|
Diskda bo‘limlarni tashkil qilish
|
bet | 41/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университетиDiskda bo‘limlarni tashkil qilish. Qattiq diskda yaratilgan bo‘limlar turli xil fayl sistemalarining quvvatlanishini ta’minlaydi, ulardan har biri diskning ma’lum bo‘limida joylashadi.
Har bir fayl tizimida klasterlar yoki xotiraning yagona bloklari deb ataladigan, mantiqiy element bo‘yicha fayl egallaydigan maydonni taqsimlashga imkon beradigan aniq bir usuldan foydalaniladi. Qattiq diskda bo‘limlar soni bittadan to‘rttagacha bo‘lishi mumkin, ulardan har biri bir yoki bir necha tipdagi fayl tizimlarini quvvatlaydi. Bo‘limlar yaratilgandan so‘ng operatsion tizim vositalari yordamida yuqori darajali formatlashni bajarish kerak.
Yuqori darajali formatlash. Bu jarayonda operatsion sistema ma’lumotlar va fayllar bilan ishlash uchun strukturani yaratadi. Har bir bo‘limga (mantiqiy disk) tomning yuklash sektori (Volume Boot Sector – VBS), fayllar joylashuvi jadvalining ikki nusxasi (FAT) va o‘zak katalog (Root Directory) kiritiladi.
Bu ma’lumotlar strukturasi yordamida operatsion sistema disk maydonini taqsimlaydi, fayllar joylashuvini kuzatadi va diskdagi nosoz joylarni aylanib o‘tadi.
Yuqori darajali formatlash – bu formatlash emas, balki fayllar joylashuvining jadvali va disk mundarijasining yaratilishidir.
Haqiqiy formatlash – bu quyi darajali formatlash bo‘lib, bunda disk yo‘lak va sektorlarga bo‘linadi. Qattiq diskni quyi darajali formatlash uchun maxsus dastur zarur bo‘ladi.
Operatsion sistemaning ichki maxsus dasturi yordamida qattiq diskning OS o‘rnatilmagan istalgan mantiqiy bo‘lagini formatlash mumkin. Ammo OS o‘rnatilgan C: diskni formatlash faqat OS yangidan o‘rnatilayorga paytda amalga oshirilishi mumkin. Aks holda sistema ishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Quyi va yuqori darajali formatlash usullari bir-biridan qanday farq qiladi?
2. Qattiq diskning mantiqiy bo‘lagini formatlash uchun nima qilish kerak?
3. Axborot tashuvchilarni formatlash uchun qanaqa dasturlar mavjud?
4. Sistema o‘rnatilgan C: diskni formatlash qanday sharoitda amalga oshiriladi?
5. Registrlarni tozlashga oid yana qanday dasturlarni bilasiz?
LABORATORIYA
ISHLARI
|
| |