Disklarga xizmat ko‘rsatish




Download 182,05 Kb.
bet28/83
Sana01.06.2024
Hajmi182,05 Kb.
#258938
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Bog'liq
Қарши давлат университети

2. Disklarga xizmat ko‘rsatish.

Shaxsiy kompyuterlarning axborotlarni uzoq va ishonchli saqlovchi vositasi – bu magnit disklardir. Kompyuterlarning ishlash jarayonida tezkor xotira va disk qurilmasi o‘rtasida uzluksiz axborot almashinuvi amalga oshiriladi.


Disklarning yuqori sifatli tayyorlanganligiga qaramay, amalda kompyuter diskidagi axborot­larning buzilish hollari sodir bo‘lib turadi. Ba’zan esa diskning fayllar tizimida buzilishlar sodir bo‘ladi. Bu buzilishlar quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin:
  • diskning fizikaviy shikastlanishidan;


  • disk sirtining ifloslanishidan;


  • kompyuterning avariyali o‘chirilishidan;


Bundan tashqari fayllar joylashuvidagi o‘zgarishlar kompyuter ishlashini birmuncha sekin­lashtirishi mumkin.


Disklarni ishlatishda ko‘pincha fizikaviy va mantiqiy buzilishlar uchrab turadi va bular axborotlarning xato o‘qilishiga olib keladi.
Fizikaviy kamchiliklar mexanik ta’sirlar, magnit maydoninng ta’siri, magnit qatlamining eskirishi va boshka sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida ba’zi sektor va klasterlarni ishga yaroqsiz holga keltiradi va bunda holda faylni to‘lik tiklab bulmaydi.
Mantiqiy kamchiliklar diskning sistema sohasidagi zararlanish tufayli kelib chiqadi. Bularga bo‘limlar jadvali (табл. разделов), fayllar joylashuv jadvali (FAT), yuklovchi sektor (загрузочний сектор), kataloglar va boshqalar kiradi. Bunday buzilishlar tok manbaining to‘satdan o‘chirilishi, xato ishlovchi dasturlarning to‘xtab qolishi, kompyuter viruslari ta’sirida sodir bo‘lishi mumkin.
Disklarga xizmat ko‘rsatish deganda quyidagilar tushuniladi:
  • diskni kompyuterga o‘rnatish yoki kompyuterdan yechish;


  • diskni nuqsonli yoki benuqsonlikka tekshirish;


  • diskni virusga tekshirish;


  • diskni formatlash;


  • diskni tozalash;


  • diskni mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish;


  • diskning mantiqiy bo‘laklarini birlashtirish.


Buzilgan fayllar va disklarni tiklash uchun CHKDSK, SCANDISK, DEFRAG utilitlari va NDD dasturlari ishlatiladi.


Disklardan foydalanish vaqtida, ularning ish faoliyatlarida ayrim kamchiliklar yuzaga kela­di. Fayllarni yozish va o‘qish amallari bajarilmay qoladi, bu albatta disklarning fizik va mantiqiy buzilishlaridan kelib chiqadi. Disklardagi mantiqiy va fizik buzilishlarni davolash uchun Norton Disk Doctor (NDD) utiliti qo‘llaniladi.
NDD dasturi avtomatik tarzda disklarni tashxis qiladi va buzilgan disklarni davolaydi.
Diskka tashxis qo‘yish – diskning holatini har tomonlama tahlil qilish va ulardagi mantiqiy buzilishlarni aniqlashdir.
Tashxis jarayoni maxsus testlar orqali olib boriladi. Diskdagi buzilishlarni aniqlagani haqida NDD foydalanuvchiga ma’lumot beradi.
ScanDisk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllar­ning xatoliklarini aniqlaydi.
Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng ko‘pchilik fayllar fragmentlarga ajraladi va ular diskning har xil bo‘laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o‘qish va saqlash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to‘plash va ularni siqish jarayoni defragmentatsiya deb yuritiladi va bu jarayon fayllarni yozish va o‘qishni tezlashtirish imkonini beradi.
Fayllarni defragmentatsiya qilish – “Defragmentatsiya diska (Defrag)” dasturi yordamida amalga oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentatsiya oynasi ochiladi va defragmen­tatsiya jarayoni qanday kechayotgani dastur tomonidan foizlarda ko‘rsatib turiladi.



Download 182,05 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Download 182,05 Kb.