20
murakkab jarayondir. Butun dunyoda IoT texnologiyasini rivojlantirish
uchun ko‘plab pul mablag‘lari sarflanmoqda va ushbu loyihalarning
ba’zilari quyidagilar hisoblanadi Xitoyning Sanoat va IT vazirligining
China’s National IoT Plan, Yaponiyaning
u-Strategy loyihasi, Buyuk
Britaniyaning kelajakdagi Interneti va Italiyaning Netergit loyihasi.
Infokommunikatsiya obyektlarini uzluksiz elektr energiya bilan
taminlash tizimlarini nazorat qilish va ularni masofadan turib
boshqarishda IoT texnologiyasini qo‘llash, signal uzatish qurilmalari
yani telekommunikatsiya inshoatlarini uzluksiz energiya bilan
taminlashga katta yordam beradi, qisqa muddat ichida manba ishlab
chiqarayotgan
energiyaning miqdori, bundan tashqari energiya sarfini
tejash va to‘g‘ri taqsimlash imkoniyatlarini yaratib beradi [42;49-20b].
Infokommunikatsiya inshoatlarida mavjud bo‘lgan energiya
ta’minoti tizimlariga biriktirilgan turli xil energiya samaradorlik va
elektr energiya ishlab chiqarayotgan manbalarning ish xolati xaqida
ma’lumotlarini ishonchli olish uchun ishlatiladi, to‘plangan ma’lumotlar
tahlil qilinadi (unga tegishli bo‘lgan algoritmlarni qo‘llagan holda) va
turli xil uzatish vositalaridan(GSM modullar, internetga ulangan Wi-Fi)
foydalanib web serverga yuboriladi. Turli xududlarda joylashgan
infokommunikatsiya inshoatlari, antennalar va xar xil signal uzatish
vositalarini uzluksiz sifatli elektr energiya
bilan taminlashda IoT
texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni internet orqali olishlari va
ko‘rishlari, masofadan xizmatlarni taqdim etishlari va ular bo‘yicha
tegishli qaror qabul qilishlari mumkin.
IoT texnologiyasi obyektlar, vaqt va manzil to‘g‘risida ko‘plab
ma’lumotlarni taqdim etadi. Bugungi kunda internet texnologiyasi va
IoT birlashishi natijasida xamyonbop narxlardagi sensorlar va simsiz
aloqa uzatish vositalari asosida ishlaydigan katta hajmdagi elektron
platformalar va innovatsion xizmatlarni hosil qiladi.
Buyumlar internetining maqsadi shundan iboratki ixtiyoriy
xududda, har qanday sharoitda, har qanday narsani va har qanday usullar
yordamida xizmatdan ideal tarzda foydalangan holda ulanishni
ta’minlashidadir.
Buyumlar interneti (IoT) - bu mavjud bo‘lan
va rivojlanayotgan
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan xolda manbalarni
bir-biriga ulash orqali ilg‘or va tezkor xizmatlarni taqdim etuvchi
axborotlashgan jamiyat uchun global infratuzilmadir [42; 125-130-b, 88;
1-5-b].
21
Bu shunday tizimki mashina bilan aloqa, simsiz sensor tarmoqlari,
sensor tarmoqlari, 2G / 3G / 4G, GSM, GPRS, RFID, WI-FI, GPS,
mikrokontroller, mikroprotsessor va hokazolar emas. Bular "Internet of
things" ilovalarini amalga oshirishga imkon beradigan ilg‘or tarmoq
texnologiyalar hisoblanadi.
Infokommunikatsiya obyektlarini uzluksiz elektr energiya bilan
taminlash jarayonlarini masofadan monitoring qilishda IoT ga
asoslangan texnologiyalarni tadbiq etishda ularni quyidagi toifalarda
guruhlash mumkin:
˗
manbalar ishlab chiqarayotgan elektr energiya kuchlanishi
to‘g‘risidagi malumotlarni olish imkonini beradi;
˗
olingan malumotlar asosida manbalarni
boshqarish imkonini
beradi;
˗
manbalar ish xolatidan kelib chiqib eng maqbulini ishlashini
taminlab beradi [44;45;46; 236-241-b].
Jamiyatda elektr energiyaning sarfi va infokommunikatsiya
tizimlarida elektr uzulishlari asosiy sabablaridan biri bu bir turdagi
elektr energiyadan foydalarish, xamda ularni nazorati va boshqaruvi
uchun aqlli texnologiyalarning keng joriy etilmaganligidadir. Shunday
fiklar asosida infokommunikatsiya obyektlarini uzluksiz elektr energiya
bilan taminlashda IoT texnologiyalarni qo‘llash “smart grid” yani gibrid
energiya boshqaruv tizimi taklif etiladi. Xar bir energiya ta’minoti
manbalari malumotlari bir tizimga ulanadi va ularning malumotlarini
birgalikda qayta ishlash imkoni mavjud bo‘ladi.
Aqlli monitoring
tizimlari va zamonaviy ishlab chiqilgan mobil ilovalar yordamida
doimiy nazorat qilish imkoni mavjud bo‘ladi. Infokommunikatsiya
obyektlarini energiya ta’minotini masofadan moritoring qilishda IoT
texnologiyalarning qo‘llanilishi raqamlashtirilgan energiya tizimini
shakllantirilishiga katta turtki bo‘ladi. Gibrid energiya tizimlarining
o‘lchamlarini aniqlashning turli usullari orasida optimallashtirish
vositalari,
xususan,
algoritmlar
va
zarrachalar
to‘dasini
optimallashtirish, yehtimol ularning soddaligi va qoniqarli natijalarni
berish qobiliyati uchun tez-tez ishlatiladi.
Energiyani boshqarish
strategiyasi gibrid energiya tizimlarini optimal loyihalash va ulardan
samarali foydalanishda muhim rol o‘ynaydi, chunki u mavjud elektr
ta’minoti va tizim komponentlarining umumiy ishlash muddatiga ta’sir
qiladi. IoT bu bitta texnologiyaga asoslangan emas, balki u turli xil
apparat va dasturiy ta’minotlarning to‘plamidir. IoT axborot
texnologiyalari integratsiyasiga asoslangan yechimlarni taqdim etadi, bu
22
ma’lumotlar va aloqa vositalari uchun axborotlar saqlash va olish uchun
ishlatiladigan apparat va dasturiy ta’minotni, shuningdek, shaxslar yoki
guruhlar o‘rtasidagi aloqa uchun ishlatiladigan elektron tizimlarni o‘z
ichiga oladi (1.10- rasm) [91; 146-148-b, 94; 36-37-b].