihalashda sodir bo`ladigan ko`pchilik savollarni faqat soglom fikr asosida
yechish mumkin bo`lmaganda, ergonomikaga murojaat qilinadi.
Ayrim yangi mashinalar namunasini sinash va foydalanish, olingan
ma`lumotlarni tahlil qilish natijasida konstruktor va muhandislarimiz shunga
ishonadilarki, inson organizmisiz mashinalarga bo`lgan ilmiy asoslangan talablar,a
balki eng takomillashgan texnik yechimlar ham yetarsiz darajada samaralidir. Bu
shunday bir tushunchaki, mashinalarning konstruksiyasi insonning funksional
ehtiyojlariga mos kelmasligidir.
Demak, ergonomika “inson – mashina – ishlab chiqarish – muhit” tizimini
o`rganadi.
Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining
o`lcham (parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga
moslashtirishdir, ya`ni mehnat jarayonlarini me`yorlash (optimallashtirish) va
hamma ko`ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal
kamaytirishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarni quyidagi
tartibda sinflashimiz va turlarga bo` lishimiz mumkin:
1. Psixologik yuklanishni kamaytirish
-
nazorat tizimlarini avtomatlashtirish
-
ishlab chiqarish jarayonlarini stabillashtirish
-
ish xavfsizligini ta`minlash:
-
jihozlar ishining ishonchliligini ta`minlash;
-
me`yoriy darajagacha ma`lumotlar hajmini kamaytirish;
-
sozlash va nazoratning qulay (ratsional) tizimlarini tashkil qil
-
nazorat va sozlash tizimlarini markazlashtnrish.
2. Shinam ishchi muhitini ta` minlash
- ishlab chiqarish ziddiyatini yaxshilash.
3.
Ishning qulayligini ta` minlash- bunda qulay bo`lgan jihoz, mebel, asbob,
maxsus kiyimlarni yaratish va ishiatish, hamma jihozlarni badiiy
konstruksiyalarini yaxshilash kiradi.
4.
Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish
-
jihozlarni ratsional joylashtirish;
-
ishchi zonani to`g`ri tashkil qilish:
-
tashish va ortish ishlarini kamaytirish;
-
ishlash va dam olishni to` g` ri tashkil qilish;
-
maishiy xizmat qilishni to` g` ri tashkil qilish.
5. Kadrlar bilan ishlash
- bunga kasbiy tanlash, instruktaj o`tkazish, tajriba almashish, kasbiy o`qitish va
malaka oshirish kiradi.
6. Fiziologik yuklanishni kamaytirish
-
shinam havo iqlimini va yorugligini yaratish;
-
shovqin va titrashga qarshi kurash tadbirlari;
- jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash hamda jihozlarni yaratish;
-
ish joyini to`g`ri tashkil qilish;
-
ishchi zonani to`g`ri ta`minlash;
-
ratsional harakatlanishni tanlash;
-
boshqarish qismlarini to`g`ri tanlash va joylashtirish;
-
boshqarishni markazlashtirish.
Ma`lumotlarni aks ettiruvchi vositalar (maev)
Ma`lumotlarni aks ettiruvchi vositalar (MAEV) ishlab chiqarish
jarayonining, hamda alohida jism va mexanizmlar ish rejimining borishi haqida
ma`lumotlar qabul qilib turish uchun xizmat qiladi. Bu vositalardan inson agar
texnologik jarayonni bevosita o`zi kuzata olmaganda yoki uning sonli va sifatli
holatini mustaqil baholay olmaganda foydalanadi.
Operatorning sezgi a`zolariga ta`sir qilishga qarab MAAV quyidagi: vizual,
akustik va taktik turlarga bo`linadi.
MAAVlarga quyidagilar: yozuvli yoki simvolli tahtani yorituvchi
cho`g`lanuvchi lampalar, strelkali-shkalali o`lchov asboblari, har xil ko`rsatkichlar,
hisoblagichlar, ovozli ohanglar, sirenalar, ekranlar, sxemalar va hokazolar kiradi.
Ular o`z prinsipiga ko`ra quyidagi `ha- yoq` degan ma`lumotni berishi
mumkin (ya`ni mashina ishlayapti yoki yo`q; birorta o`lcham me`yorida yoki
yo`q), ba`zan o`lchamning sonli o`zgarishini ko`rsatadi.
Tovush signallari avariya (800-5000Gs chastota, tovush bosimi darajasi 90-
100 dB oraliqlarda), ogohlantiruvchi (200-80 Gs, 80-90 dB) va xabar beruvchi
(200-400 Gs, 30-80 dB) signallarni berish uchun ishlatiladi.
Ogohlantiruvchi va avariya signallari uziluvchan qilib amalga oshiriladi va
alohida signallarning eshitilish uzunligiga teng va ular oralig`idagi interval kamida
0,2 sekundgacha bo`ladi. Signal tovushini bosimining darajasi ishlab chiqarish
jarayoni shovqin darajasidan kamida 10-16 dB ga baland bo`lishi lozim.
Traktorlarda tovush signalining darajasi traktor shovqinidan kamida 6 dB ga
kabinasida va traktordan 1 metr masofada 8 dB ga baland bo` lishi kerak.
Ergonomika boshqaruv turadigan post (joy)ini ratsional tashkil qilishning
umumiy prinsiplarini, ularda asosiy va qo`shimcha jihozlarning joylashishini
belgilaydi. Bu masaladar turkumiga boshqarish joyining tashqi (masalan, alohida
qism va devorlarning bo`yalishi) psixologik, fizologik - gigiyenik va estetik
talablarni hisobga olgan holda bezatilishi kiradi.
Avtomatlashgan boshqarish tizimlarida operator ish joyining asosiy
elementiga panel kiradi. U shunday joylashishi kerakki, undagi asboblarning yuza
tekisligi operatorni qarash chizig`iga perpendikulyar bo`lishi kerak. Boshqarish
pultidagi boshqarish qismlari qulay va qo`l yetadigan bo`lishi lozim.
Pultning umumiy balandligi pol sathidan ko`pi bilan 120 sm balandlikda
bo`lishi kerak. Unda yozuvlar uchun 10x20 sm dan 30x40 sm gacha o`lchamdagi
tekislik ajratiladi. Oyoqlarning erkin joylashishi va harakatlanishiga balandligi - 63
sm, kengligi 50 sm va chuqurligi 45 sm bo`Igan bo`shliq ko`zda tutiladi. Pultda
harakatning eng qulay zonasi 70 sm bilan chegaralanadi.
Boshqaruv qism (organ)lari boshqarilayotgan ta`sirni insondan mashinaga
uzatish: uni harakatga keltirish, ishchi qismlarni to`xtatish, talab qilingan ish
rejimini belgilash, ma`lumotlarni kiritish yoki olish va hokazo vazifalarni bajarish
uchun xizmat qiladi. Boshqarish qismlari yurituvchi element va ijro qiluvchi
qismlardan iborat, shundan yurituvchi elementlarga eng qattiq ergonomik talablar
qo`yiladi.
Boshqarish
qismlarining
konstruksiyasi
insonning
harakatlanuvchi
apparatiga mos bo`lgan ruxsat qilingan me`yoriy yuklanishteva uning
antropometrik tavsiflariga binoan boshqarishni amalga oshirishda zarur aniqlik va
harakat tezligini tez aniqlashni ta`minlashi lozim. Boshqarish qismlari qoxl va
oyoq orqali bajariladigan qilib ishlanadi. Qo`l bilan boshqarish ancha aniq bolib,
oyoq orqali boshqarishga nisbatan ustun turadi.
Boshqarish qismlari ko`p bo`lganda yoki ularni katta kuch bilari
ishlatganda, qo`llarni ozod qilish uchun oyoq yuritmalari qollaniladi.
Boshqarishni qismlarining yurituvchi elementlari shakli va o`lchamlari qo`l
bilan ushlaganda, ishonchli va toymaydigan bolishi, ularning materiallari zaharsiz
hamda zarur holatlarda issiqlik, elektr o`tkazmaydigan bo`lishi kerak.
Qo`l bilan boshqarish qismlari shunday joylashish kerakki, bunda operator
qo`llari 90-135° burchakka bukilgan holda ularni bemalol siljita olsin. Boshqarish
pedallari operator gavdasining ko`ndalang o`qiga yaqin joylashtiriladi (100 mm
dan katta bo`lmagan qiyalikda). Pedallar orasidagi masofa ikkala oyoq uchun 200-
400 mm bo`lishi hamda toymaydigan qilib yasalgan bo`lishi kerak.
Boshqarish qismlari qo`l yoki oyoq og`irligi ostida tasodifan qo`shilib
qolish ehtimolini kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo`lishi
kerak.
Boshqarish qismlarini harakatga keltirishga sarflanadigan kuch haddan
tashqari ko`p yoki kam bo`lmasligi lozim, aks holda u operatorning jismoniy
toliqishiga yoki harakat aniqligining yo`qolishiga olib keladi.
Qo`lda ko`p ishlatiladigan qismlar minimal kam kuch bilan boshqarilishi kerak.
Quyidagi 6.1 – jadvalda boshqaruv qism (organ)lariga qo`yiladigan optimal
kuch qiymatlari keltirilgan. Boshqarish qismlari va ma`lumotlarni aks ettiruvchi
vositalar bar xil seziladigan va tez topiladigan joyda o`rnatilgan bolishi lozim.
Buning uchun ularga yoki ular joylashgan yerda tushuntirish yozuvlari yoki
ma`noli simvollar keltirilishi hamda ularni bar xil olcham, shakl va ranglaida
ishlanishi lozim.
|