• Topshiriqlar
  • LABORATORIYA ISHI №9. MIJOZ-SERVER TEXNOLOGIYASI BILAN TANISHISH. ADMINISTRATSIYA HOSIL QILISH. Ishning maqsadi.
  • Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
  • -kompyuter 2-kompyuter




    Download 182,05 Kb.
    bet54/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    1-kompyuter



    2-kompyuter

    IP-адрес:


    192.168.0.1


    192.168.0.2


    Маска подсети:


    255.255.255.0


    255.255.255.0


    Основной шлюз:


    192.168.0.1


    192.168.0.1


    Предпочитаемый DNS-сервер:


    192.168.0.1


    192.168.0.1


    Альтернативный DNS-сервер:


    To‘ldirilmaydi


    To‘ldirilmaydi


    Имя компьютера:


    Comp1



    Com2

    12. Shunday qilib, har ikkala kompyuter qayta yuklangach, ular o‘rtasida tarmoq hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin.

    Topshiriqlar:
    Quyida keltirilgan ikkita turli tipdagi qurilmalar o‘rtasida axborot almashishning turli usul­lari haqida ma’lumot tayyorlash:
    1) stol kompyuteri – noutbuk.
    2) noutbuk – noutbuk.
    3) noutbuk – mobil telefon.
    4) mobil telefon – stol kompyuteri.
    LABORATORIYA ISHI №9.


    MIJOZ-SERVER TEXNOLOGIYASI BILAN TANISHISH.
    ADMINISTRATSIYA HOSIL QILISH.


    Ishning maqsadi.
    Lokal tarmoqqa birlashgan kompyuterlar o‘rtasida server-mijoz munosabatlarini o‘rganish va tarmoq administratsiyasini hosil qilish bo‘yicha talabalarning amaliy bilimlarini mustahkamlash va ularda ko‘nikmalar hosil qilish.


    Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
    Mijozlarning HTTP-so‘rovlarini qabul qiluvchi serverlarni biz Web-serverlar deb ataymiz. Odatda mijozlar sifatida Web-brauzerlar qo‘llaniladi va ularga HTTP-javoblar bilan birgalikda HTML-sahifalar, tasvirlar, fayllar, media-oqimlar yoki boshqa ma‘lumotlar uzatiladi. Web-serverlar Web-saytning asosini tashkil qiladi.
    Web-server yuqorida qayd etilgan amallarni ta‘minlovchi dasturiy ta‘minotni ham bu dasturiy ta‘minot negizida ishlayotgan kompyuterni ham o‘z ichiga oladi. Mijozlar Web-serverga yagona resurs ko‘rsatuvchisi: URL-adres bo‘yicha kerakli Web-sahifaga yoki serverda joylashgan boshqa resursga kirish huquqini oladi.
    Internet olamida hozirgi vaqtda bir necha yuzlab milliondan ortiq Web-serverlar faoliyat yuritmoqda. Ular ichida Apache kompaniyasining Apache HTTP serveri keng ommalashgan.
    Apache HTTP-serverining paydo bo‘lishi Internet tarmog‘ining taraqqiyotini stumillashtirib turishi uchun asosiy vosita hisoblanadi. Apache Netspage Communications (hozirgi vaqtda SUN JAVA system Web-server) firmasining Web-serveriga muqobil bepul birinchi Web-server hisobla­nadi. Dastur ko‘plab platformalar: Unix, FreeBSD, Linux, Solaris, Novell Netware, MacOSX, MS Windows va boshqalarda ishlaydi.
    Apache ochiq dastur kodi bilan bepul tarqatiladigan dasturiy ta‘minot bo‘lib, jahonning turli burchaklaridagi dastur tuzuvchilarning dasturni yaxshilash jarayonida qatnashishini va qo‘shimcha ustqurma ishlab chiqaruvchilar va ular yordamida aniq bir maqsad uchun mo‘ljallangan maxsus funksiyani bajarish imkonini beradi.
    Bir vaqtning o‘zida bir necha tugunlarga xizmat ko‘rsatish uchun bir nechta Web-serverdan foydalanish imkoniyati administratorga qulaylik tug‘diradi. Hozirgi vaqtda Apache ishlab chiqaruv­chilar uchun moljallangan turli yechimlar to‘plamiga kiradi. Masalan, fayllar almashishishda foyda­lanuvchi o‘zining shaxsiy kompyuterida dasturning nusxasini o‘rnatadi. Hujjatlarni aniq bir papka­ga joylashtirish orqali Web-server tomonidan yaratilgan sahifaga kirgan barcha foydalanuvchiga ochiq ko‘rinadigan qiladi.
    Mijoz-server tizimlarini dastirlash uchun ikki xil yondoshuv mavjud:
    • ikki bo‘g‘inli arxitektura asosida qurish;


    • uch bo‘g‘inli arxitektura asosida qurish;


    Ikki bo‘g‘inli arxitektura mijoz va server qismidan iborat bo‘ladi. Qoidaga binoan, server qismi MB serveri ko‘rinishida bo‘lib, unda umumiy ma’lumotlar joylashadi. Mijoz qismi esa MB serveri bilan bog‘lanadigan, unga so‘rovlar yuboradigan va javoblar oladigan dasturlardan iborat.


    Bunday tizimlar lokal tarmoqlarda, ya’ni mijoz qismini o‘rnatish qiyinchilik tug‘dirmaydi­gan tarmoqda qo‘llaniladi. Shuningdek, bunday arxitekturaga ega tizimlar xavfsizroq sanaladi, chunki ma’lumotlarni uzatishda boshqalarga noma’lum bo‘lgan xos protokollardan foydaniladi.
    Katta auditoriyaga mo‘ljallangan axborot tizimlarini yaratishda ikki bo‘g‘inli arxitekturani qo‘llashda muammo tug‘iladi. Birinchidan, foydalanuvchiga mijoz qismi bo‘lishi shart, ikkinchi­dan, tajribasiz foydalanuvchi mijoz qismini foydalanish uchun sozlay olmaydi. Shunung uchun so‘nggi yillarda uch bo‘g‘inli arxitektura asosida ishlaydigan dasturlar yaratilmoqda.
    Uch bo‘g‘inli arxitektura ham ikki qismdan iborat: mijoz va server qismlari. Biroq, bu arxitekturaning server qismi dasturlar serveri va ma’lumotlar bazasi serverlaridan iborat bo‘ladi.
    Mijoz vazifasini Web-brauzer bajaradi. Bunday tizim foydalanuvchi uchun juda oddiy hi­soblanadi. Mijozning serverga so‘rovlarni uzatishi CGI-interfeys vositalar yordamida amalga oshiri­ladi. Dasturlar serveri MB serveri bilan konkret axborot tizimi qanday vositalar asosida qurilganli­gini e’tiborga olgan holda boshqa interfeysdan foydalanib muloqot qiladi. Bu arxitekturaning kam­chiligiga ma’lumot almashinuvida hammaga ma’lum protokollardan foydalanish kiradi. Buzg‘un­chilar mijoz so‘rovlarini o‘rganish, tekshirish orqali tizimni buza olishi mumkin.
    Mijoz-server dasturlarini yaratishda quyidagilarni hisobga olish lozim:
    • yaratilayotgan axborot tizimi qanday foydalanuvchilarga mo‘ljallangan?


    • xavfsizlikka qanday talab qo‘yiladi?


    Agar axboror tizimi ko‘pchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, uch bo‘g‘inli arxitekturadan foy­dalanish lozim. Agar axborot tizimi tashkilot ichida qo‘llanilsa, unga chekli sondagi foydalanuv­chilar ruxsat olsa, maksimal himoyalangan va xavfsiz tizim yaratish talab etilsa, ikki bo‘g‘inli arxi­tekturadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.




    Topshiriqlar:
    1. Mijoz kompyuterning tarmoqdagi imkoniyatlari haqida ma’lumot tayyorlansin.
    2. Server kompyuterning tarmoqdagi imkoniyatlari haqida ma’lumot tayyorlansin.
    3. Tarmoq administratori va uning imkoniyatlari haqida ma’lumot tayyorlansin.

    Download 182,05 Kb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




    Download 182,05 Kb.