I. X. Siddikov A. A. Abdumalikov




Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/52
Sana24.05.2024
Hajmi2,33 Mb.
#252447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Monitoring algoritimlari

KIRISH 
 
Jahonda energiya ta’minoti manbalari monitoringida axborotlarni 
qabul qilish va taqsimlashda turli signal o‘zgartirish jarayonlarini 
amalga oshiruvchi, qat’iy belgilangan monitoring holati kattalik va 
parametrlarining qiymatlarini meyorlash hamda ularda qo‘llaniluvchi 
algoritm hamda apparat va dasturiy vositalarga katta e’tibor 
qaratilmoqda. Jumladan, monitoring qurilmalarida kechuvchi 
jarayonlarning keng funksionalligi, tezkorligi, ishonchliligi va 
aniqliligini ta’minlovchi ishlash tamoyilli algoritmlar hamda amaliy 
dasturiy vositalarni ishlab chiqishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu 
yo‘nalishda texnika va texnologiyasi yetarli rivojlangan mamlakatlarda, 
jumladan AQSh, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Koreya va Rossiyada 
xam energiya ko‘rsatkichlarini monitoringi qurilmalari, ularning ishlash 
algoritmlari va dasturiy majmualarini yaratish hamda amaliyotga 
qo‘llash masalalari muhim vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. 
Jahonda energiya ta’minoti manbalari monitoringida axborotlarni 
taqsimlashning turli signal o‘zgartgichlarini keng qo‘llash, ular 
yordamida doimiy monitoring jarayonlarini amalga oshirishda 
infokommunikatsiya vositalarini uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash 
bo‘yicha signallar bilan ta’minlovchi apparatlar, qurilmalar, vositalar 
hamda algoritm va dasturiy vositalarini takomillashtirishga qaratilgan 
qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Infokommunikatsiya 
obyektlarining energiya ta’minoti tizimini ishonchli ish holatlarini 
ta’minlashda ishlab chiqarilayotgan energiya miqdori va sifatini 
manbalar quvvatini monitoring qilish asosida rejalashtirish, dasturiy 
vositalar va texnik yechimlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Shu bilan birga elektr energiya manbalarining kattalik va 
parametrlarini ikkilamchi signallarga o‘zgartirish apparatlari tuzilish 
tamoyillari hamda ularning dasturiy vositalarini yaratish dolzarb 
masalalardan hisoblanmoqda. 
Respublikamizda raqamli iqtisod va axborot kommunikatsiya 
sohasini takomillashtirish asosida infokommunikatsiya obyektlarining 
elektr energiya ta’minoti ko‘rsatkichlarini monitoring tizimini 
takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasida, jumladan «Yashil iqtisodiyot texnologiyalarini 
barcha sohalarga faol joriy etish orqali 2026-yilga qadar iqtisodiyotning 
energiya samaradorligini 20%ga oshirish va havoga chiqariladigan 



zararli gazlar hajmini 20%ga qisqartirish choralarini ko‘rish» vazifalari 
belgilangan. Mazkur vazifalarni bajarishda shu jumladan energiya 
manebalarini monitoring jarayonlarini modellashtirish, algoritmlash va 
ularni amaliy faoliyatga qo‘llash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-aprel kuni 
Toshkent shahri tumanlariga tashrifi davomida “Toshkent shahrida 
barpo etilayotgan zamonaviy korxonalar faoliyati hamda Yashnobod 
tumani 
mahallalarida 
olib 
borilayotgan 
bunyodkorlik 
va 
obodonlashtirish ishlari bilan tanishish hamda bu boradagi ishlarni 
jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-aprelda qabul 
qilingan 22-son bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Administratsiyasining 2021-yil 3-maydagi 02-PA 1-7280-son topshirig‘i 
ijrosi yuzasidan hamda 2019-yil 22-avgustdagi ”Iqtisodiyot tarmoqlari 
va ijtimoiy soxaning energiya samaradorligini oshirish, energiya 
tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya 
manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-4422-son qarorlari ijrosini ta’minlash va mazkur hujjatlarda 
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu monografiya muayyan 
darajada xizmat qiladi. 




Download 2,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish