• 3. Kuler va uning asosiy vazifasi.
  • 4. Mikroprotsessor va kulerga xizmat ko‘rsatish.
  • Mikroprotsessorni xarakterlovchi asosiy kattaliklar




    Download 182,05 Kb.
    bet20/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    2. Mikroprotsessorni xarakterlovchi asosiy kattaliklar.
    Mikroprotsessorni xarakterlovchi asosiy kattaliklar mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
    1) takt-chastotasi;
    2) yadrolari soni;
    3) razryadliligi;
    4) o‘rnatilgan kesh-xotirasi;
    5) soket (razyom);
    6) tizimli shina chastotasi.


    3. Kuler va uning asosiy vazifasi.
    Mikroprotsessor millionlab tranzistorlardan tarkib topgan bo‘lib, bu tranzistorlar juda katta intensivlik bilan ishlaydi va o‘zidan katta miqdorda issiqlik ajratib chiqaradi. Bunday sharoitda protsessor o‘ta qizib atrofidagi elementlarni eritib yubormaslik uchun unga maxsus sovitish tizimi o‘rnatiladi.
    Protsessor uchun mo‘ljallangan sovitish tizimi kuler deb ataladi va u ikki qismni tashkil etadi: radiator (alyuminiydan yasalgan) va unga mahkamlanadigan ventilyator.

    Demak, mikroprotsessor soketga o‘rnatilgach, uning sirtiga maxsus sovituvchi krem surtiladi. So‘ng krem ustidan radiator o‘rnatilib, oxirida ventilyator qo‘yiladi. Odatda radiator va ventilyator bitta blok singari bir-biriga mahkamlangan bo‘ladi va protsessordan ajratguncha qo‘lga birgalikda yechilib keladi.


    Kompyuter ishga tushirilganda tizimli blokning ichki qismida shovqin chiqaradigan o‘zi ikkita qurilma bor, ulardan biri kuler bo‘lsa, ikkinchisi vinchesterdir. Lekin ular yangi bo‘lsa va nuqsonsiz ishlayotgan bo‘lsa, bu tovushlar deyarli bizga sezilmaydi. Vaqt o‘tishi bilan kulerda yuz beradigan nosozlik mikroprotsessorga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


    4. Mikroprotsessor va kulerga xizmat ko‘rsatish.
    Mikroprotsessorga ko‘rsatiladigan eng birinchi xizmat – bu unga to‘g‘ri ishlovchi kulerning o‘rnatilganligidir.
    Mikroprotsessorni nazorat qilib turish, u haqda ma’lumot olish uchun maxsus dasturiy ta’minotlar mavjud, masalan, CPU-Z.
    Bunday dasturlar orqali mikroprotsessorning temperaturasi, unga o‘rnatilgan kesh-xotira xarakteristikasi, takt-chastota holati haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish va zarur bo‘lganda xatolik yuzaga kelmasdan oldin tegishli xavfsizlik choralarini ko‘rish mumkin.
    Odatda maxsus nazorat dasturlari shunday moslashtirilgan bo‘ladiki, mikroprotsessor temperaturasi ko‘tarilib, ma’lum qiymatga erishgach kompyuter avtomatik o‘chiriladi. Agar bu amalga oshirilmasa, mikroprotsessorning o‘zi va uning atrofidagi qurilmalar (elementlar) uchun xavfli vaziyat tug‘ilishi mumkin. Shu bois kompyuterning o‘chib qolishi kerak bo‘lmagan holatlarda maxsus dasturlar vositasida mikroprotsessorni sovitish tadbiri ham ko‘riladi.
    Kulerda yuz beradigan nosozlik asosan uning ventilyatori bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar kuchli chang va tashqi ta’sir natijasida ventilyator sekin aylanib qolsa yoki umuman to‘xtab qolsa, birinchi chora sifatida uning aylanish mexanizmi yog‘lanadi. Bu ko‘pga cho‘zilmaydi, albatta. Har holda uni yangisiga almashtirish uchun yetarli muddat xizmat qilishi mumkin.



    Download 182,05 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




    Download 182,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mikroprotsessorni xarakterlovchi asosiy kattaliklar

    Download 182,05 Kb.