• Qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • Masalaning qo‘yilishi
  • Topshiriqlar
  • I ma’ruza mavzulari




    Download 182,05 Kb.
    bet49/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    LABORATORIYA ISHI №5.


    QATTIQ DISKNI FORMATLASH, MANTIQIY BO‘LAKLARGA BO‘LISH VA YIG‘ISH


    Ishning maqsadi
    Kompyuter qattiq diski bilan ishlash bo‘yicha talabalarning amaliy bilimlarini mustahkam­lash va ularda ko‘nikma hosil qilish.


    Qisqacha nazariy ma’lumotlar
    Kompyuter qattiq diski agar bir nechta mantiqiy bo‘laklardan iborat bo‘lsa, u holda odatda C: diskda operatsion sistema joylashgan bo‘ladi. Qolgan mantiqiy disklar esa foydalanuvchining boshqa ma’lumotlari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
    Demak, foydalanuvchi, C: dan boshqa barcha mantiqiy disklarni o‘z xohishiga ko‘ra format­lashi mumkin. Bunda joriy operatsion sistemaning ichki buyrug‘idan foydalanishi yoki boshqa utilitalardan foydalanishi mumkin. Ta’kidlash joizki, formatlaganda barcha ma’lumotlar o‘chiriladi, foydalanuvchi diskni formatlayotganda mana shu masalada himoya chorasini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Lekin C: mantiqiy bo‘lakni formatlash yangi operatsion sistemani o‘rnatish uchun amalga oshiriladi va bunda ham tajribasiz foydalanuvchi C: ni formatlashga harakat qilmasligi lozim.
    Agar qattiq disk mantiqiy bo‘laklarga ega bo‘lmasdan faqat bitta C: diskning o‘zidan iborat bo‘lsa, u holda qattiq diskni zaruriyatdan kelib chiqib bir nechta mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Buni operatsion sistemani yangidan o‘rnatayotgan paytda yoki umuman keyin ham maxsus utilitalar yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Masalan, bunday utilitalar sirasiga EasyBCD, Victoria, EasyUS_Part_MasterHDD, AcronisDisk kabi dasturlarni kiritish mumkin.


    Masalaning qo‘yilishi
    1. Maxsus utilita yordamida C: disk ikkita mantiqiy bo‘lakka (C: va D: ga) ajratilsin.
    2. OS ning ichki buyrug‘idan foydalanib, D: disk formatlansin.


    Ishni bajarish tartibi
    1. AcronisDisk dasturini o‘rnatamiz.
    2. Dasturni ishga tushiramiz (1-rasm).

    1-rasm. AcronisDisk utilita oynasi.
    3. Bu dastur oynasidan kerakli diskni tanlab “Изменить размер тома” bo‘limiga o‘tamiz va ishni shu bo‘lim orqali amalga oshiramiz (2- rasm).
    2-rasm. G: mantiqiy diskni bo‘laklarga ajratish.
    Bizning misolda diskning maksimal sig‘imi 3,75 GB teng bo‘lib, uni ikkita: 1,60 GB va 2,145 GB ga bo‘lish ko‘zda tutilgan. Amalni bajarib bo‘lgandan so‘ng “Выполнить” buyruq tug­masini bosib jarayonni yakunlaymiz.

    Umuman, bu dastur vositasida biz disk ustida turlicha amallarni oson bajarishimiz mumkin, masalan, diskni formatlash, uni istalgan o‘lchamda bo‘laklarga bo‘lish, mantiqiy disklarni birlash­tirish, disk nomi va tipini o‘zgartirish shu kabi amallar sirasiga kiradi.




    Topshiriqlar:
    1) Diskni formatlashning turli usullari haqida ma’lumot tayyorlansin.
    2) Diskni bir nechta mantiqiy disklarga ajratish haqida ma’lumot tayyorlansin.
    3) Bir nechta mantiqiy diskni bitta diskka yig‘ish haqida ma’lumot tayyorlansin.



    Download 182,05 Kb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




    Download 182,05 Kb.