Ta’lim tizimida tajribadan o’tgan dars turlari quyidagilardan iborat:
*a) Yangi mavzuni o’zlashtirish darsi, o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash darsi, o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni takrorlash darsi, o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni tizimga solish va umumiylashtirish darsi,o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni nazorat va baholash darsi, aralash (kompleks) dars.
b) Individual, frontal, guruhiy, jamoaviy.
c) Yangi mavzuni o’rganish darsi, mustahkamlash (refleksiya), yangi mavzuga oid amaliy ko’nikmalarni shakllantirish darsi, umumlashtirish.
d) Individual, frontal, guruhiy, jamoaviy, mustahkamlash (refleksiya).
Motivasiya bu-
*a) Ta’lim olishga undov, o’quvchilarni yangi mavzuga qiziqtirish, mavzuni dolzarblashtirish, mavzuga oid muammoni vaziyatni keltirib chiqarish
b) Yangi mavzuni yoritish
c) Umumlashtirish
d)O’quvchilarning mustaqil bilim olishi
Darsga qo’yilgan asosiy talablardan biri:
*a) Darsning barcha qismlari bir-biriga mos kelishi, ular asosiy didaktik maqsadga mos buysunishi hamda o’quv vaqtidan oqilona foydalanish kerak.
b) Kichik mustaqil ish bajarilishi
c) Sinfda o’quvchilar soni 35 tadan oshmasligi
d) Malakali kadr bo’lish
PISA (Programme for International Student Assessment) O’quvchilar bilimini baholash xalqaro dasturi 15 yoshgacha o’quvchilarning qanday ko’nikmalarini baholashga qaratilgan?
*a) 15 yoshli bolalarning matematika, tabiiy fanlar va ona tilidan hayotiy ko’nikmalarni egallaganligini o’rganishga qaratilgan tadqiqot.
b) Barcha hayotiy ko’nikmalarni baholashga qaratilgan
c) Kimyo faniga oid hayotiy ko’nikmalarni baholashga qaratilgan
d) Kasbiy ko’nikmalarini baholashga qaratilgan
|