Operatsion sistemaga xizmat ko‘rsatish




Download 182,05 Kb.
bet23/83
Sana01.06.2024
Hajmi182,05 Kb.
#258938
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
Bog'liq
Қарши давлат университети

3. Operatsion sistemaga xizmat ko‘rsatish.
Kompyuterdan yoki uning biror individual qurilmasidan samarali foydalanish uchun avvalo, OS va drayverlar to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lishi, ularning o‘zaro muvofiqlikda ishlashi birlamchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
OSni o‘rnatish foydalanuvchidan ma’lum darajada kompyuter savodxonligini talab qiladi. Negaki, OS o‘rnatilish mobaynida foydalanuvchi bir nechta so‘rovlarga mantiqan to‘g‘ri javob berishi kerak bo‘ladi, masalan:
1) OSni o‘rnatish uchun foydalanuvchi bevosita BIOSga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Demak, boshlang‘ich yuklash BIOS orqali qanday amalga oshirilishi haqida foydalanuvchi ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim;
2) OSni o‘rnatish kompakt disk yoki flesh disk yordamida amalga oshirilishi mumkin. Foydalanuvchi bu qurilmalarni avvalo tizimli diskka aylantirish, so‘ngra sistemani kompyuterga o‘rnatish bo‘yicha ular orasidagi farqni bilishi lozim;
3) interfeys tili ruscha bo‘lgan OSni kompyuterni o‘rnatish jarayoni odatda “автомати­ческий” va “ручной” deb ataluvchi ikki xil usulda amalga oshiriladi. Foydalanuvchi ulardan birini tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilishi lozim;
4) OSni o‘rnatish mobaynida qattiq diskning kerakli mantiqiy bo‘limini formatlash kerak bo‘ladi. Foydalanuvchi bilmasdan o‘zining ma’lumotlari turgan boshqa bo‘limni formatlab qo‘yishi mumkin;
5) o‘rnatilgan OSga xos drayverlarni to‘g‘ri o‘rnata olishi lozim;
6) OSni himoya qilish bilan bog‘liq barcha parametrlarni to‘g‘ri o‘rnata olishi lozim.
Shunday qilib, OSga xizmat ko‘rsatish deganda, quyidagi amallar tushuniladi:
1) OSni o‘rnatish;
2) OSga aynan mos keluvchi drayverlarni o‘rnatish;
3) OS fayllarini viruslardan himoyalash;
4) OSni qayta o‘rnatish (переустановка);
5) OS fayllarini qayta tiklash yoki OS ni yangilash (обновление);
6) Windows brandmauerini ulab qo‘yish;
7) Avtomatik yangilash (автоматическая обновления)ni ulab qo‘yish.
OSning zararlanishi uning tarkibidagi ba’zi tizimli fayllarning zararlanishi (virusga uchrashi, o‘chib ketishi va hk.) bilan xarakterlanadi. Demak, bunday sharoitda OSni qayta tiklash masalasi ko‘riladi va bu dastlabki o‘rnatishda foydalanilgan tizimli kompakt disk yoki fleshka yordamida amalga oshiriladi. Zararlanish darajasi yuqori bo‘lgan holatda qattiq diskni formatlash orqali OSni tubdan qayta o‘rnatish ham mumkin.



Download 182,05 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Download 182,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion sistemaga xizmat ko‘rsatish

Download 182,05 Kb.