|
I-variant Elektromexanik mashinalar davri hisoblash texnikasi rivojlanishining nechanchi davri?
|
Sana | 25.12.2019 | Hajmi | 18,08 Kb. | | #4832 |
Informatika fanidan 8-sinf o’quvchilari uchun tuzilgan 1-nazorat test savollari
I-variant
1. Elektromexanik mashinalar davri hisoblash texnikasi rivojlanishining nechanchi davri?
A) 1 B) 3 C) 4 D) 2
2. Hisoblash texnikasi rivojlanishining ikkinchi davri qanday ataladi?
A) Mexanik mashinalar B) Elektromexanik mashinalar
C) Elektron hisoblash mashinalari D) Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr
3. Insoniyatning birinchi tabiiy hisoblash vositasini aniqlang:
A) kompyuter B) mexanik mashina C) barmoqlar D) logarifmik lineyka
4. Birinchi mexanik mashinani loyihalashtirgan kim?
A)V.Shikkard B)Leonardo da Vinchi C)Blez Paskal D)G.Leybnis.
5. Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn qaysi fizik element uchun Nobel mukofotini olishgan?
A) elektron lampa B) integral sxema C) tranzistor D) batareyka
6. Birinchi elektron hisoblash mashinasi qachon yasalgan?
A) 1925 B) 1930 C) 1946 D) 1935
7. Birinchi elektron hisoblash mashinasini kim yasagan?
A) Odner B) Bush C) Mouchli, Ekkert D) Al-Xorazmiy
8. Uchinchi avlod elektron hisoblash mashinalarining asosiy elementini aniqlang.
A) integral sxema B) elektron lampa C) tranzistor D) katta integral sxema
9. Birinchi shaxsiy kompyuter qachon ishlab chiqarilgan?
A) 1973 B) 1975 C) 1977 D) 1963
10. Birinchi ommalashtirilgan shaxsiy kompyuter kim tomonidan ishlab chiqilgan?
A) Bill Geyts B) Blez Paskal C) Stiv Jobs D) Truong Trong Ti.
11. Kompyuter elektr tokidan uzilganda axborotni saqlab tura olmaydigan xotira turini aniqlang.
A) doimiy B) tezkor C) tashqi D) fleshka
12. Insonga kompyuterdan foydalanishda qulaylik beradigan qurilmalar qanday ataladi?
A) asosiy B) suyuqlikli C) qo’shimcha D) Hardware
13. Axborotlarni qog’ozga chiqarishga xizmat qiladigan qurilmani aniqlang.
A) printer B) klaviatura C) modem D) skaner
14. Quyidagilardan qaysi biri axborotni o’chirish va qayta yozish imkonini beradi?
A) CD-RW B) fleshka C) vinchester D) barchasi
15. Qaysi mantiqiy amal mos tushish sxemasiga mos keladi?
A) EMAS B) VA C) BIROQ D) YOKI
16. Qaysi mantiqiy amal natijasi qiymati mulohaza yolg’on bo’lgandagina rost bo’ladi?A) EMAS B) VA C) AMMO D) YOKI
17. Doimiy xotitaning vazifasi nima?
18. Yurgichni boshqarish va qo’shimcha boshqarish vazifalarini bajaruvchi qurilmalar
19. Printerlarning qanday turlari bor?
20. Kompyuter qurilmalari orasidagi axborot almashinuvini nima ta’minlaydi?
Informatika fanidan 8-sinf o’quvchilari uchun tuzilgan 1-nazorat test savollari
II-variant
1. Hisoblash texnikasining tarixi necha davrdan iborat?
A) 1 B) 3 C) 4 D) 2
2. Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr hisoblash texnikasi rivojlanishining nechanchi davri?
A) 1 B) 3 C) 4 D) 2
3. Hisoblash texnikasi rivojlanishining to’rtinchi davri qanday ataladi?
A) Mexanik mashinalar B) Elektromexanik mashinalar
C) Elektron hisoblash mashinalari D) Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr
4. Insoniyatning birinchi sun’iy hisoblash vositasini aniqlang:
A) kompyuter B) birka C) barmoqlar D) logarifmik lineyka
5. Birinchi elektron hisoblash mashinasi qanday atalgan?
A)EDSAK B)BINAK C)UNIVAK D)ENIAK
6. Birinchi tranzistor qachon yasalgan?
A) 1925 B) 1945 C) 1947 D) 1935
7. Birinchi mexanik mashinani kim yasagan?
A)V.Shikkard B)Leonardo da Vinchi C)Blez Paskal D)G.Leybnis
8. Ikkinchi avlod elektron hisoblash mashinalarining asosiy elementini aniqlang.
A) integral sxema B) elektron lampa C) tranzistor D) katta integral sxema
9. Birinchi shaxsiy kompyuter kim tomonidan ishlab chiqilgan?
A) Bill Geyts B) Blez Paskal C) Stiv Jobs D) Truong Trong Ti
10. Birinchi ommalashtirilgan shaxsiy kompyuter qachon ishlab chiqarilgan?
A) 1973 B) 1975 C) 1977 D) 1963
11. Kompyuterning ishini ta’minlovchi qurilmalar qanday ataladi?
A) asosiy B) suyuqlikli C) qo’shimcha D) Hardware
12. Matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasi nomi qanday?
A) interfeys B) soundblaster C) multimedia D) drayver
13. Axborotlarni telefon kanali orqali uzatishga yordam beradigan qurilmani aniqlang.
A) printer B) klaviatura C) modem D) skaner
14. Quyidagilardan qaysi birini nomi qurol nomidan olingan?
A) CD-R B) disketa C) vinchester D) fleshka
15. Qaysi mantiqiy amal inventor sxemasiga mos keladi?
A) EMAS B) VA C) BIROQ D) YOKI
16. Qaysi mantiqiy amal natijasi qiymati ikkala mulohaza rost bo’lgandagina rost bo’ladi?
A) EMAS B) VA C) BIROQ D) YOKI
17. Chizmalarni qog’ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma
18. Kompyuterning asosiy qurilmalarini yozing.
19. Optik disklarga axborot qaysi qurilmalar orqali yoziladi va o’qiladi?
20. Sichqonchaning qanday turlari mavjud?
|
| |