Mikrokontroller ATmega328
Parametrlari
1.
Kuchlanishi
5 V
2.
Kirish kuchlanishi
7-12 V (tavsiya etiladi)
3.
Kirish kuchlanishi
6-20 V (chegara)
4.
Raqamli kirish/chiqish
14 ta shund, 6 ta pin
5.
Analog kirishlar
6 ta
6.
Doimiy tok kirish/chiqish
40 A
7.
Flesh xotira
32 KB, shundan 0,5 KB
yuklovchi
8.
OZU
2 Kb (ATmega328)
9.
EEPROM
1 Kb (ATmega328)
10.
Takt chastotasi
16 MGs
Arduino USB ga ulanishi yoki tashqi quvvat manbai orqali
quvvatlanishi mumkin. Elektr ta’minoti avtomatik ravishda tanlanadi.
Tashqi quvvat AC/DC konvertor (quvvat manbai) yoki batareya orqali
taminlanishi mumkin. Kuchlanish konvertori markaziy musbat qutbli 2,1
mm pin orqali ulanadi. Batareya simlari quvvat ulagichining GND va
VIN pinlariga ulangan. Platforma 6V dan 20V gacha bo‘lgan tashqi
quvvat manbai bilan ishlashi mumkin. Agar ish davomida zo‘riqishida
7V dan past bo‘lsa, 5V pin 5V dan kam quvvat berishi mumkin va
platforma beqaror bo‘lishi mumkin. 12V dan yuqori kuchlanishlardan
foydalanilganda, kuchlanish regulyatori haddan tashqari qizib ketishi va
plataga zarar etkazishi mumkin. Tavsiya etilgan diapazon 7V dan 12V
gacha. VIN kirish tashqi manbadan quvvatni taminlash uchun ishlatiladi
(USB ulagichidan yoki boshqa tartibga solinadigan quvvat manbaidan
5V bo‘lmaganda kuchlanishi ushbu pin orqali beriladi [110].
5 V mikrokontroller va platadagi komponentlarni quvvatlantirish
uchun ishlatiladigan regulyatsiya qilingan kuchlanish manbaidan tashkil
topgan. Quvvat VIN pinidan kuchlanish regulyatori orqali yoki USB
ulagichi yordamida tartibga solinadigan 5V kuchlanish manbasidan
taminlanishi mumkin. Atmega328 mikrokontrolleri 32 KB flesh-
xotiraga ega, shundan 0,5 KB yuklovchini saqlash uchun ishlatiladi.
Arduino platformasida kompyuter, boshqa Arduino qurilmalari yoki
mikrokontrollerlar bilan bog‘lanish uchun bir nechta qurilmalar
o‘rnatilgan. ATmega328 (RX) va (TX) pinlari orqali UART TTL (5V)
45
seriyali interfeysini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘rnatilgan ATmega328
mikrosxema bu interfeysni USB orqali boshqaradi, kompyuter
tomonidagi dasturlar virtual porti orqali plata bilan "muloqot qiladi".
ATmega328 standart USB COM drayverlaridan foydalanadi, uchinchi
tomon drayverlari talab qilinmaydi, lekin Windows da ulanish uchun
Arduinoni malumot fayli kerak. Arduino dasturining Serial Monitor
platformaga ulanganda matnli malumotlarni yuborish va qabul qilish
imkonini beradi. Platformadagi RX va TX chiroqlari FTDI chipi yoki
USB ulanishi orqali malumotlarni uzatishda miltillaydi (lekin 0 va 1
pinlarda ketma-ket uzatishdan foydalanilganda emas). Softwareserial
kutubxonasi yordamida Arduinoning istalgan raqamli pinlari orqali
ketma-ket malumotlarni uzatishni yaratish mumkin. ATmega328 I2S
(TWI) va SPI interfeyslarini qo‘llab quvvatlaydi. Arduino I2S dan
foydalanish qulayligi uchun WIRE kutubxonasini o‘z ichiga oladi.
Muayyan buyruqlarni kodlashni chastotani almashtirish protokolida
bitlar Td = 1,92 ms davomiy kechikish bilan uzatiladi va shuning uchun
520,83 bit / soniya tezligi qabul qilingin. Qabul qiluvchiga ma’lumotlar
uzatish boshlanishidan oldin bitlar orasidagi chegaralarni osongina
topishiga imkon berish uchun uzatishni boshida 16 baytli xabar
yuboriladi. Demodulyator dastlab 16 MGs soat chastotasida ishlaydigan
ATmega328 qurilmasida amalga oshirilgan bo‘lsada, uni boshqa AVR
qurilmalariga osongina moslashtirish mumkin[46; 236-241-b, 47].
Qurilmadagi taymer va ARO‘ kirish signalini to‘rt marta mantiqiy
darajadagi nol chastotada va uch marta mantiqiy darajadagi bitta
chastotada yoki 6250 Gsda namuna olish uchun o‘rnatiladi. Bu shuni
anglatadiki, har bir ARO‘ namunasini qayta ishlash uchun (16 MGs /
6250 Gs) = 2560 MP sikli mavjud. Kodga protsessordan foydalanishni
o‘lchash bo‘yicha ba’zi hisob kitoblarni kiritish va transmitterdagi
chastota xatolariga xisoblash uchun ba’zi bir kichik o‘zgarishlar kiritildi.
46
Аналог кириш
Хотирага сақлаш
Банд пасс
Магнетик хисоблаш
UART
Тамом
|