• AMALIY ISH №3. TIZIMLI BLOKNI TARQATISH VA YIG‘ISH. TIZIMLI PLATA BILAN ISHLASH Ishning maqsadi.
  • Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
  • Nazorat uchun savol va topshiriqlar




    Download 182,05 Kb.
    bet38/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
    1. Mikroprotsessor tizimli plataga qanday o‘rnatiladi?
    2. Tezkor xotira qurilmasi (RAM) tizimli plataga qanday o‘rnatiladi?
    3. Tizimli plataga ko‘pi bilan nechta RAM o‘rnatish mumkin?
    4. Tizimli plataga ko‘pi bilan nechta HDD o‘rnatish mumkin?
    5. Tarmoq qurilmalarini ulash uchun kompyuterda qanday moslamalar bo‘lishi lozim?
    6. Qo‘shimcha videokarta kompyuterga qanday ulanadi?
    AMALIY ISH №3.


    TIZIMLI BLOKNI TARQATISH VA YIG‘ISH. TIZIMLI PLATA BILAN ISHLASH


    Ishning maqsadi.
    Talabalarda kompyuter qismlarini yig‘ish, ya’ni uning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini ulash bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish.


    Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
    Kompyuter qismlari orasida tizimli blok foydalanuvchida o‘ta ehtiyotkorlik bilan ishlashni talab etuvchi qism hisoblanadi.

    Tizimli blokni tarqatishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilish maqsadga mufoviq sanaladi:


    1. Tizimli blokdan klaviatura, sichqoncha va monitor kabellari yechiladi;


    2. Agar kolonka va UPS qurilmalar ulangan bo‘lsa, ular ham ajratiladi;


    3. Tizimli blokning bir tomonidagi qopqoq yechiladi;


    4. USB-port simlari tizimli platadan ajratiladi.


    5. HDD va Motherboardni ulab turuvchi kabel yechib olinadi;


    6. HDD yechiladi;


    7. CD-ROMga ulangan maxsus kabellar yechiladi;


    8. CD-ROM yechiladi;


    9. Cooler yechiladi;


    10. CPU olinadi;


    11. RAM yechiladi;


    12. Elektrota’minot bloki va tizimli plata o‘zaro ajratiladi;


    13. Elektrota’minot bloki korpusdan yechiladi;


    Tizimli plata bilan ishlashda avvalo uning maxsus elementlari haqida aniq tasavvur va naza­riy bilimlar zarur bo‘ladi. Tizimli platalar bir-biridan modellari bilan farq qiladi.

    Tizimli platani xarakterlovchi asosiy kattaliklar mavjud, masalan, soket tipi, chipset, shina­lar chastotasi, RAM tipi, slotlar va razyomlar (PCI, PCI Express, SATA, IDE, USB) soni, integrallashgan audio, video va tarmoq kartalari, form-faktor shular jumlasidandir.



    Download 182,05 Kb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




    Download 182,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat uchun savol va topshiriqlar

    Download 182,05 Kb.