Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Mikroprotsessor tizimli plataga qanday o‘rnatiladi?
2. Tezkor xotira qurilmasi (RAM) tizimli plataga qanday o‘rnatiladi?
3. Tizimli plataga ko‘pi bilan nechta RAM o‘rnatish mumkin?
4. Tizimli plataga ko‘pi bilan nechta HDD o‘rnatish mumkin?
5. Tarmoq qurilmalarini ulash uchun kompyuterda qanday moslamalar bo‘lishi lozim?
6. Qo‘shimcha videokarta kompyuterga qanday ulanadi?
AMALIY ISH №4.
REGISTRNI TOZALASH DASTURI BILAN ISHLASH
Ishning maqsadi.
Talabalarda registrni tozalash dasturi bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikma hosil qilish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Kompyuter dasturlarining ko‘p marta o‘rnatilishi va o‘chirilishi, shuningdek, hisoblash ma’lumotlaridan noto‘g‘ri foydalanish hisobiga registrning to‘lib qolish hodisasi uchrab turadi. Bu holar kompyuterning sekin ishlashiga ham sabab bo‘ladi. Tajribali foydalanuvchilar bunday sharoitda maxsus dastur vositasida kompyuter registrini jadval asosida muntazam tozalab turishadi.
Registrni tozalash uchun juda ko‘plab dasturiy vositalardan foydalanish mumkin. Bunday dasturlardan biri Wise Registry Cleaner 7 dasturidir.
Bu dastur yordamida registrni siqish va tozalash, shuningdek, sistemani optimizatsiyalash ishlarini juda oson bajarish mumkin. Dastur haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun ushbu http://www.wisecleaner.com saytiga murojaat qilish mumkin.
Registrni tozalash ishlarini bajarishdan oldin dasturning o‘zi rasmda ko‘rib turganingizdek, 16 ta masala bo‘yicha holatni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi, buning uchun dastur oynasidagi “Сканировать” buyruq tigmasini bosish kifoya.
Dastur oynasida uchta sahifa mavjud bo‘lib, ular “Очистка реестра”, “Оптимизация системы” va “Сжатие реестра” deb ataladi.
Shunday qilib, “Сканировать” buyrug‘i berilgach, dastur avtomatik ravishda registrlarda mavjud bo‘lgan xatoliklarni izlashga tushadi va natija quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi (bizning misolda 1126 ta xatolik topilgan):
Topilgan xatoliklarni bartaraf etish uchun endi “Очистка” buyrug‘ini ishlatamiz. Natijada ish to‘liq bajarilganligi haqida muloqot oynasida xabar beriladi.
Bu dasturni ishga tushirish uchun Total Commander 8.01 ning instrumentlar satridan maxsus belgiga murojaat qilish mumkin.
|