|
I kirish ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston 2030»
|
bet | 8/26 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #150023 |
Tizimni buzishdan himoyalash
Xavf xatarlarni minimalga holatga tushurish uchun quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilish zarur.
1. Hakerlardan ortda qolmaslik: kompyuter xavfsizligi sohasidan so’ngi ishlanmalar haqida xabardor bo‘lish. Kompyuter tizimlarini buzishdan himoyalash haqida xabardor qiluvchi bir nechta maxsus jurnallarga obunani rasmiylashtiring.
2. Yetarlilik prinsipiga rioya qiling: mukammal ishonchli tizimni yaratishga urinmang. Himoya qanchalik kuchli bo‘lsa, u shunchalik ko‘p kompyuter tizimining resurslarini talab etadi va undan foydalanish qiyinlashadi.
3. Kompyuter tizimini himoyalash mexanizmini ishlash prinsiplari haqidagi axborotni sir saqlash. Hakerga ushbu prinsiplar haqida qancha kam ma’lum bo‘lsa, u uchun samarali hujumni tashkil etishi murakkablashadi.
4. Himoya qilinayotgan kompyuter tizimi sonini maksimal darajada chegaralash va zarurat paydo bo‘lmaguncha uni internet tarmog‘iga ulanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
5. Yangi dasturiy ta’minotga mablag‘ ajratishdan oldin, internetdagi haker serverlarida dastur haqida axborot qidirib ko‘rish.
6. Serverlarni himoya qilinayotgan binolarda joylashtirish. Ularga klaviatura va monitorni ulamaslik, ularga murojaat faqat tarmoq orqali amalga oshirilishi zarur.
7. Agar himoya qilinayotgan kompyuter tarmog‘ida himoya qilinmaydigan tarmoqga ulanish mavjud bo‘lsa, undu ushbu tarmoqga uzatilayotgan va qabul qilinayotgan xabarlar brandmaur orqali o‘tishi kerak, shuningdek shifrlanishi va elektron raqamli imzo bilan ta’minlanishi kerak.
8. Audit imkoniyatlaridan unumli foydalanish. Audit jurnallarini ko‘rish seanslari orasidagi interval bir sutkadan oshmasligi zarur.
1. Dasturlar uchun tuzatishlarni tezkor o‘rnatish (Patching). Korxonalar dasturlardagi xatoliklar oqibatidagi ko‘ngilsizliklarni oldini olish uchun tuzatishlarni ishlab chiqaradi. Agar dasturga tuzatishlarni o‘rnatilmasa, uning oqibatida hujumchi ushbu xatoliklardan foydalanishi va kompyuterga kirishi mumkin.
2. Viruslar va troyan otlarini aniqlash. Yaxshi antivirus dasturlari har qanday tarmoqlarni xavfsizligi oshirishda muhim vosita. Ular kompyuterlarni ish jarayonini kuzatadi va zararkunanda dasturlarni aniqlaydi. Maksimal samaradorlik uchun ular tarmoqdagi barcha kompyuterlarga o‘rnatilishi zarur.
3. Tarmoqlararo ekran. Tamoqlararo ekranlar (firewalls) - tashkilot tarmog‘ini himoyalashda juda muhim vosita. Ular tarmoqdagi barcha kiruvchi va chiquvchi trafikni nazorat qiladi.
4. Parollarni ochuvchilar (Password Crackers). Hakerlar odatda shifrlangan parollar saqlanadigan fayllarni o‘g‘irlash uchun ma’lum bo‘lmagan zaif joylardan foydalanadilar. Parollarni ochish uchun ushbu shifrlangan fayllardagi zaif parollarni aniqlovchi maxsus dasturlardan foydalanadilar.
|
| |