25
Mikro-
grid
vo-
sitalari
Elektr
tarmog‘i
Markaziy
tarmoqdan
mustaqil ravishda
tarmoqni
boshqarish
platformalari.
Taminot xavfsizligini
oshirish;
mikrogridlar va asosiy
tarmoq o‘rtasida o‘zaro
muvofiqlik va
moslashuvchanlikni
yaratish;
va mikrotarmoqqa
ulangan istemolchilar
uchun barqaror elektr
narxlarini taklif qilish.
Kenga
ytiril-
gan
o‘lcha
sh
infra-
tuzil-
masi
Oxirgi
foydala-
nuvchila
r
Istemolchi
saytidagi
yuklanishlar va
harorat
malumotlarini
to‘plash va tahlil
qilish uchun
sensorlar va
qurilmalardan
foydalanish.
Energiya
samaradorligini oshirish
uchun hududlarni
aniqlash (masalan,
haddan tashqari
konditsionerli xonalar
yoki yo‘lovchilar
bo‘lmaganda
qo‘shimcha yorug‘lik);
energiya sarfini
kamaytirish.
AKK
energi
yasini
bosh-
qarish
Oxirgi
foydala-
nuvchila
r
Akkumulator eng
mos vaqtda
faollashtirish
uchun malumotlar
tahlili
Turli vaqt oralig‘ida
batareyani zaryadlash /
to‘xtatish uchun optimal
strategiya yaratish;
energiya sarfini
kamaytirish.
Yuqorida keltirilgan jadvalda
IoT arxitekturasi asosida
raqamlashtirilgan energiya ta’minoti manbalarining amaliy natijalarining
taxlili keltirilgan. IoTga asoslangan masofaviy monitoring qilish
arxitekturasi, infokommunikatsiya obyektlarini sifatli elektr energiya
bilan taminlashda turli xil tizimlar, yetkazib berish xizmatlari tizimi,
kontent boshqaruv asoslari, bilimlar bazasi
tizimlari va atrof-muhit
integratsiyasi platformasi kabi loyihalar ustida ish olib borgan.
Keltirilgan masalalarni yechishda, ya’ni ko‘plab usullar va IoT
texnologiyalariga asoslangan signallarni raqamli ishlash algoritmlari,
hisoblash strukturalari, integratsiya xamda vizuallashtirish jarayon-
26
larining dasturiy va apparat majmuasini ishlab
chiqish asosiy maqsad
qilib olindi, jumladan:
-
signallarga raqamli ishlov berishda qo‘llaniladigan usullar va
ularni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan IoT texnologiyalari xamda
integratsiya qilish vositalarini tadqiq qilish;
-
IoT texnologiyalariga mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rinishidagi
signallarni o‘qib olish jarayonidagi apparat-dasturiy vosita integratsiyasi
uchun ma’lumotlar strukturasini ishlab chiqish;
-
signallarga raqamli raqamli ishlov berish algoritmlarini yaratish;
-
IoT texnologiyalar va jadval algoritmik usullar yordamida
funksiyalar va funksional bog‘lanishlarni raqamli ishlash tizimlar
strukturalarini yaratish va ularni amaliy masalarni yechishda qo‘llash;
-
signallarni funksional modullar yordamida raqamli ishlash
jarayonlarini modellashtirish va apparat vositalarni boshqarish uchun
dasturiy majmua yaratish;
-
raqamli ishlov berish natijasida olingan
signallarni monitoring
tizimiga yuborish.
Yuqoridagi keltirilganlarni hisobga olib IoT texnologiyalariga
yo‘naltirilgan tizimlarning o‘zaro aloqasini taminlash ya’ni integratsiya
qilish muammoligicha qo‘lmoqda. Xususan B.B. Mo‘minov OAK va
Mehnat vazirligi o‘rtasida ma’lumotlarni almashish strukturasini ishlab
chiqqan. Unda 150 xil tipdagi ma’lumot almashinadi. Lekin bu oqim
ko‘rinishidagi signallarga raqamli ishlov berish jarayonlari uchun
mo‘ljallanmagan.
Bundan tashqari xorijning bir qancha yetuk olimlari xam energiya
ta’minoti manbalarini masofadan monitoring qilishda IoT ga asoslangan
texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha samarali ishlar olib borgan. Jumladan
M.Bajaj, A Rana ning “ESP8266 yordamida gibrid energiya tizimini
IOT asosida boshqarish” nomli tadqiqot
ishida IoT yordamida gibrid
energiya tizimini boshqarish va monitoring qilish bo‘yicha izlanishlar
olib borgan. Quyosh energiyasi, shamol energiyasi, bioyoqilg‘i, yonilg‘i
xujayrasi va boshqalar kabi energiyaning har xil kombinatsiyasi ularning
barchasi bir-biriga muqobil ishlashini taminlagan. Asosiy mezonlari
sifatida ESP 8266 WI-Fi modulidan foydalangan holda veb-sayt orqali
quyosh va shamol energiyasi o‘rtasida almashinishlarni monitoring
qilingan. Ma’lumotlar veb sayt orqali energiya manbalarini
boshqaradigan ESP 8266 moduliga simsiz uzatiladi. Uzatilgan
ma’lumotlar IoT yordamida masofadan turib boshqariladi. Bu
foydalanuvchiga xavfsiz internet ulanishi
orqali masofadan turib
27
moslashuvchan boshqaruv mexanizmiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Ushbu tizim foydalanuvchiga energiya manbalarini qo‘lda va masofadan
turib smartfon yoki shaxsiy kompyuter yordamida boshqarishga yordam
beradi [88; 1-5-b].
Qayta tiklanadigan energiya tizimlarining ishlashini baholash va
tizimlarning optimal ishlashi tahlilini o‘tkazish uchun HOMER
simulyatsiya mexanizmlaridan foydalanilgan. Bunda asosan o‘rtacha
shamol tezligi, global gorizontal quyosh radiatsiyasi, eng yuqori yillik
quvvat taqchilligi, dizel narxi va qayta tiklanadigan ulushga o‘xshash
ma’lum bir sezgirlik parametrlari guruhi
uchun optimallashtirilgan
natijalar ushbu optimallashtirish dasturida aniq ifodalangan. Qayta
tiklanadigan energiyaning optimal gibrid tizimi HOMER qayta
tiklanadigan energiya dasturi tomonidan ko‘p sonli soatlik
simulyatsiyalar orqali qayta-qayta ishlab chiqilishi isbotlangan. Shamol
tezligi, quyosh radiatsiyasi, dizel narxi va eng kam qayta tiklanadigan
ulush uchun turli qiymatlarda simulyatsiya o‘tkazish uchun ko‘rib
chiqildi va bu qiymatlar tahlilda ancha moslashuvchanlikni ta’minlaydi
[90; 146-148-b].
Avstraliyaning Cowan universiteti professori
doktor Ohirul Qays
o‘zining “qayta tiklanadigan yenergiya tizimlarini IoT yordamli SCADA
tizimi orqali monitoring qilish” nomli tadqiqot ishida Wi-Fi orqali qayta
tiklanadigan energiyaga asoslangan gibrid quvvat manbalarini
monitoring qilish modeli xamda algoritmlari ustida tadqiqotlar olib
borgan. Alohida komponentlarni masofadan turib kuzatish va boshqarish
uchun IoTga asoslangan SCADA PV-shamol-batareya birlashgan tizimi
joriy yetilgan. Simulyatsiya qilingan modelning kuzatilgan ma’lumotlari
real vaqt rejimida tajriba holati orqali onlayn platformaga uzatiladi.
Olingan natijalar bo‘yicha asosiy xulosalarni quyidagicha izoxlash
mumkin:
Taklif etilgan usul real vaqt rejimida SCADA tizimi orqali uzoq
joylarda o‘rnatilgan bir nechta energiya manbalarining elektr
ma’lumotlarini kuzatishi mumkin. SCADA Wondyerwarye Intouch
dasturiy ta’minotini va Simulink dan foydalangan
holda simulyatsiya
modelini birlashtirish uchun tavsiya etilgan metodologiya ma’lumotlarni
IoT ga asoslangan sxema orqali uzatishi mumkin.
Taklif etilayotgan SCADA tizimi gibrid energiya tizimining
holatini mustaqil ravishda kuzatish va nazorat qilish uchun
eksperimental muhitni o‘z ichiga olgan holda yanada ishlab chiqilgan.
RESlarni tejamkor onlayn ThingSpeak veb-sayti orqali samarali nazorat
28
qilish mumkin. Boshqa standart texnikalar bilan taqqoslash tavsiya
etilgan usulning samaradorligini ko‘rsatadi [111].
Ushbu dissertatsiya ishida signallarga raqamli ishlov berishga
mo‘ljallanganligi sababli infokommunikatsiya obyektlarini uzluksiz
energiya bilan taminlash jarayonlarini
monitoring qilishda, yani ishlab
chiqilishi taklif qilinayotgan apparat –dasturiy majmualarning o‘zaro
integratsiya qilinishda IoT ga asoslangan arxitektura va modellarni keng
qo‘llashda ancha samarali amaliy va ilmiy natijalarga erishiladi.