|
I ma’ruza mavzulari
|
bet | 48/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университетиMasalaning qo‘yilishi
Kompyuterga operatsion sistemani o‘rnatish uchun SETUP orqali sistemani boshlang‘ich yuklash tartibini o‘zgartirish.
Ishni bajarish tartibi
1. Kompyuter ishlab turgan bo‘lsa, uni o‘chiramiz.
2. Kompyuterni qayta ishga tushiramiz va OS yuklanish jarayoni boshlanmay turib, BIOSga kirish uchun [F2] klavishni bosishga yoki [Fn] + [F2] klavishlar birikmasini ishlatishga ulgurishimiz lozim.
3. Natijada BIOS ma’lumotlar oynasiga kiramiz va uning menyular satridan Boot sahifasini topib, uning ustida Clickni ishlatamiz (1-rasm).
4. Agar bu sahifaning birinchi “Boot Mode” satriga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uning qiymati joriy tartibga ko‘ra “UEFI” da turibdi. Uning qiymatini o‘zgartirishga harakat qilamiz. Buning uchun “UEFI” qiymati ustida [Enter] ni ishlatamiz va yuzaga kelgan qalqib chiquvchi menyudan “Legacy Support” qiymatini tanlaymiz. Natijada bu sahifadagi satrlar orasiga yana bitta “Boot Priority” deb ataluvchi yangi satr qo‘shilganini ko‘ramiz. Joriy tartibga ko‘ra bu satrning qiymati “UEFI First” ga teng. Uni ham o‘zgartirishimiz lozim. Buning uchun “UEFI First” satri ustida yana [Enter] ni ishlatamiz.
1-rasm. BIOS ga boshlang‘ich kirish.
Yuzaga kelgan qalqib chiquvchi menyudan ikkinchi qiymatni, ya’ni “Legacy First” qiymatini tanlaymiz.
5. Bajarilgan o‘zgartirislarni saqlagan holda kompyuterni qayta yuklashimiz zarur. Buning uchun BIOS menyu satridagi “Exit” sahifasiga o‘tamiz. Bu sahifadagi “Exit Saving Changes” satrini topib, [Enter] ni bosamiz.
6. Kompyuter qayta ishga tushishi bilanoq qaytadan BIOS ga kirish klavishlarini bosamiz va BIOS ga kirib ko‘ramizki, bizga OSni boshlang‘ich yuklash uchun berilgan qurilmalardan birini, masalan, CD-ROM, USB-fleshka, Vinchestr kabi qurilmalardan birini tanlash imkoniyati mavjud (2-rasm).
2-rasm. “Boot Priority”ning qiymatini o‘zgartirish
7. Shunday qilib, operatsion sistemani yangidan o‘rnatish uchun bizga imkoniyat mavud bo‘ldi. Endi bu qurilmalardan ixtiyoriy biri orqali yangi operatsion sistemani o‘rnatishimiz mumkin. Qurilmani tanlash uchun [Fn] + [F5] yoki [Fn] + [F6] klavishlar birikmasidan foydalaniladi.
Topshiriqlar:
1) BIOS menyulari haqida ma’lumot tayyorlansin.
2) BIOS ga parol qo‘yish haqida ma’lumot tayyorlansin.
|
| |