|
-rasm. Transport-logistika tizimini boshqarish majmui
|
bet | 4/7 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 79,69 Kb. | | #116071 |
Bog'liq 2-mavzu. 4 soat.docx2-rasm. Transport-logistika tizimini boshqarish majmui
Taqdim etilgan model transport xizmatining barcha turlarini tashkil qilganda yetkazib berish jarayonidagi elementlarning o‘zaro bog‘liqligini tasvirlaydi.
Adabiyotlar tahlili asosida transport-logistika jarayonida asosiy tashkilotchi vazifasini bajaradigan logistika usullari ko‘rib chiqildi (2-jadval).
2-jadval
Transport-logistika faoliyatini tashkil etishda foydalaniladigan logistik usullar
№
|
Logistika sohasi
|
Vazifalar
|
Model, usul va algoritmlar
|
1.
|
Distribyutiv logistika
|
Yuklarni yetkazib berish va nazorat qilishni tashkillashtirish, tashish sxemasini tanlash, xizmat ko‘rsatish hududida omborlar optimal sonini belgilash.
|
Ombor koordinatalarini belgilash usuli, logistika vositalarini tanlash, saqlash markazlarini joylashtirish muammolarini hal etish modeli.
|
2.
|
Ombor logistikasi
|
Yuklarni transportga tayyorlash, omborxonada yuklarni tashish tizimini tanlash va texnologik ombor jihozlarini saqlash, omborxonalardan foydalanishni optimallashtirish.
|
Pareto uslubi (omborda mahsulotni joylashtirish), omborni ijaraga olish yoki qurishni asoslash modeli
|
3.
|
Transport logistikasi
|
Transport jarayonida ishtirokchilarning texnik va texnologik aloqalarini taʼminlash, transport tizimlarini yaratish, transport vositasini tanlash, oqilona yetkazib berish yo‘nalishlarini aniqlash, haqiqiy ijrochilarni tanlash.
|
Tashuvchini tanlash, tashish marshrutlari, logistika markazlari modeli
|
Shunday qilib, transport-logistika kompaniyasi transport jarayonini tashkil etuvchi (multimodal tashish operatori) sifatida faoliyat olib borar ekan bo‘lsa, unda uning rahbariyati o‘z faoliyatida logistika usullarini qo‘llash imkoniyatlaridan maksimal foydalanishi lozim.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini talab etuvchi bugungi sharoitda tarmoqda transport-logistika xizmatlari ko‘rsatish hajmi, turlari va sifatini oshirish, avtomobil transporti xizmatlari sohasining iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishiga mutanosib ravishda samarali faoliyat yuritishini taʼminlash uchun transport logistikasida zamonaviy boshqaruvning usullarini qo‘llash, bu borada ilg‘or xorij tajribasini milliy transport operatorlari faoliyatiga joriy etish imkoniyatlarini o‘rganish murakkab ilmiy-amaliy masalalardan hisoblanadi.
Transport iqtisodiyot tarmoqlari va aholi hayot faoliyatining barcha jabhalarini o‘zaro bog‘lovchi tizim shakllantiruvchi infratuzilma hisoblanib, jamiyat tomonidan uning maqsadi va vazifalari belgilab beriladi. Transport infratuzilmasining bosh maqsadi turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘zaro aloqasini kuchaytirish, hududlar bo‘yicha xo‘jalik faoliyati kengayishini taʼminlash, keltirilgan xarajatlarni kamaytirish va transport oqimlari tezligini oshirishdan iboratdir.
Zamonaviy transport ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan yagona transport-logistika tizimini tashkil etib, temir yo‘l, dengiz, daryo, avtomobil, havo, quvur va sanoat kommunikatsiyalarining qudratli tarmog‘ini o‘z ichiga oladi. U har yili milliardlab tonna xomashyo va tayyor mahsulotlarni tashib hamda milliardlab yo‘lovchilarni manzillariga yetkazib, ommaviy sanoat ishlab chiqarishini, chuqur mehnat taqsimotini, ichki va tashqi savdo, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishini taʼminlaydi.
Shunday ekan, biror bir transport turida transport-logistika jarayonlarini tashkil etish va boshqarish to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo unga yagona transport tizimi nuqtai nazaridan yondashuv o‘rinli hisoblanadi.
Birinchidan, barcha transport turlarining rivojlanishi yagona qonuniyatga bo‘ysunishi: yaʼni mamlakatning transport tizimi tashish sifatiga qo‘yiladigan maʼlum bir meʼyoriy talablar asosida minimal sarf-xarajatlar bilan aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining yuk va yo‘lovchi tashishga bo‘lgan talabini qondirishi lozim. Bu esa tashish hajmi va sifatiga qo‘yiladigan umumiy mezonlarni shakllantirishdagi yondashuvlarning tizimliligini taʼminlaydi.
Ikkinchidan, ayrim transport turlaridan foydalanish maqsadi va usullarida o‘xshashliklar mavjud bo‘lib, tizimni rivojlantirishning texnik-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy masalalarini hal etishda transportning barcha turlariga taalluqli umumiy modellarini qo‘llash imkonini tug‘diradi.
Tizimli yondashuv, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash uchun transport tizimi faoliyatini davlat tartibga solish va boshqarishga qo‘yiladigan eng muhim talab – transport jarayonlarining samaradorligi va xavfsizligini taʼminlashning yagona texnologik komleksini saqlab qolishda muhim ahamiyatga egadir.
Bu o‘z navbatida transport tizimining samarali boshqarish va barqaror faoliyat ko‘rsatishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning quyidagi yo‘nalishlarini belgilab olishga asos bo‘ladi:
1. Yuqori sifatli va raqobatdosh transport xizmatlarini yaratish. Transport xizmatlarining sifat ko‘rsatkichlari parametrlari va standartlari ishlab chiqiladi, meʼyoriy-huquqiy baza, davlatning sohani tartibga solish usullari aniqlanadi. Ichki (transport operatorlari va transport turlari o‘rtasida) va tashqi (xalqaro tranzit tizimlari o‘rtasida) raqobat muhitini yaratish.
2. Yuqori unumdorlik va xavfsizlikka ega transport infratuzilmasini yaratish. Transport infratuzilmasining barcha elementlarini bir-biriga mutanosib holda rivojlantirish, aniq statistik va prognoz ko‘rsatkichlariga asosan yuk va yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan talabni aniqlash, transport-iqtisodiy balansni shakllantirish, transport tizimini rivojlantirish modellarini tahlil qilish hamda uning asosida infratuzilmani rivojlantirishning eng maqbul variantlarini ishlab chiqish.
3. Raqobat muhitini yaratish. Transport xizmatlari ko‘rsatish sohasida meʼyoriy-huquqiy bazani rivojlantirish (xavfsizlik, ekologik tozalik, transport xizmatlari sifati, davlatni tartibga solish usullarini takomillashtirish), raqobatdosh transport xizmatlari ko‘rsatish uchun yuqori samarali transport-logistik infratuzilmani rivojlantirish, tashishda ilg‘or texnika va texnologiyalarni qo‘llash.
4. Meʼyoriy-huquqiy bazani rivojlantirish. Transport qonunchiligining boshqa qonunlar bilan uyg‘unligini taʼminlash, uni jahon standartlariga moslashtirish.
|
| |