• Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
  • Muallif. Amaliy matematika va informatika kafedrasi 13.08.2017 AMALIY ISH №1




    Download 182,05 Kb.
    bet36/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    Muallif.
    Amaliy matematika va informatika kafedrasi

    13.08.2017


    AMALIY ISH №1.


    SHAXSIY KOMPYUTER APPARAT JIHOZLARI VA ULARNING JOYLASHUV O‘RNI BILAN TANISHISH, FUNKSIYALARINI O‘RGANISH


    Ishning maqsadi.
    Talabalarda kompyuter qismlarining joylashuv o‘rni va ularning funksiyalarini o‘rganish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish.


    Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
    Zamonaviy kompyuterlar ko‘rinishi jihatidan turli sinflarga ajratiladi:
    1. Ko‘p blokli kompyuterlar;
    2. Monoblok kompyuterlar;
    3. Portativ kompyuterlar;
    Ko‘p blokli kompyuterlar odatda “statsionar kompyuterlar” yoki “stol kompyuterlari” deb ham ataladi va ko‘rinishi jihatidan quyidagi bloklarni o‘zida mujassamlashtiradi:
    1) klaviatura;
    2) sichqon manipulyatori;
    3) monitor;
    4) tizimli blok.
    Tizimli blok tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi:
    • Elektr ta‘minoti bloki (kompyuterning har bir qurilmasi uchun elektr kuchlanishni belgilan­gan me’yorda taqsimlab beruvchi qurilma);


    • Tizimli plata (CPU, RAM, BIOS va boshqa kontrollyorlarni o‘zida mujassamlashtirgan yassi shakldagi asosiy qurilma);


    • Mikroprotsessor (ikkilik ko‘rinishdagi axborot ustida arifmetik va mantiqiy hisoblashlar olib borishga mo‘ljallangan asosiy qurilma);


    • Kuler (CPUni sovitib turish uchun mo‘ljallangan ventilyator tipidagi qurilma);


    • Tezkor xotira (kompyuter ishlash mobaynida mikroprotsessor qayta ishlayotgan axborotni vaqtincha saqlab turishga mo‘ljallangan xotira);


    • Vinchester (operatsion sistema va foydalanuvchining ma’lumotlari fayl ko‘rinishida saqla­nadigan diskli xotira va uni yuritadigan qurilma).


    Bulardan tashqari, tizimli blok ichida optik disklar: CD va DVD larni o‘qiydigan va ularga ma’lumot yozadigan qurilmalar, videoplata, Internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun’iy yo‘ldosh televideniyesini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o‘xshash jihozlar joylashishi mumkin.


    Kompyuterga ulanadigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, joystik, ovoz kuchaytir­gich, mikrofon, printer, skaner, foto va video kamera, mobil telefon, flesh xotira, tashqi vinchester, mahalliy kompyuter tarmog‘i, Internetga ulanish kabeli va boshqa shunga o‘xshash qurilmalar tizimli blokka uning old va orqa tomoniga chiqarilgan ulanish nuqtalari (port)ga ulanadi.
    Kompyuterga tarkibiga kiruvchi qurilmalar joylashuviga ko‘ra to‘rt toifaga bo‘linadi:
    • joylangan (встроенный) qurilmalar;


    • ichki qurilmalar;


    • tashqi qurilmalar;


    • qo‘shimcha qurilmalar.




    Joylangan qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi, ular mikroprotsessor (CPU), tezkor xotira qurilmasi (RAM), doimiy xotira qurilmasi (ROM), audio va video xaritalar hamda shunga o‘xshash boshqa qurilmalardir.
    Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy plataga ulanadi va kompyuterning tizimli bloki ichida joylashgan bo‘ladi, ularga vinchester (HDD), kompakt disk yurituvchi (CD-ROM), USB-port va shunga o‘xshash qurilmalardir.
    Tashqi qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kiruvchi va tizimli blokdan tashqarida joylashgan qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, monitor, printer, flesh xotira, ovoz kuchaytirgich kabi qurilmalarga aytiladi.
    Qo‘shimcha qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kirmaydigan va tizimli blokdan tashqarida joylashgan qurilmalar: proyektor, skaner, videokamera va boshqalarga aytiladi.



    Download 182,05 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




    Download 182,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muallif. Amaliy matematika va informatika kafedrasi 13.08.2017 AMALIY ISH №1

    Download 182,05 Kb.