|
I ma’ruza mavzulari
|
bet | 24/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университетиSavol va topshiriqlar:
1.
|
Kompyuter dasturiy ta’minoti deganda nima tushuniladi va u qanday guruhlarga bo‘linadi?
|
2.
|
Tizimli dasturiy ta’minot va uning tashkil etuvchilari haqida ma’lumot bering.
|
3.
|
OS, uning turlari va vazifalari haqida ma’lumot bering.
|
4.
|
Servis dasturlar haqida ma’lumot bering.
|
5.
|
Texnik xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar haqida ma’lumot bering.
|
6.
|
OSga xizmat ko‘rsatish deganda nima tushuniladi?
|
Mavzu №9.
ZAMONAVIY OPERATSION SISTEMALAR
Reja:
1. Hozirgi kun iste’moldagi OSlar.
2. Windows NT oilasiga mansub operatsion sistemalar.
3. Windows 8.1 OS.
Tayanch tushunchalar: operatsion sistema; platforma; mobilga oid OSlar; Windows NT; Apple; MacOS; Windows 8.1; metro, charms bar.
1. Hozirgi kun iste’moldagi OSlar.
Hozirgi kunda kompyuterdan tortib zamonaviy elekton qurilmalarning aksariyati operatsion sistemalar bilan ta’minlangan holda faoliyat yuritadi. Bunday operatsion sistemalar bugungi kunda turli firmalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda va ular keng tarqalgan OSlar hisoblanadi. Ular jumlasiga, masalan, Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan macOS, iOS, watchOS kabi OSlar, Be korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan BeOS, BelA va Zeta kabi OSlar, Novell firmasining OpenSUSE va Open Enterprise Server kabi OSlarini kiritish mumkin. Microsoft firmasining Windows 7 dan Windows Embedded gacha bo‘lgan barcha OSlari ham bu ro‘yxatdan mustasno emas, albatta.
Shuningdek, mobil telefonlar uchun ishlab chiqilgan Android, iOS va Windows Mobile kabi OSlar allaqachon umumiste’moldagi OSlar qatoridan o‘rin olgan.
Zamonaviy operatsion sistemalar uchun bugungi kunda raqobatbardosh bo‘lish, ko‘p sonli foydalanuvchilar sferasini qamrab olish eng muhim masala.
Foydalanuvchilar operatsion sistemalarni tanlashda ularni o‘zaro qiyosiy tahlildan o‘tkazadilar va shunga qarab ulardan birini tanlashlari mumkin.
Masalan, operatsion sistemalarni qiyosiy tahlil qilishda ularni quyidagi parametrlar bo‘yicha tekshirib ko‘rishlari mumkin:
OS normal ishlashi uchun kompyuter qanday konfiguratsiyada bo‘lishi lozim?
OS virusdan fayllarni qay darajada himoyalay oladi?
OSni kompyuterga o‘rnatish jarayoni qanday kechadi?
OSni foydalanuvchi talabiga moslash jarayoni qiyin emasmi?
OSning barqaror rejimda ishlashi qay darajada?
OSning foydalanishla qulayligi qay darajada?
Operatsion sistemani tanlashda kompyuter mikroprotsessorining modeli, kompyuterdan qanday maqsadda foydalanilishi va unda qaysi amaliy dasturlar bilan ishlash masalasi alohida e’tiborga olinadi.
Masalan, Windows oilasiga mansub operatsion sistemalari Intel mikroprotsessori uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, MacOS oilasiga mansub operatsion sistemalar esa faqat Apple kompyuterlari uchun mo‘ljallangandir.
Oxirgi o‘n yil ichida zamonaviy OSlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar haqida tasavvurlar shakllanib bo‘ldi. Bunda standart sifatida Windows OS olindi.
|
| |