• Savol va topshiriqlar
  • Mavzu №12. TARMOQ QURILMALARI. TARMOQQA XIZMAT KO‘RSATISH Reja
  • 1. Tarmoq tushunchasi.
  • I ma’ruza mavzulari




    Download 182,05 Kb.
    bet31/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    Сведения о системе
    Bu kompyuterning barcha resurslari, ya’ni sistеma haqida batafsil ma’lumot bеradi.

    Таблица символов
    Bu bo‘limda shriftlar, klaviaturada mavjud bo‘lmagan simvollar va ularning kodlari hamda shularga daxldor barcha parametrlar haqida ma’lumot bеriladi.

    Savol va topshiriqlar

    1.

    OSning standart xizmatchi dasturlariga qaysi dasturlar kiradi?

    2.

    OS tarkibidagi xizmatchi dasturlar asosan nimalarga xizmat ko‘rsatadi?

    3.

    Diskni tozalash uchun qaysi dasturga murojaat qilinadi?

    4.

    Nega disk defragmentatsiya qilinadi?

    5.



    “Master perenosa faylov i parametrov” utilitasi haqida ma’lumot bering.

    Mavzu №12.

    TARMOQ QURILMALARI. TARMOQQA XIZMAT KO‘RSATISH


    Reja:
    1. Tarmoq tushunchasi
    2. Tarmoq qurilmalari haqida ma’lumot.
    3. Tarmoqqa xizmat ko‘rsatish.


    Tayanch tushunchalar: tarmoq; lokal tarmoq; mintaqaviy tarmoq; global tarmoq; Net; Web; tarmoq qurilmalari; adapter; konsentrator; kommutator; ko‘prik; koaksial kabel; modem; Wi-Fi; tarmoq operatsion sistemasi.


    1. Tarmoq tushunchasi.
    Katta hajmdagi axborotni qayta ishlash uchun kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo‘l­masin, baribir ish faoliyatingizda ishlashingiz mumkin bo‘lgan barcha axborotlarni unga sig‘dirib bo‘lmaydi. Biror axborot zarur bo‘lib qolganda uni boshqa kompyuterdan axborot tashuvchilar yordamida ko‘chirib olish mumkin. Ammo qo‘shimcha axborot ham zarur bo‘lgan vaqtda (ayniqsa, turli masofalardagi obyektlar o‘rtasida) axborot tashuvchilarni ko‘tarib yurish foydalanuvchilar uchun noqulay vaziyatni paydo qiladi. Bunday holatga barham berish maqsadida kompyuterlarni birlashtirish g‘oyasi taklif qilingan.
    Kompyuterlarni birlashtirish muammosini hal qilish maqsadida olib borilgan ilmiy izlanish­larning natijasi o‘laroq, XX asrning 60-70-yillarida “uzoqlashgan terminallar sistemasi” tushun­chasi paydo bo‘ldi. Bu tushunchaning ma’nosi shundan iboratki, terminal bitta displey va bitta klaviaturadan iborat bo‘lib, bir nechta terminal bitta yirik hisoblash mashinasiga ulangan bo‘ladi. Bunda bir nechta foydalanuvchi uchun bitta kompyuterdan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bu terminallar hozirgi shaxsiy kompyuterlarning “ajdod”lari bo‘lib, ularning bosh kompyuter bilan bog‘lanish texnologiyasi XX asr 70-yillarining o‘rtalarida paydo bo‘lgan lokal tarmoqlarga asos bo‘ldi.
    Turli axborotlar almashish maqsadida uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan kompyuter­lar majmuiga kompyuterlar tarmog‘i deyiladi.
    Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar: katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, shu bilan birga umumiy dasturiy vositaga hamda ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.
    Tarmoqning asosiy vazifasi – foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga qulayroq va ishonchli kira olishini ta’minlash hamda himoyalangan holda axborotdan jamoa bo‘lib foydalanishni tashkil etishdan iborat.
    Hududiy taqsimlanishi jihatidan kompyuter tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin.
    1. Lokal tarmoqlar (LAN – Local Area Network). Bu bir korxona yoki muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi obyektlarini o‘zaro bog‘laydi.
    Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa odatda 10 km gacha, agar radiokanal aloqa­sidan foydalanilsa, 20 km gacha masofani tashkil etadi. Lokal tarmoqda kompyuterlarni birlashti­ruvchi sim (kabel) sifatida qalin koaksial, ingichka koaksial, juft-juft qilib o‘ralgan (toking ring – “vitaya para”) optik to‘qima (tola) simlari ishlatilishi mumkin. Kompyuterlarning fizik jihatdan birlashtirilishi bilan (simlar yoki boshqa yo‘llar bilan) tarmoq o‘z-o‘zidan ishlayveradi, degani emas. Kompyuterlar tarmog‘i maxsus OS boshqaruvida ishlaydi. Hozir ko‘p ishlatilayotgan Windows OS tarkibida lokal tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi qator amaliy dasturlar mavjud bo‘lib, ular to‘g‘risida keyinroq to‘xtalamiz.
    2. Mintaqaviy tarmoqlar (MAN – Metropolitan Area Network). Uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaharlari yoki viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko‘pincha telefon tarmog‘idan foydalaniladi.
    Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10 km dan 1000 km gacha bo‘lishi mumkin. (Uzel – bu tarmoqning uzatish vositasiga ulangan ixtiyoriy qurilma).
    3. Global tarmoqlar (WAN – Wide Area Network). Butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foyda­lanuvchilarni qamrab oladi. Abonentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa telefon tarmog‘i, radioaloqa va sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa tizimi bazasida amalga oshiriladi. Bunda tarmoq abonentlari orasidagi masofa 10-15 ming km gacha bo‘lishi mumkin. (Tarmoq abonenti deganda, tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki iste’mol qiluvchi obyekt tushuniladi).
    Lokal va global tarmoqlarning ishlashidagi farq shundaki, lokal tarmoqda ishlayotgan kom­pyuterlarning o‘zaro aloqasi boshqa kompyuterlarning ishiga ta’sir qilmaydi, global tarmoqda esa boshqa kompyuterlarga murojaat qilish uchun bir nechta amallar ketma-ketligini bajarish kerak: tarmoqqa kirish, zarur kompyuterning koordinatalarini ko‘rsatish, aloqa ulanishini kutish va hk. Shunga qaramay, global tarmoqlar katta hajmdagi axborotlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
    Global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash anchagina qimmatga tushadi. Shuning uchun telefon tarmog‘idan foydalanib, kompyuterlarni global tarmoqlarga ulash uchun modem qurilmasi ishlatiladi.
    Texnik nuqtayi nazardan tarmoqda mavjud bo‘lgan ixtiyoriy kompyuter boshqa ko‘plab kompyuterlar bilan bog‘langan bo‘ladi va bunday bog‘lanish Net (tarmoq) deb ataladi.
    Informatsion nuqtayi nazardan esa Internetda e’lon qilingan har bir elektron hujjat tarmoq­dagi bir nechta hujjatlar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi mumkin va yagona informatsion muhitni tashkil qiluvchi bunday bog‘liqlik Web (to‘r) deb ataladi.



    Download 182,05 Kb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




    Download 182,05 Kb.