|
Kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish
|
bet | 42/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университетиKompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish
2017-2018
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
|
|
}
|
Kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish
Laboratoriya ishlari
|
|
Norov Abdusaid Murodovich
Qarshi DU
E-mail: abdusaid-norov@umail.uz
|
Ushbu laboratoriya ishlari 5110700 – “Informatika o‘qitish metodikasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u Qarshi DU o‘quv-uslubiy Kengashining 2016-yil 29-avgustdagi №1-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish” fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlandi.
Talabalarni fanning zamonaviy muammolari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida operatsion sistema, BIOS, xotira qurilmalari, tarmoq konfiguratsiyasi bilan texnik xizmat ko‘rsatish masalalariga ushbu laboratoriya materiallari orasidan alohida o‘rin ajratildi.
O‘quv rejaga muvofiq mazkur fanning laboratoriya mashg‘ulotlari uchun 1- va 3-semestrlarda auditoriya hajmida 26 soat ajratilgan bo‘lib, bu materiallarni yoritishda xorijiy mamlakatlarda oxirgi yillarda nash etilgan o‘quv adabiyotlar hamda ilmiy maqolalardan samarali foydalanildi.
Muallif.
Amaliy matematika va informatika kafedrasi
13.08.2017
LABORATORIYA ISHI №1.
KOMPYUTERNING QISMLARINI AJRATISH VA YIG‘ISH, UNGA QO‘SHIMCHA QURILMALARNI ULASH
Ishning maqsadi.
Talabalarda kompyuter qismlarini ajratish va qayta yig‘ish, unga qo‘shimcha qurilmalarni ulash hamda dasturiy sozlash ishlarini amaliy bajarish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish.
|
| |