• Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
  • I. Kirish II. Asosiy qism O‘lcham qo‘yishning davlat standartida belgilangan qoyidalari O’lcham qo’yishning asosiy qoidalari




    Download 27.42 Kb.
    bet1/5
    Sana10.05.2023
    Hajmi27.42 Kb.
    #57993
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ahamoniylar, AQSH 80-90 yil, Matematik savodxonlik, MAVZU, Hamidov Begzod Abdiboqi o`g`li, 13, Бино ва иншоотларнинг номи, Сурхондарё вилояти Қўриқлаш бошқармаси бошлиғининг 2023 йил 07 январ кунидаги 2, 1489738009 65863, SANOATDA FOYDALI QAZILMALARNI VA ASOSIY MINERALLARNI QO`LLANILISHI., «Zarbulmasal», Mektepki shekemgi jastaǵı balalarǵa huqıqiy tálim beriw, 16-mavzu, Документ Microsoft Office Word (2)

    Chizmalarda o‘lchamlar qo‘yish
    Reja:
    I.Kirish
    II.Asosiy qism
    1. O‘lcham qo‘yishning davlat standartida belgilangan qoyidalari
    2. O’lcham qo’yishning asosiy qoidalari
    3. Buyum o‘lchamlarining amaliy axamiyati
    4. Buyumlarga o’lcham qo’yishning maqbul usullari
    III.Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
    Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
    Prezidentimiz yig‘ilishda maktab ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” degan fikrini alohida ta’kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
    Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta’lim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir.
    Ma’lumki, murakkab o‘tish yillarida maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy muhit, o‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishga yetarli e’tibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. 
    Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me’yoriy asoslari mustahkamlandi.
    Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta’limi tizimi tiklandi. So‘nggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta’lim maktabi yangidan qurildi. 
    Ulug‘ allomalarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Ishoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta’lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta’lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. 
    Ta’lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak o‘qituvchilarning alohida o‘rni va ta’siri borligi hisobga olinib, ko‘rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida xalq ta’limi tizimiga 12 ming 871 nafar erkak o‘qituvchi qaytdi. 
    Pedagog xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. Oxirgi 3 yilda o‘qituvchilarning ish haqi o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qo‘shimcha oylik ustamalar to‘lanmoqda. Bu olis hududlarda yetishmayotgan mingdan ziyod o‘qituvchini jalb etish imkonini berdi. Nafaqa yoshida faoliyatini davom ettirayotgan o‘qituvchilarga pensiyasi to‘liq miqdorda berilmoqda. 
    “Hurmatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini, soha faxriylarini el-yurtimizning tayanchi va suyanchi, deb bilamiz, – dedi Prezidentimiz. – Maktablar tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham mablag‘ni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq”. 
    Ammo amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan, ta’lim tizimida hamon tizimli muammolar borligi, maktablarning moddiy-texnik bazasi, ayrim pedagog xodimlarning bilim va malakasi bugungi zamon talablariga javob bermasligi yig‘ilishda tanqid qilib o‘tildi.
    Ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, o‘qitish metodlari, ta’lim standartlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yangilash zarurligi, bilim berishda chet eldagi ilg‘or tajribalardan foydalanish, tarbiyada esa milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish muhimligi qayd etildi. 
    Davlatimiz rahbari “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan tamoyilga asoslangan holda, milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqish, yosh avlodni bolalikdan milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. 
    Maktablardagi kamchiliklarni tuzatish, ta’lim sifatini nazorat qilish uchun ota-onalar, keng jamoatchilikning ishtiroki zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. 



    Download 27.42 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 27.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. Kirish II. Asosiy qism O‘lcham qo‘yishning davlat standartida belgilangan qoyidalari O’lcham qo’yishning asosiy qoidalari

    Download 27.42 Kb.