• Qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • I ma’ruza mavzulari




    Download 182,05 Kb.
    bet50/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    LABORATORIYA ISHI №6.


    REGISTRNI TOZALASH. QATTIQ DISKNI KERAKSIZ FAYLLARDAN TOZALASH, DEGRAGMENTATSIYA QILISH, VIRUSDAN TOZALASH


    Ishning maqsadi
    Kompyuter qattiq diskini keraksiz fayllardan tozalash va registrni tozalash dasturlari bilan ishlash bo‘yicha talabalarning amaliy bilimlarini mustahkamlash va ularda ko‘nikma hosil qilish.


    Qisqacha nazariy ma’lumotlar
    Kompyuter ishlashini tezlashtirish, disklarni defragmentatsiya qilish, xotira va vinchester­larni tekshirish, qisqa qilib aytganda, kompyuterni optimizatsiya qilish uchun ko‘p foydalanuvchilar bir nechta dasturlardan foydalanishadi. Haqiqatan ham, kompyuterni optimizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan dasturlar bugungi kunda juda ko‘p, shunday dasturlardan biri “TuneUp Utilities” dasturidir.

    Bu dastur Windows tizimini sozlash va optimizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, bir necha utilitlarni o‘zida jamlagan, muloqot interfeysi bir nechta tillarga asoslangan kuchli utilita hisob­lanadi. Bu utilita quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi mumkin:


    • disklar bilan ishlash;


    • avtozagruzkalarni boshqarish;


    • keraksiz fayllarni o‘chirish;


    • dasturlarni o‘chirish;


    • registrlar bilan ishlash.


    Utilita Windows 95 operatsion sistemasidan boshlab keyingi barcha versiyalarda ishlaydi. Uning rus tilidagi versiyasini o‘rnatib, qiyinchiliksiz o‘z tizimingizni sozlashingiz mumkin bo‘ladi. Eng asosiysi, optimizatsiya uchun kerakli ko‘p funksiyalar stabil ishlashidadir. TuneUp utilitasini o‘rnatsangiz, quyidagi TuneUp utilitalar avtomat o‘rnatiladi va har birini alohida ishlatishingiz mumkin bo‘ladi:


    1. TuneUp 1-Click Maintance (Быстрое решение проблем) – registrni tozalash, diskni de­fragmentatsiya qilish, kerak bo‘lmagan obyektlar va vaqtinchalik fayllarni o‘chirish kabi vazifalarni bajarish kerak yoki kerak emasligini tekshirib chiqadi va bitta Click orqali barcha vazifalarni ishga tushirishingiz mumkinligini ko‘rsatadi.

    2. TuneUp Gain Disk Space – vaqtinchalik va kerakmas fayllarni o‘chirish.



    3. TuneUp Registry Cleaner – Windows registrini tozalash.
    4. TuneUp Registry Defrag – Windows registrini defragmentatsiya qilish.
    5. TuneUp Shortcut Cleaner – keraksiz “ярлык”larni o‘chirish.
    6. TuneUp Drive Defrag – disklarni defragmentatsiya qilish.
    7. TuneUp StartUp Optimizer – Windows jarayonlarini ishga tushish va ularning ishini to‘xtatish funksiyalarini optimizatsiya qilish.
    8. TuneUp Disk Doctor – qattiq diskning mantiqiy xatolarini topadi.
    9. TuneUp Repair Wizard – Windowsning umumiy muammolarini yechadi.
    10. TuneUp Undelete – o‘chgan fayllarni imlon qadar qayta tiklaydi.
    11. TuneUp StartUp Manager – Windows dasturlarini avtomatik ishga tushishini ta’minlash uchun ularni avtozagruzakada yozish vazifasini bajaradi.
    12. TuneUp Styler – Windows oynalarining umumiy ko‘rinishini o‘zgartiradi.
    13. TuneUp System Control – tizim sozlashlarini amalga oshiradi.
    14. TuneUp Uninstall Manager – dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish bilan shug‘ullanadi.
    15. TuneUp Disk Space Explorer – tizim administratoriga qattiq disk haqida ma’lumot be­radi (grafik ko‘rinishda).
    16. TuneUp Process Manager – “Диспетчер задач” o‘rnida ishlatish mumkin (vazifalarni ko‘rish).
    17. TuneUp Registry Editor – registrlar bilan ishlash (topish, o‘chirish…).
    18. TuneUp Shredder – fayllarni umuman tiklab bo‘lmaydigan darajada o‘chirish.
    19. TuneUp System Information – butun tizim va qurilmalar haqida ma’lumot beradi.
    20. TuneUp Optimization Report – hisobotlar tayyorlaydi.
    21. TuneUp Rescue Center – boshqa utilitlar orqali qilingan o‘zgartirishlarni, o‘z holiga qaytarishni amalga oshiradi.
    22. TuneUp Update Wizard – Internet orqali utilitning yangi versiyalarini qidiradi.
    Ko‘rib turganingizdek juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshiradi. Bitta shu utilit orqali butun tizimni sozlash, boshqarish, hisobotlarni statistika uchun ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.



    Download 182,05 Kb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




    Download 182,05 Kb.