Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Tizimli blokda joylashuvchi qurilmalar haqida ma’lumot bering.
2. Tizimli plataga o‘rnatiladigan qurilmalar haqida ma’lumot bering.
3. Kompyuterning kiritish-chiqarish qurilmalari haqida ma’lumot bering.
4. Kompyuter axborot tashuvchi qurilmalari haqida ma’lumot bering.
5. Kompyuter tarmoq qurilmalari va ularning vazifasi?
AMALIY ISH №2.
SHAXSIY KOMPYUTERNI YIG‘ISH: UNING ASOSIY VA QO‘SHIMCHA QURILMALARINI ULASH
Ishning maqsadi.
Talabalarda kompyuter qismlarini yig‘ish, ya’ni uning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini ulash bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Umuman olganda, kompyuter qismlarini yig‘ish ma’lum ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi. masalan:
tizimli blok yig‘iladi;
tizimli blokka monitor ulanadi;
tizimli blokka klaviatura ulanadi;
tizimli blokka sichqoncha ulanadi;
tizimli blokka elektr kabeli ulanadi.
O‘z navbatida tizimli blok elementlarini yig‘ish ham o‘ziga xos ketma-ketlikni talab etadi, masalan:
tizimli blok korpusi (case) tanlanadi;
elektrota’minot bloki korpusga qotiriladi;
korpusga tizimli plata o‘rnatiladi;
elektrota’minot bloki va tizimli plata o‘zaro ulanadi;
tizimli plataga (soketga) mikroprotsessor o‘rnatiladi;
mikroprotsessor ustidan sovituvchi krem surtiladi;
krem ustidan kuler (cooler) qotiriladi;
RAM o‘rnatiladi;
HDD korpusga o‘rnatiladi;
HDD va tizimli plata o‘zaro ulanadi;
CD-ROM korpusga joylashtiriladi;
CD-ROM, elektr simi va HDD o‘zaro ulanadi;
USB-port simlari tizimli plataga ulanadi.
Bittadan tanlab olingan qurilmalarni tizimli blokka yig‘ish standart holda mana shundan iboratdir. Ta’kidlash joizki, bir tizimli plataga uning imkoniyatiga qarab, ikkita HDD, ikkita RAM yoki ikkita kompakt disk yurituvchini ulash mumkin.
|