• Elektroliz vaqtida elektroddan ajralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdori eritmadan o’tgan elektr miqdoriga to’g’ri proporsionaldir.
  • O’ta kuchlanish
  • I kirish elektroliz qonunlari




    Download 59,5 Kb.
    bet2/4
    Sana05.12.2023
    Hajmi59,5 Kb.
    #111387
    1   2   3   4
    Bog'liq
    sultonova iroda fizik kimyo

    Elektroliz qonunlari
    Elektr energiya bilan kimyoviy jarayonlar orasida miqdoriy bog’lanish borligini dastlab (1836-yilda) ingliz olimi M.Faradey aniqladi.
    Faradey o’z tajribalarini bajarishda bir necha galvanik elementni ketma-ket o’lchab batareya hosil qildi, elektroliz qilishda ana shu batareyadan elektr manbai sifatida foydalandi va elektroliz qonunlarini tavsiflab berdi. Elektrolizning birinchi qonuni quyidagicha.
    Elektroliz vaqtida elektroddan ajralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdori eritmadan o’tgan elektr miqdoriga to’g’ri proporsionaldir.
    Agar elektrodda ajralib chiqqan moddaning og’irlik miqdorini t bilan, elektr miqdorini Q bilan, tok kuchini i bilan, vaqtni t bilan belgilasak, Faradeyning 1 qonuni quyidagicha yoziladi.
    M = KQ = Kit;
    bu yerda K - ayni elementning elektrokimyoviy ekvivalenti, ya’ni eritma orqali 1 kulon elektr o’tganda ajralib chiqadigan miqdori.
    Elektrolizning 2-qonuni: agar bir necha elektrolit eritmasi orqali ketma-ket ulangan holda, bir xil miqdorda elektr o’tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning og’irlik miqdorlari o’sha moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga proporsional bo’ladi. Faradeyning ikkinchi qonuni:
    formula bilan ifodalanadi.
    Uning birinchi va ikkinchi qonunlari uchun ifoda kelib chiqadi. Bu yerda E-moddaning kimyoviy ekvivalenti.
    Elektroliz vaqtida asosiy jarayondan tashqari turli qo’shimcha xossalar ham sodir bo’lishi sababli ma’lum miqdorda elektr berilganda elektrodlarda ajralib chiqadigan moddaning miqdorlari Faradey qonunlari bilan hisoblanadigan miqdordan kamroq bo’ladi. Shunga ko’ra "elektroliz unumi" yoki "tokka nisbatan unum" degan tushuncha kiritilgan.

    Bu yerda:
    m1 - amalda ajralib chiqadigan modda miqdori
    m - nazariy miqdor
    Ya’ni ;
    Binobarin ga ega bo’lamiz.
    O’ta kuchlanish
    Elektrolitning parchalanish kuchlanishi elektroliz jarayoniga qarshi reaksiya natijasida sodir bo’ladigan qaytar galvanik elementning elektr yurituvchi kuchidan kam bo’lmasligi kerak. Lekin ko’pchilik hollarda, ayniqsa, gazlar ajralib chiqarilgan hollarda elektrolitni parchalash uchun haqiqatda beriladigan potensiallar ayirmasi o’sha moddalardan tuzilgan qaytar galvanik elementning elektr yurituvchi kuchidan farq qiladi. Ular orasidagi ayirma o’ta kuchlanish deyiladi: Bu yerda,
    η = E – E1
    η – o’ta kuchlanish;
    E - haqiqatda beriladigan parchalanish kuchlanish
    E1 - qaytar galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi.

    Download 59,5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 59,5 Kb.