Tarmoq qurilmalari haqida ma’lumot




Download 182,05 Kb.
bet32/83
Sana01.06.2024
Hajmi182,05 Kb.
#258938
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Bog'liq
Қарши давлат университети

2. Tarmoq qurilmalari haqida ma’lumot.
Umumiy holda tarmoq hosil qilish uchun bizga quyidagi texnik qurilmalar kerak bo‘ladi:
  • Kompyuterlar.


  • Tarmoq adapterlari.


  • Kabel.

  • Modem.

  • Xab (konsentrator).


  • Kommutator.


  • Ko‘prik.

  • Takrorlagich.

Tarmoq adapteri kompyuterlarning lokal tarmoqqa kabel vositasida ulash uchun foydalanila­digan standart qurilmasi hisoblanadi.











1-rasm. Tarmoq adapteri



2-rasm. Wi-Fi adapteri

Kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa birlashtirish uchun WiFi texnologiyasidan ham foydala­nish mumkin. Bu texnologiya ular uchun qabul qilingan standart raqami bilan 802.11 deb ham ataladi. Bu standartning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular ma’lumot almashish tezligi bilan bir-biridan farq qiladi, masalan:


  • 802.11а turida ma’lumot almashish tezligi 5,4 Mb/s;


  • 802.11b turida ma’lumot almashish tezligi 11 Mb/s;


  • 802.11g turida ma’lumot almashish tezligi 54 Mb/s;


  • 802.11n da ma’lumot almashish tezligi 500 Mb/s gacha bo‘ladi.

Bu texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu tarmoq yaratish uchun kabelning kerakmasligidir.


Maxsus Wi-Fi platasiga ega ixtiyoriy ikkita kompyuter 150 metrgacha masofadan o‘zaro ma’lumot almasha oladi. Bunday kompyuterlarni mahalliy kompyuter tarmog‘iga ulanishi uchun maxsus kirish nuqtasi deb ataluvchi qurilma kerak bo‘ladi. Bu qurilmalar bir tomondan kabel yordamida lokal tarmoqqa ulansa, ikkinchi tomondan o‘zidan 1,5 km masofadagi ikkinchi shunday qurilma bilan bog‘lana oladi. Bundan tashqari, bu qurilmaga 150 metrgacha bo‘lgan masofadagi Wi-Fi qurilmalar bu nuqta orqali kompyuter tarmog‘iga ulana oladilar.
Kompyuterlarni bevosita internet tarmog‘iga ulash uchun modemlardan foydalaniladi.

Modemlarning ikkita turi keng tarqalgan bo‘lib, ulardan biri dialap deb, ikkinchisi esa ADSL (Asynchronic Digital Subscriber Line – obunachining raqamli asinxron liniyasi) deb ataladi. Ulardan birinchisi bir vaqtlar juda keng tarqalgan bo‘lsa-da, hozirgi paytda deyarli ishlatilmaydi.







3-rasm. Modem

Bunga sabab, ularning maksimal tezligi 56 kilobit/sek bilan cheklanganligidir. ADSL modemlari oxirgi paytda keng tarqalmoqda. Bu modemni ishlatish uchun oddiy telefon liniyasidan foydalanilsa-da:




  • birinchidan, bir vaqtda ham telefondan, ham internetdan foydalanish mumkin;


  • ikkinchidan bu usulda bog‘lanish tezligi bir necha megabitgacha bo‘lishi mumkin.

So‘nggi paytda mobil telefonlar orqali internetga ulanish keng tarqalmoqda. Mobil telefon modem sifatida ishlatilganda ulanish tezligi 120-160 kilobitgacha bo‘lishi mumkin.


Hozirgi paytda mobil telefonlar o‘rniga mobil telefon kompaniyalarining maxsus modem­laridan foydalanish mumkin.

Bu modemlar ham flesh xotiralar kabi USB-port orqali kompyuterga ulanadi. Yangi avlod modemlari internetga 384 kilobit, hatto 3,6 megabitgacha tezlik bilan chiqish imkonini beradi.





4-rasm. USB-modem

Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish uchun konsentratorlardan foydalaniladi. Konsentra­torlar orqali bir nechta kompyuterlarni lokal tarmoqqa birlashtirish mumkin. Hozirgi kunda 8, 12, 16, 24 va 48 ta kompyuterlarni birlashtira oladigan konsentratorlar mavjud. Ular sekundiga 10-100 Megabitgacha tezlikda ma’lumot almashishni ta’minlay oladi. Hozirgi paytda 1 Gigabit tezlikda ma’lumot almashish imkonini beruvchi konsentratorlar ishlab chiqilmoqda.


Konsentratorlarning ma’lumot almashish tezligi kompyuterlarga ulanadigan kabelning turiga bog‘liq. Eshilgan juftlik deb ataladigan, telefon kabeliga o‘xshash kabel 10 Mb tezlikda, RJ 45 rusumli 8 ta simli kabellar 100 Mb, RJ 45E rusumli kabel 1 Gb tezlikda ma’lumot almashish uchun ishlatiladi. Konsentratorlarni kabel yordamida bir-biriga ulab, ixtiyoriy topologiyaga (tuzilishga) ega bo‘lgan lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish mumkin.



Download 182,05 Kb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Download 182,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoq qurilmalari haqida ma’lumot

Download 182,05 Kb.