• Topshiriqlar
  • Qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • I ma’ruza mavzulari




    Download 182,05 Kb.
    bet47/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    Masalaning qo‘yilishi
    DirectX dasturi orqali kompyuter ekranining parametrlari haqida ma’lumot tayyorlansin.


    Ishni bajarish tartibi.
    1. DirectX ni ishga tushiring.
    2. DirectX oynasining “Экран” sahifasiga o‘ting.
    3. Sahifada aks etgan ma’lumotlarni o‘qing va boshqa usullar bilan tekshirib ko‘ring.


    Topshiriqlar:
    1) DirectX dasturi orqali audio qurilmalar haqida ma’lumot tayyorlansin.
    2) DirectX dasturi orqali axborot kiritish qurilmalari haqida ma’lumot tayyorlansin.
    LABORATORIYA ISHI №4.


    OPERATSION SISTEMANI BOSHLANG‘ICH YUKLASH TARTIBINI O‘ZGARTIRISH. BIOS PARAMETRLARI BILAN TANISHISH


    Ishning maqsadi
    Talabalarda BIOS parametrlari bilan ishlash va shu jumladan operatsion sistemani kompyuterga o‘rnatish uchun boshlang‘ich yuklash tartibini o‘zgartirish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilish.


    Qisqacha nazariy ma’lumotlar
    Ma’lumki, kompyuter qurilmalarining nazorati BIOS deb ataluvchi mikrodastur yordamida boshqariladi. Ko‘p hollarda kompyuter qurilmalarida nosozlik vujudga keladi. Bunga sabab quril­malarning o‘zi yoki dasturiy ta’minotdagi xatolik bo‘lishi mumkin. Asosiy muammo tizimli dastur­lardan kelib chiqadi, ya’ni OS, drayverlar yoki boshqa servis dasturlarning birortasidagi salbiy o‘z­garishlar kompyuter qurilmalarining nosoz ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham kompyuter konfiguratsiyasidagi o‘zgarishlar BIOS taqdimotida saqlanib qoladi va buni aniqlash yoki tuzatish uchun SETUP dasturiga murojaat qilinadi.
    SETUPga kirish statsionar kompyuterlar hamda noutbuklarda turlicha klavishlar yordamida amalga oshiriladi.
    Statsionar kompyuterlarda SETUPga kirish odatda quyidagicha bo‘ladi:
    1) kompyuter ishga tushiriladi, ya’ni “Power” tugmasi bosiladi;
    2) darhol asosiy klaviaturadagi [Delete] klavishi bosiladi.
    3) natijada ekranda SETUPga “yo‘l olinganligi” haqidagi xabar paydo bo‘ladi va birozdan so‘ng SETUPga kiriladi. Agar SETUPga kirish parol bilan himoyalangan bo‘lsa, u holda yuzaga kelgan muloqot panelidagi matn maydoniga parolni terish zarur bo‘ladi.
    Biz professional darajadagi foydalanuvchi bo‘lmaganimiz uchun SETUPda kompyuter kon­figuratsiyasini o‘zgartirish xavfli bo‘lishi mumkin, shu bois, boshlang‘ich ishimiz xavfsiz harakat­larni amalga oshirishdan iborat bo‘lishi lozim, masalan, operatsion sistemani boshlang‘ich yuklash tartibini o‘zgartirish.
    Ishni IDEAPAD oilasiga mansub LENOVO_MT_20236 v.G500 portativ kompyuterida olib boramiz.



    Download 182,05 Kb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




    Download 182,05 Kb.