1.3-§. IoT arxitekturalarini qo‘llanilishi va dasturlarning o‘zaro aloqasini taminlash jarayonlari Oxirgi yillarda turli ko‘rinishdagi texnik vositalarning internet
tarmog‘iga oddiy ulanish imkonini beruvchi radio to‘lqinli
identifikatsiyalash, simsiz sensorlar, yaqin aloqa, inson va kompyuter
aloqasi sezilarli darajada rivojlandi. Bu esa ularning global tarmoq
vositalariga ulanishlar darajasini oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Dunyo olimlarining taxliliga ko‘ra, 2008-2009 yillar davomida
Internet tarmog‘iga ulangan qurilmalar va tizimlar yer yuzidagi insonlar
sonidan oshib ketgan va 2016 yilga kelib ularning miqdori 25 milliardni
tashkil etgan. 2021 yilga borib esa bu ko‘rsatkich ikki yarim barobarga,
ya’ni 63 milliardni tashkil etadi. Shu ko‘rinishda «Internet va insonlar»
tushunchasidan «Buyumlar va interneti», ya’ni IoT tushunchasiga o‘tish
jarayonlari yuqorilab ketmoqda [56;57].
Bugungi kunga kelib dunyodagi taniqli rivojlangan korxonalar
mutaxassislari tomonidan IoT platformasini ishlab chiqarilayotganini
ijtimoiy tarmoqlar va turli xil axborot beruvchi vositalar orqali
o‘qiganimizda yoki eshitganimizda ko‘p vaqt o‘tmasdan uni amaliy
natijalarini ko‘rishga erishmoqdamiz. Buning sababi oddiy – ko‘pchilik
IoT texnologiyasi bugungi kunda jamiyatdagi mavjud bo‘lgan ko‘plab
soxalarga kirib bormoqda. Jumladan infokommunikatsiya obektlarining
asosiy tayanchi bo‘lgan energiya ta’minoti qurilmalarini xam masofadan
monitoring qilishda IoT texnologiyalarining xozirgi davrdagi o‘rni
aloxida ajralib turadi. Energiya ta’minoti obektlarining internet
tarmog‘iga ulanishi o‘z navbatida ularni nazorat qilish va boshqarish
jarayonlarini amalga oshirishni taminlab beradi [84;88; 1-5-b].
IoT (ing.
Internet of Things –
Buyumlar interneti ,
IoT ) tushunchasi
borasida juda ko‘p ta’riflar mavjud. IoT bu - atrofdagi bizni o‘rab turgan
real va virtual obyektlarni birlashtirgan yagona tarmoqdir. Ya’ni, bitta
tarmoqda fizik obyektlar (
ashyolar, qurilmalar, uskunalar ) inson
ishtirokisiz o‘zaro yoki tashqi muhit bilan qisman va to‘liq muloqat
qilish imkonini beruvchi tushuncha sifatida qaraladi.
Bizning yon-atrofimizni qurshab olgan barcha narsalar va
qurilmalar miniatyur identifikatsiya va sensor (
sezgir element )
qurilmalari bilan jihozlangan. Agar ularning o‘rtalarida o‘zaro yagona
aloqa liniyalari mavjud bo‘lsa, ushbu majmualarni nafaqat kuzatish,
balki ularni istalgan joyda va vaqtda boshqarish yoki ular bilan inson
aloqasisiz muloqat qilishi mumkin.
19
Ushbu fiklardan kelib chiqqan xolda shunday deyishimiz mumkin,
infokommunikatsiya obektlarining energiya ta’minoti manbalarini
masofadan monitoring qilish nuqtai nazaridan IoT tushunchasini
quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: