|
I ma’ruza mavzulari
|
bet | 26/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университети3. Windows 8.1 OS.
Windows 8.1 aslida MS Windows 8 operatsion sistemasining mantiqiy davomchisi sanaladi. Ma’lumki, Windows 8 operatsion sistemasi 2012-yilning oktabrida iste’molga chiqarilgan bo‘lib, u o‘zidan oldingi operatsion sistemalardan sensorli ekranlar bilan ishlash imkoniyatiga egaligi bo‘yicha alohida ajralib turadi. Windows 8.1 – operatsion sistemasi 2013-yilning oktabr oyida iste’molga chiqarilgan.
Demak, Windows 8 yoki Windows 8.1 operatsion sistemalari bilan nafaqat an’anaviy arxitekturali kompyuterlarda, balki sensorli ekran bilan ta’minlangan noutbuk, planshet kabi turli zamonaviy kompyuterlarda bemalol ishlash mumkin.
Windows 8/8.1 operatsion sistemalarining oldingi versiyadagi operatsion sistemalardan farqli ijobiy xususiyatlarini quyidagi bir nechta dalillar orqali ko‘rsatish mumkin:
ko‘p tilli muloqot interfeysiga ega;
x86, x86-64 va ARM platformali mikroprotsessorlar bilan o‘zaro muvofiq ishlay oladi;
Metro deb ataluvchi bosh ekran interfeys boshqaruvchisiga ega;
Windows ish stoli unda standart dastur-ilova singari tarkiblashtirilgan;
klassik ko‘rinishdagi Пуск menyusiga ega;
zarur bo‘lganda vizuallashtiriluvchi (inglizcha Charms bar deb ataluvchi) maxsus boshqaruv paneliga ega.
Hozirgi vaqtda Windows 8.1 operatsion sistemasining 32- va 64-bitli versiyalari parallel iste’molda bo‘lib, ularni o‘rnatishda kompyuter konfiguratsiyasiga nisbatan minimal tarzda talablar mavjud. Bu ko‘rsatkichlar quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan:
Arxitektura
|
32-bit
|
64-bit
|
Protsessor:
|
1 GHz takt-chastota
|
2 GHz takt-chastota
|
Tezkor xotira:
|
1 Gigabayt
|
2 Gigabayt
|
Qattiq disk:
|
16 Gigabayt bo‘sh joy
|
20 Gigabayt bo‘sh joy
|
Videadapter:
|
DirectX 9 va WDDM ni qo‘llab-quvvatlovchi.
|
Windows 8.1 ning yana bir qulaylik tomoni shundaki, u ko‘plab drayver bazasiga ega va bu drayverlarni kompyuter konfiguratsiyaga muvofiq avtomatik tarzda topib o‘rnatadi. Bu drayverlar aksariyat kompyuterlarning konfiguratsiyasiga mos keladi.
|
| |