|
DDoS tarmoq hujumlari va "Zombi" kompyuterlarni yaratish
|
bet | 7/26 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #150023 |
DDoS tarmoq hujumlari va "Zombi" kompyuterlarni yaratish – bitta serverga barcha zararlangan kompyuterlardan bir vaqtda birdaniga hujum amalga oshiriladi. Sohta so‘rovlar server kompyuteriga yuboriladi, kompyuter ularga javob qaytarishga majbur bo‘ladi, so‘ngra so‘rovlar soni server kompyuter quvvatidan ortib ketganida ishda xatoliklar sodir bo‘ladi va ishlash sekinlashadi. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun “bot” dasturlar yaratiladi. Bunday troyanlar bilan minglab kompyuterlar zararlanadi va virus buyruq olgunicha o‘zini namoyon etmaydi. Bunday zombilar hakerlar tomonidan keng foydalaniladi.
Bunday firibgarlik turi texnoligiyasi quyidagilardan iborat, ya’ni jinoyatchi Internetdagi ko‘rsatilgan xizmatlar, tovarlarga to‘lovlarni SMS orqali olish uchun serverda ro‘yxatdan o‘tadi yoki maxalliy telefon provayderi bilan shartnoma tuzadi. Troyan dasturi sizning kompyuteringizdan pullik SMS yuboradi yoki qo‘ng‘iroqni amalga oshiradi (1.2. va 1.3.-rasmlar). Natijada mablag‘lar jinoyatchi hisobiga o‘tkaziladi.
Elektron to‘lov tizimlaridan pullarni o‘g‘irlash
Bu yerda troyan shpion dasturlari ishlatiladi. Ular ma’lumotlarni, kompyuter tizimida saqlanayotgan kirish kodlarini yig‘adi va fayllarni deshifrlaydi shundan so‘ng ularni jinoyatchiga yuboradi.
Bank kartalaridan ma’lumotlarni o‘g‘irlash
Bu hakerlik faoliyatining keng tarqalgan turi. Troyan shpion dasturlari login va parol, shuningdek karta raqami va kodini olish uchun o‘ljani bank saytiga ulanishini kutadi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng troyan jinoyatchiga sahifaning manzili, karta raqami, parol va kodni yuboradi.
Jinoyatchilikning ushbu turida kompyuterda virus bo‘lishi shart emas. Xozirgi kunda sizdan qimmatli ma’lumotlarni kiritishni so‘raydigan ko‘plab sohta saytlar mavjud. Buning uchun turli psixologik usullardan foydalaniladi. Masalan, sohta sahifa kiritilgandan so‘ng sizning to‘lov kartangiz kodi va boshqa mal’lumotlarni zudlik bilan jinoyatchiga yuboradi.
|
| |