|
2-ma’ruza 2-mavzu. Logistika tizimida transport xizmatlari reja
|
bet | 1/7 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 79,69 Kb. | | #116071 |
Bog'liq 2-mavzu. 4 soat.docx
2-MA’RUZA
2-MAVZU. LOGISTIKA TIZIMIDA TRANSPORT XIZMATLARI
Reja:
Transportning umumiy logistika tizimidagi o‘rni
Transport-logistika jarayonlarini tashkil etish va boshqarishning asosiy vazifalari
Transport xizmatlari tarkibi ,tasnifi va ularning xususiyatlari
Transport xizmatlari sifati va unga qo‘yiladigan talablar
2.1. Transportning umumiy logistika tizimidagi o‘rni
Transport moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida vazifasiga ko‘ra ikki asosiy guruhga bo‘linadi.
Umumfoydalanish transporti – mustaqil tarmoq hisoblanib, jamiyatning yuk va yo‘lovchi tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Umumfoydalanish transporti temir yo‘l, avtomobil, suv, havo va quvur transportlariga bo‘linadi. Bir so‘z bilan aytganda, umumfoydalanish transporti professional (tijorat maqsadida malakali) transport xizmatlari ko‘rsatish operatorlarini o‘z ichiga oladi.
Umumfoydalanilmaydigan transport – ko‘pincha ichki ishlab chiqarish transporti deb ham yuritilib, notransport tashkilotlari va aholi ixtiyoridagi barcha turdagi transport vositalarini o‘z ichiga oladi.
Transport sohasi yuk va yo‘lovchilarni tashuvchi moddiy ishlab chiqarish tarmog‘iga tegishli bo‘lib, uning normal faoliyatini turli xil texnik vositalar va inshootlar taʼminlaydilar.
Shunday ekan, transport faoliyatini tashkil etish va boshqarish deganda, talab etiladigan texnik tayyorgarlik darajasida harakatdagi tarkibni ekspluatatsiya qilish sarf-xarajatlarini oqilona miqdorini taʼminlash uchun tizimni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazish uchun uning o‘zgaruvchilariga taʼsir ko‘rsatish jarayoni tushuniladi.
Zamonaviy sharoitlarda transport ishlab chiqarishini boshqarish jarayonlari muammorlarini tadqiq etish tizimlar nazariyasi doirasida “tizimli yondashuv” metodologiyasini qo‘llashni taqozo etadi. Bunday yondashuv birinchidan, murakkab vazifalarni bir necha oddiy vazifalar majmuasiga aylantirishga, ikkinchidan murakkab tizimni o‘zaro aloqadolikda bo‘lgan bir necha soddaroq elementlarga ajratib tadqiq etishga imkon yaratadi.
“Transport” tushunchasi umumiy bo‘lib, u faoliyatning barcha jabhalarini o‘z ichiga oladi, “transport tarmog‘i”, “avtomobil transporti”, “temir yo‘l transporti” va boshqa tushunchalar transportning tarmoq sifatida faoliyatiga baho berishda, “transport tizimi” tushunchasi esa esa – yagona transport tizimi yoki uning alohida turlari miqyosida o‘zaro aloqador bo‘lgan elementlar majmuasini anglatib, maʼlum bir zamon va makonda ularning tashqi va ichki muhit taʼsirida o‘zgarishini o‘rganishda qo‘llaniladi.
Shunday ekan, biror bir transport turida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish muammolarini hal qilishda, eng avvalo unga yagona transport tizimi nuqtai nazaridan yondashuv o‘rinli hisoblanadi.
Bu birinchidan, barcha transport turlarining rivojlanishi yagona qonuniyatga bo‘ysunishi: yaʼni mamlakatning transport tizimi tashish sifatiga qo‘yiladigan maʼlum bir meʼyoriy talablar asosida minimal sarf-xarajatlar bilan aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining yuk va yo‘lovchi tashishga bo‘lgan talabini qondirishi lozim. Bu esa tashish hajmi va sifatiga qo‘yiladigan umumiy mezonlarni shakllantirishdagi yondashuvlarning tizimliligini taʼminlaydi.
Ikkinchidan, ayrim transport turlaridan foydalanish maqsadi va usullarida o‘xshashliklar mavjud bo‘lib, tizimni rivojlantirishning texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy masalalarini hal etishda transportning barcha turlariga taalluqli umumiy modellarini qo‘llash imkonini tug‘diradi.
Maxsus adabiyotlarda tizimga nisbatan keltirilgan ko‘plab taʼrif va tavsiflarni umumlashtirigan holda, avtomobil transporti tizimiga iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholining yuk va yo‘lovchi tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi o‘zaro va tashqi muhit bilan aloqadorligi bo‘lgan texnik, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy elementlar majmuasi sifatida taʼrif berish mumkin.
Elementlar tizimning bo‘linmas eng kichik tarkibiy tashkil etuvchisi hisoblanib, ularni ajratib olish yoki shakllantirish tizim oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Tizim faoliyatini takomilashtirish esa mazkur elementlarni birlashtirish, ularning o‘zaro aloqadorligi va munosabatlarini muvofiqlashtirishni yangi bosqichga olib chiqish bilan tushuntirilishi mumkin.
Tizimlar nazariyasiga asosan har qanday tizim global tizimning bir elementi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak biror bir tizim bir vaqtning o‘zida ham tizim, o‘zidan yuqori turuvchi tizimga nisbatan esa element bo‘lib xizmat qiladi.
Masalan avtomobil transporti tizimi mamlakat yagona transport tizimining bir elementi, yagona transport tizimi esa yagona logistika tizimining bir elementi, yagona logistika tizimi esa umumiqtisodiy va ijtimoiy tizimning bir elementi sifatida o‘zaro aloqadolikda faoliyat yuritadi.
Global ijtimoiy-iqtisodiy tizimga nisbatan, transport tizimi yordamchi industrial infratuzilmaviy tarmoq hisoblanadi. Yaʼni u tarmoqlararo va tarmoqichi ishlab chiqarish obʼektlari o‘rtasidagi aloqalarni taʼminlaydi. Ular tomonidan transport xizmatlariga yuqori sifat, xavfsiz va arzon xizmat ko‘rsatish talablari qo‘yiladi. Biroq, transport tarmog‘i mustaqil soha sifatida nafaqat boshqa tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishi, balki yuqori daromad olishga va o‘zini o‘zi rivojlantirishga intiladi. Bu qarama-qarshilik transport tizimi manfaatlarini global tizim manfaatlari bilan muvofiqlashtirishda qiyinchilik keltirib chiqaradi.
Demak, avtomobil transporti umumiy logistika tizimining elementi bo‘lishi bilan bir vaqtda, alohida elementlardan (texnik xizmat ko‘rsatish va servis, transport operatorlari, yo‘l va yo‘loldi ifratuzilmasi) iborat tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi (1-rasm). Uning tizim sifatidagi asosiy maqsadi transport-logistika xizmatlari ko‘rsatish hajmini oshirish va ularning tannarxini pasaytirish hisobiga maksimal foyda olishdan iborat bo‘ladi.
Tizim to‘liq faoliyat yuritishi uchun yetarli darajada moddiy-texnik va mehnat resurslari, meʼyoriy-huquqiy baza hamda axborot taʼminotiga ega bo‘lishi lozim. Shunda avtomobil transporti xizmatlari ko‘rsatish tizimi faoliyatini samarali tashkil qilishning umumiy algoritmini tuzish mumkin. Avtomobil transporti tizimining eng ko‘p sonli bo‘linmas asosiy elementlaridan biri bu avtotransport korxonalari hisoblanib, ushbu obʼekt misolida transport xizmatlari ishlab chiqarish jarayonini loyihalash yoki takomillashtirishning universal modelini ishlab chiqish umumtarmoq miqyosida ko‘zlangan samaradolikka erishishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi (1-rasm).
|
| |