41
tokka mutanosib analog chiqish kuchlanishini taminlaydi. Ushbu asbob
integrall sxemaladaran iborat. Ushbu qurilmaning chiqish kuchlanishi
ijobiy bo‘lib, tok birlamchi o‘rashning mis o‘tkazuvchanligi bilan ajralib
turadi. Yuklama tokining ichki qarshiligi 1,2 mOm ni tashkil qiladi.
Qurilmaning chiqish signali analog ko‘rinishga ega, shuning uchun
uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri voltmetr bilan chiqish kuchlanishini o‘lchash,
analog pin va ARO‘ orqali Atmega328 mikrokontrolleriga ulanadi.
Tadqiqot ishida ko‘p parametrli signallar monitoringi uchun ishlashda 0
dan 5 voltgacha chiqish kuchlanishini taminlaydi. ACS712 tok
qurilmasida chiqish kuchlanishi o‘lchanadi (2.7- rasm).
Қувват манбаси
U
чиқиш
=5V
Қаршилик
ACS712
Ток сенсори
Arduino
UNO
Волтметр
2.7-rasm.
Elektr o‘lchov sxemasi.
ACS712 ga 5V kuchlanishni yetkazib berish uchun (ACS712 dagi
5V pinga) Arduino NANO dan foydalaniladi. ACS712 qurilmacining
asosi Arduino NANOga ulangan. O‘lchash uchun voltmetr ACS712
ning analog chiqishiga ulanadi. Kirish diapazonining -2A dan 2A gacha
bo‘lgan 12 ta o‘lchash nuqtasini berib qurilma sinab ko‘rildi. Xar bir
mos keladigan o‘lchovning kuchlanish qiymati quyidagicha ko‘rsatiladi.
ACS712 tok o‘zgartkichining infokommunikatsiya obyektlarining
energiya istemolidan kelib chiqib o‘rganishlar natijasida quyidagi
keltirib o‘tilgan chiqish kuchlanishlar o‘lchami va grafigi keltirib
o‘tilgan [23; 37-45-b, 24; 143-b].
2.1-jadval
ACS712 qurilmasidagi mos keladigan o‘lchovning kuchlanish
qiymatlari